Jamiyatning ijtimoiy,siyosiy va ma'naviy tizimi


Parsonsning harakat nazariyasi biologiyadan o‘zlashtirilgan tizimli tasavvurlar bilan boyitilgan bo‘lib, ijtimoiy harakatchanlik quyidagi funksional muammolar to‘plami bilan shakllantirilgan



Yüklə 118,5 Kb.
səhifə9/15
tarix08.04.2023
ölçüsü118,5 Kb.
#95120
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Jamiyatning ijtimoiy,siyosiy va ma\'naviy tizimi

Parsonsning harakat nazariyasi biologiyadan o‘zlashtirilgan tizimli tasavvurlar bilan boyitilgan bo‘lib, ijtimoiy harakatchanlik quyidagi funksional muammolar to‘plami bilan shakllantirilgan:

Tizimning tashqi ob’ektlariga moslashish muammosi.

Maqsadga erishish muammosi.

Integratsiya muammosi.

Tuzilmani qaytadan tiklash muammosi.

Keskinlikni yumshatish muammosi.

Parsons fikricha, organizm moslashuv vazifasini bajaruvchi tizim hisoblanadi. Bu moslashuv tizim muhiti bilan o‘zaro harakat qilishda jismoniy va energetik zaxira (resurC) kuch-quvvat beradi.

T.Parsons fikricha, Ijtimoiy tizim darajasiga ko‘ra:

1. Moslashuv funksiyasini – iqtisodiy tizimcha ta’minlaydi.

2. Maqsadga erishish funksiyasini – siyosiy tizimcha ta’minlaydi.

3. Integratsiya funksiyasini – huquqiy institut va urf-odatlar ta’minlaydi.

4. Tuzilmani qayta tiklash funksiyasini – e’tiqodlar tizimi, ahloq va ijtimoiylashuv agentlari (oila, tarbiya, ta’lim institutlari) ta’minlash.

T.Parsons fikricha, murakkab tizimlarda o‘zaro ayirboshlash bevosita emas, balki bilvosita formallashtirilgan ramziy vositalar (til, qoniqish, madaniyat, pul, hokimiyat, ta’sir o‘tkazish, qadriy tarafdorlik (urf-odatlar) yordamida amalga oshiriladi.

T.Parsons XX asr 60-yillarida jamiyat evolyusiyasi muammolarini tahlil etdi va jamiyat evolyusion doktrinasi asosida differensiatsiya g‘oyasini yaratdi.

T.Parsonsning jamiyat evolyusiyasi nazariyasidagi paradigmalar:

1. Jamiyat funksional differensiya va umumlashgan moslashuvchanlik mezonida rivojlanadi.

2. Rivojlanish evolyusion umumlashmalar asosida kengayib boradi.

3. “Oraliq davr”ga o‘tish yozuvning vujudga kelishi bilan belgilanadi.

4. Iqtisodiy va siyosiy tizimlar, “sanoat inqilobi”dan so‘ng, demokratik inqilob keladi.

5. Demokratik inqilob, ijtimoiy jamiyatni siyosiy tizimdan ajratib oladi.

6. “Zamonaviy” tizimga o‘tish ma’muriy byurokratiyadan bozor iqtisodi va demokratik saylov tizimining shakllanishi bilan yuz beradi.


Yüklə 118,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin