Jamiyatda diniy fanatizm va dinda qarashlar xilma-xilligi


Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)



Yüklə 93,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix19.12.2023
ölçüsü93,23 Kb.
#186953
1   2   3   4   5   6   7   8
jamiyatda-diniy-fanatizm-va-dinda-qarashlar-xilma-xilligi

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) 
ISSN (online): 2181-2454
Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org 
DOI:
10.24412/2181-2454-2022-3-341-348 
 
E-mail: carjisor@carjis.org 
342 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 
Aqidaparastlik tushunchasini ilk bor fransuz voizi va ilohiyotchisi Jak-Benin 
Bossyue (1627–1704) tomonidan qo’llanilgan bo’lib, u o’z davrida katolik dinini 
monarxiya hokimiyati ustuvorlik qiluvchi Fransiya uchun rasmiy qarashlar tizimi 
sifatida ko’rgan fransuz absolyutizmining asosiy mafkurachilaridan biri edi. Bossyue 
aqidaparast tushunchasini o’sha davr o’z diniy e’tiqodlarini cherkov munosabatlari va 
qoidalariga emas, balki faqat Xudogagina bog’liqligiga ishongan protestantlarga 
nisbatan qo’llagan. Bossyue dinning asosini axloq va intizomda deb bilgan. 
Xristianlik u uchun axloq normalarining na’munasi edi, lekin u har qanday ilohiy his 
tuyg’ular va mistik hodisalarni ―ruhiy vabo‖ (la peste spirituelle) sifatida qabul 
qilgan. Shu ko’rinishdagi diniy e’tiqod vakillarini uning nazdida diniy aqidaparast va 
bid’atchi deya hisoblagan. Bossyue diniy murasasozlik targ’ibotchisi edi. U Lyudovik 
XIV 1685 yili Genrix IV tomonidan protestantlar va katoliklar uchun tenglikni joriy 
etish uchun 1598 yili qabul qilingan Nantes farmonini bekor qilishga undagan. 1764 
yili Jenevada ―Falsafiy lug’at‖ nashr etildi, unda fransuz faylasufi, ma’rifatchi, 
tarixchi va shoiri Volter (1694–1778)ning ―fanatizim‖ so’ziga bergan izohi chop 
etildi. Volterning ta’kidlashicha aqidaparast shaxs — ―O’z nodonligini kuch orqaliy 
himoya qiluvchilar‖dir. Ular o’z g’oyasini himoya qilar ekan, unga qarshi o’lgan 
barch insonlarga nisbatan kuch ishlatish va qatl qilishga tayyordir. Bunga misol 
sifatida Volter tarixiy Varfolamey kechasini misol qilib keltiradi. ―Aqidaparastlar — 
bu o’zlarining g’oyalaridan o’zgacha fikrlovchilarga o’lim hukmini o’quvchi 
sudiyalardir‖ — deya e’tirof etgan edi Volter. Diniy aqidaparastlik psixologiyasi 
to’g’risida to’xtalar ekan, Volter — bu shunchakiy ―johillik mevasi‖ yoki Beyl 
ta’kidlaganidek ―ibtidoiy jon‖ emas balki olamon psixologiyasi bilan chambarchas 
bog’liq holatdir deya ta’kidlaydi. Fanatiziya har doim qabihlik va shavqatsizlik 
xususiyatiga egadir. U ayni vaqtda xurofot, g’azab va johillik kabi illatlarning 
asoschisi hisoblanadi deb alohida e’tirof etadi Volter. SHu o’rinda alohida ta’kidlash 
zarurki, diniy fanatizmni yuzaga kelishining nafaqat ijtimoiy balki psixologik ildizlari 
ham mavjud.
Diniy aqidaparastlik tushunchasi haqida so’z borar ekan, e’tiborni xarakter 
aktsentuatsiyasi tushunchasiga qaratish zarurdir. Ma’lumki, shaxsdagi xarakter 
aktsentuatsiyasi — shaxsdagi bir xarakter xususiyati boshqalariga ko’ra bo’rttiribroq 
namoyon bo’lishi va muayyan shaxsning o’ziga xos xususiyati sifatida gavdalanadi. 
Xarakter aktsentuatsiyasi — norma va patologiya o’rtasidagi oraliq bosqich sifatida 
qaralib, uning patologik bosqichiga qadar namoyon bo’lishi psixopatiyaga aylanish 
xavfini tug’diradi. Xarakterning aktsentuatsiyalashgangili turli ijtimoiy-psixologik 



Yüklə 93,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin