Ma’lumotlar omborini loyihalash va yaratishdan oldin shu ma’lumotlar omboriga
joylashtiriladigan axborotlarning umumiy tuzilishi haqida tasavvurga ega bo‘lish lozim.
Ma’lumotlar omboridan kerakli savollarga javob olish va ma’lumotlarga turli o‘zgartirishlar kiritish
uchun ham uning umumiy tuzilishini bilish maqsadga muvofiq. Chunki ma’lumotlar omborida
qanday ma’lumotlar borligini bilsangizgina, ularga mos savollarni qo‘ya olasiz.
Axborotlarni ifodalovchi vositalar majmui ma’lumotlar modeli deb ataladi.
Ma’lumotlar modellari shakli qanday bo‘lishidan qat’iy nazar quyidagi
talablarni bajarishi
kerak:
Soddalik. Ma’lumotlar modeli kam sondagi bog‘lanishli tuzilish turlariga ega bo‘lishi lozim.
Yaqqollik. Ma’lumotlar modeli vizual (ko‘zga ko‘rinadigan, tasvirlanadigan) bo‘lishi kerak.
Qismlarga bo‘linishi. Ma’lumotlar modeli ma’lumotlar omborida oddiy o‘rin almashtirish
imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim.
O‘rin almashtirish. Ma’lumotlar modeli o‘ziga o‘xshash modellar bilan almashtirish
imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
Erkinlik. Ma’lumotlar modeli aniq bo‘laklarnigina o‘z ichiga olmasligi lozim.
Yuqorida ko‘rsatilgan talablar ham yaratiladigan modellarning idealligini ta’minlay olmaydi.
Chunki modellashtirishda haqiqiy obyektning ba’zi bir muhim xususiyatlarigina ishtirok etadi
xolos.
Dostları ilə paylaş: