Jamiyat fikrining abstraktlanish jarayoni



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə78/98
tarix24.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#193389
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   98
Математик моделлаштириш majmua

Topshiriqlar:
Uskunaning almashtirilishi, ta’miri va mustahkamlanishi masalalari. “Uskuna” iborasi bu yerda keng ma’noda ishlatilgan: uskuna deganda biror mexanizmning alohida bir bo‘lagi ham, yaxlit deb qaralgan butun mexanizmning o‘zi ham, mexanizmlar majmuasini ham tushunish mumkin. Uskunani almashtirishning sabablariga ko‘ra masalalarning ikki sinfini ajratib ko‘rsatish mumkin:
– uskuna eskirgan va shu kunning talabiga javob bermaydi;
– uskuna uzoq muddatli ishlatilishi natijasida yemirilgan va ishdan chiqqan.
Bu turdagi masalalarni yechishda ommaviy xizmat ko‘rsatish nazariyasi, Markov tasodifiy jarayonlari va dinamik programmalash kabi matematik usullar alohida o‘rin tutadi.
Topshiriqlar:
Ishlab chiqarish haqidagi masalaga misol keltiring hamda uning matematik modelini tuzing.
Joylashtirish haqidagi masalaga misol keltiring hamda uning matematik modelini tuzing.
Bayon etilgan masalalar tipiga mos keluvchi muayyan amaliy misollar keltiring.
Ozuqa qorishmasi haqidagi masala va ishlab chiqarish haqidagi masalalarning matematik modellarini solishtiring.
Quyida berilgan amaliy masalaning matematik modelini tuzing. Firma ishlab chiqaradigan А, В, С tipdagi mahsulotlar uchun , , texnologik operatsiyalardan foydalaniladi. operatsiyaning А, В, С tipdagi mahsulotlar birligini tayyorlash uchun zarur vaqti mos ravishda 2 minut, 1 minut, 2 minutni hamda bu operatsiyaning sutkalik vaqt zahirasi 450 minutni tashkil etadi. operatsiya uchun bu miqdorlar 1, 2, 3, 470 ga, operatsiya uchun esa 3, 2, 1, 430ga teng. Agar А, В, С tipdagi mahsulotlarning 1 birligini sotishdan olinadigan foyda mos ravishda 40, 50, 30 pul birligini tashkil etsa, firma uchun eng ma’qul ishlab chiqarish rejasini aniqlash talab etiladi.
Operatsiyalarni tekshirishning asosiy bosqichlarini keltiring.
Operatsiyalarni tekshirishning dastlabki bosqichida qanday ishlar amalga oshiriladi?
Tuzilgan model asosida operatsiyani tahlil qilish va optimal strategiyalarni izlash uchun turli matematik usullardan keraklisi qaysi bosqichda tanlanadi?
Qaysi vaziyatda operatsiyalarni tekshirishning barcha ishlarini takroran bajarish zarurati tug‘iladi?



Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin