Jamiyat fikrining abstraktlanish jarayoni


Bilish va boshqarish jarayonlarida modellashtrish



Yüklə 432,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/12
tarix20.02.2023
ölçüsü432,25 Kb.
#85054
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2. Bilish va boshqarish jarayonlarida modellashtrish 
Modellashtirish muammosi bilan biz asosan ikki xolda duch kelamiz: birinchidan, bilish 
jarayonlarida, ya'ni ob'ekt va jarayonlarni bilish modelini tuzishda, ikkinchidan boshqarish 
jarayonlarida, ya'ni ob'ektni maqsadga tomon yo’naltirilgan boshqarishda, ya'ni inson tomonidan 
qo’yilgan maqsadga erishish uchun. 
Bilish jarayonida bilish modeli yaratiladi. Bu model zaruriy ko’rinishda ob'ektni ishlash 
mexanizmni aks ettiradi. Bunday modellashtirishga misol sifatida bizni o’rab turgan tabiatni 
o’rganishni olish mumkin. Tabiat xususiyatlarini tushintira olish, ularni o’zaro bog’lanishi, 
mexanizmlarni tahlil etish va x.k. Mana bunday modellashtirishni asosiy masalalarni tashkil etadi. 
Bunday modellashtirish bilishdan kam farqlanadi. Modellarni asosiy maqsadi shunday modellar 
yaratish kerakki ular inson uchun muhim bo’lgan tabiat ob'ektlarini aks ettiruvchi modellar ishlab 
chiqishdan iborat. Bunday xususiyatlar xar bir ob'ekt yoki xodisadagi sabab - oqibat 
bog’lanishlarini turlicha ko’rinishda aks ettirilishi bilan ifodalanadi. Bunday bog’lanishlarni biror 
bir sababni oqibatga "o’zgartiruvchi" ko’rinishda tasvirlash mumkin. 
"O’zgartiruvchi" ni "ishlashini" biror bir tilda yozish model deyiladi. Demak model 
deyilganda shunday fikrlash tushiniladiki (ixtiyoriy tilda - matematik, grafik, algoritmik, so’zlashuv 
va x.k.) kuzatilayotgan xodisani imitasiya qilish imkonini bersin. Konkret maqsadlar model 
yoziladigan tilni xam aniqlashtiradi. Ma'lumki, ko’pgina texnik va fizik modellarni yozish 
matematika tilidan amalga oshiriladi. 
Sababni X bilan, oqibatni esa Y bilan belgilaymiz. Bular orasidagi bog’lanishni shartli 
ravishda quyidagi ko’rinishda yozamiz. 
Y=F(X), 
Bunda F- sababini X-oqibatga Y- o’zgartirish qoidasi. Bu modelni tashkil etadi. F ni modelni 
operatori deyiladi. 
Bilish modellarini ahamiyatli xususiyatlari shundan ibratki ob'ekt yoki xodisa mexanizmlari 
opreator F strukturasida aks etirilishidir, ya'ni ob'ektdagi modellashtirish jarayonida aniqlangan 
hamma sabab - okibat bog’lanishlari aks ettirilishidir. Agar bu o’zaro bog’lanishlarni xisobga 
olmaslik modelni bilish tomonlari ma'lum kamchiliklarga olib kelishi mumkin. Ya'ni bilish uchun 


qanday bu jarayon sodir bo’lishi etarli bo’lmay balki nima uchun bu jarayon sodir bo’lish 
sabablarini ham aniqlash kerak. 
Modellashtirishni boshqa turdagi ko’rinish -bu ob'ektni boshqarish talablariga bevosita 
bog’langan bo’lib, boshqarishga nisbatan yordamchi xarakterga ega. Xaqiqatdan boshqarish uchun 
oldindan nimani boshqarish kerakligini, ya'ni ob'ekt modeliga ega bo’lish va unda boshqarishni 
oqibatini sinab ko’rish va ulardan eng yaxshisini tanlab olish zarur. Shuning uchun bu turdagi 
modellashtirish jarayonlarida shunday model yaratish kerakki, u boshqarish talablariga javob 
berishi kerak. 
Shu sababli, "boshqarish" tushunchasi nimani angalatadi va boshkariladigan ob'ektni 
modeliga talablar qo’yilishini aniqlab olish kerak. Boshqarish deb - ob'ektga shunday maksadaga 
yo’naltirilgan ta'sir ko’rsatish jarayoni tushiniladiki, natijada boshqarishgacha nisbatan ob'ekt 
ma'lum ma'noda ko’yilgan maqsadlarni bajarishga "yaqinrok" bo’ladi. 
Bu yerda X -boshqarilmaydigan, ammo nazorat qilinadigan tashkil etuvchi; U -
boshqariladigan tashkil etuvchi; Y -ob'ekt xolati xaqidagi axborat; 
Boshqarishni tashkil qilish (sintez) uchun dastlab maqsadni Z aniqlash kerak, ya'ni ob'ektga 
ta'sir qilish jarayonida boshqarish qurilmasi nimaga intilishi kerak va boshqarish nuqtasi nazaridan 
ob'ekt qanday bo’lishi zarur. Ammo bundan tashqari boshqarish algoritmi A ham berilishi zarur, 
ya'ni bu maksadga qanday erishish mumkinligi ko’rsatilishi kerak. 
Shunday qilib boshqarish quyidagi to’rtlik bilan amalga oshiriladi. 
,A,Z>, 
Bu erda U boshqarish tasviri; I= tashqi muhit va ob'ekt xolati xaqidagi axborat; A 
algoritm; Z boshqarish maqsadi. 

Yüklə 432,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin