Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-341-348 E-mail: carjisor@carjis.org 345 Diniy-ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiysi sababi mutaassib fikr
va qarashlarning paydo bo’lishidir. Mutaassiblik muayyan g’oyalarning to’g’ri
ekaniga qattiq ishonish, ularga mukkasidan ketish, ―o’zgalar‖ va ―o’zgacha‖ qarash
va g’oyalarga murosasiz munosabatda bo’lish, boshqa firqa va mazhablarni butunlay
rad etgan holda, ularni tan olmaslikda namoyon bo’ladi. Mutaassiblik barcha
davrlarda turli din va yo’nalishlar orasida keskin nizo va to’qnashuvlar kelib
chiqishiga sabab bo’lgan.
Ayni paytda, dunyoviy va diniy bilimlarning sayozligi, sof diniy
tushunchalarning asl mazmunini bilmaslik ham diniy ekstremistik g’oyalarning
tarqalishiga sabab bo’lishi mumkin.
Yuqorida qayd etilganidek, diniy ekstremistik tashkilotlarning aksariyati o’z
nomini muqaddas islom dini bilan bog’lashga urinadi. Ular o’zlarini ―najot topgan
guruh‖, qolgan musulmonlarni esa kofir deb hisoblaydilar.
―Islom‖ so’zining lug’aviy ma’nolaridan biri ―tinchlik‖ bo’lib, u hech qachon
buzg’unchilikka, qotillikka undamagan va undamaydi ham. Zamonaviy terrorchilar
esa buzg’unchilik va qotillik, odamlarni dahshatga solishni o’zlarining maslaklariga
aylantirib olganlar.
Qur’oni karimda begunoh odamlarning joniga qasd qilish qoralanadi.
Jumladan, ―Niso‖ surasining 93-oyatida bunday marhamat qilinadi: ―Kimda-kim
qasddan bir mo’minni o’ldirsa, uning jazosi jahannamda abadiy qolishdir. Yana unga
Alloh g’azab qilgay, la’natlagay va unga ulkan azobni tayyorlab qo’ygay‖.
Hadislarda ham bu borada ko’plab xabarlar kelgan. Jumladan, Imom Termiziy
rivoyat qilgan hadisda bunday deyiladi: ―Rasululloh (s.a.v.): ―Alloh taoloning
nazdida bir musulmon kishining nohaq qatl etilishidan ko’ra, yorug’ dunyoning
barbod bo’lib ketishi yengilroqdir‖, dedilar‖.
Hozirda dunyoda ko’plab ekstremistik va terrorchi tashkilotlar mavjud bo’lib,
afsuski, ularning muayyan qismi islom dini niqobi ostida faoliyat yuritadi. Ular
qatorida ―al-Qoida‖, ―Hizbut-tahrir al-islomiy‖ (Ozodlik islomiy partiyasi), ―al-
Jihod‖, ―at-Takfir val-hijra‖ (Takfir va xijrat), ―Turkiston islom harakati‖, ―Islomiy
jihod ittihodi‖ (Islomiy jihod uyushmasi), ―Katibatul Imam al-Buxari‖ (Imom
Buxoriy bataloni), ―Jamoat Ansorulloh‖ (Allohning yordamchilari jamoasi),
―Jabhatun-nusra‖ (G’alaba fronti) va ―Islom davlati‖ kabi tashkilotlarni sanash
mumkin.