avtokorrelyatsion funksiya ингл: autocorrelation functionрус: автокорреляционнаяфункцияSignalning avtokorrelyatsion xossalarini tavsiflovchi funksiya. Avtokorrelyatsion funksiya cho‘qqisi maksimal, yon yaproqlarining pog‘onasi minimal bo‘lgan signal yaxshi avtokorrelyatsion xossalarga ega hisoblanadi. avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va ularning texnologiyalarini ta’minlash vositalari ингл: automated information systems and technologiessupport toolsрус: средстваобеспеченияавтоматизированныхинформационныхсистемиихтехнологийAxborot tizimlarini loyihalash va ulardan foydalanishni ta’minlash uchun foydalaniladigan yoki yaratiladigan dasturiy, texnikaviy, lingvistik, huquqiy, tashkiliy vositalar (kompyuter uchun dasturlar; hisoblash texnikasi va aloqa vositalari; lug‘atlar, tezauruslar va tasniflagichlar; ko‘rsatmalar va uslubiyatlar; qoidalar, nizomlar, lavozim ko‘rsatmalari; chizmalar va ularning tasniflari, boshqa foydalanish va kuzatish hujjatlari). avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi (ABT)ингл: automatized management systemрус: автоматизированнаясистемауправления(АСУ)Matematik uslublar, texnik vositalar (kompyuterlar, aloqa vositalari, ma’lumotlarni chiqarish qurilmalari va h.k.) va tashkiliy majmualar to‘plami. U belgilab olingan maqsadga muvofiq murakkab byekt (jarayon)ni boshqarishni ta’minlaydi. ABT asos va funksional qismlarga bo‘linadi. Asosga axboriy, texnikaviy va matematik ta’minotlar kiradi. Funksional qismga aniq boshqaruv vazifalarini (loyihalash, moliyaviy-hisobot faoliyati va h.k.) avtomatlashtiruvchi o‘zaro bog‘liq dasturlar to‘plami kiradi. Ikki turdagi ABT mavjud. Bular, obyektlar miqyosida avtomatlashtirilgan tizimlar (texnologik jarayonlar uchun – TJABT, korxona uchun – KABT, soha uchun – SABT) va funksional avtomatlashtirilgan tizimlardir. Funksional ABTga loyihalash, hisob-kitob, moddiy-texnika va boshqa ta’minotlar uchun mo‘ljallangan ABT misol bo‘la oladi.