Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-341-348 E-mail: carjisor@carjis.org 344 xilya-yu nayranglari qamrab olganday xis qiladi. O’zini doimo turli dushmanlarining
taqib osti deb xis qiluvchi inson — o’ta xavfli mavjudotdir, xavfda yashovchi inson
o’zi ham aslida taqib qiluvchiga aylanadi‖.
MUHOKAMA VA NATIJALAR Berdyaevning fikricha aqidaparast insonlar shaytonga ilohning mavjudligidan
ko’ra ko’proq e’tiqod qiladilar. Aqidaparast insonlar o’z ichki qo’rquvini yengish
uchun zo’ravonlik qiladi, bu ularning ojizliklarining yaqqol na’munasi. Uning
e’tiqodi salbiy tusga ega-chunki aqidaparastlikning asli xam e’tiqodning ojizligining
yaqqol dalilidir. Hulosa sifatida shuni aytish mumkinki aqidaparastlikni keltirib
chiqaruvchi birlamchi omil ilmsizlikdir ya’ni, shaxs ma’nan kuchli e’tiqodga ega
bo’lishi mumkin lekin uning e’tiqodi zaruriy bilim va ko’nikmalar bilan boyitilmagan
bo’lsa, unda dinning asl mohiyatini tushunish, uni ijtimoiy hayotga tadbiq etishda
ko’r-ko’ronalik va fundamentalizim kabi yondashuvlarga berilish ustunlik qilishi
mumkin. E’tibor qiladigan bo’lsak, aslida barcha dinlar insoniyatni komillikka,
yaratuvchanlik va buyuk qadriyatlarga chorlaydi. Agar shaxsga nazar solsak undagi
tug’ma instinktlar uning biologik jihatidan himoyalovchi bo’lib xizmat qilsa, din
insoniyatni ma’naviy olamini himoya mexanizmi hisoblanadi. Din va diniy e’tiqod
asli turli ijtimoiy-psixologik muommolarni keltirib chiqishi emas balki, ularni oldini
olish uchun mavjud normalar yig’indisi sifatida jamiyatda rol o’ynashi zarur.
Shundagina biz uchun yot bo’lgan turli aqidaviy buzulishlar va ma’naviy og’ishlar
o’rnini yaratuvchanlik, komillik kabi buyuk insoniy qadriyatlar egallashi mumkin.
Diniy ekstremizmning tarixiy ildizlari va oqimlari. Terrorizm – jamiyatda
beqarorlik keltirib chiqarish, aholi keng qatlamlarida vahima va qo’rquv uyg’otishga
qaratilgan siyosiy kurashning o’ziga xos usulidir. U yashirin (konspirativ) ruhdagi
tashkilotlar tomonidan beqarorlik keltirib chiqarish orqali hokimiyatni egallash
maqsadida amalga oshiriladi. Terrorchi guruhlar jamiyatda aholining keng qatlami
nomidan harakat qilayotgandek taassurot uyg’otish maqsadida diniy shiorlardan
niqob sifatida foydalanadilar.
Terrorizmning eng asosiy xususiyatlaridan biri ushbu harakat tarafdorlarining
―Kuch ishlatish va zo’ravonlik davlatni qulatuvchi va hokimiyatga erishishni
osonlashtiruvchi parokandalikka olib keladi‖, degan g’oyaga asoslanib harakat
qilishlaridir. Terrorizmning yana bir xususiyati hech qanday urush bo’lmayotgan,
demokratik institutlar faoliyat ko’rsatayotgan, tinchlik hukmron jamiyat sharoitida
muqobil usullarni atayin inkor etgan holda, siyosiy masalalarni zo’rlik yo’li bilan hal
qilishga intilishda ko’rinadi.