Bugungi kunda sivilizatsion nuqtai nazaridan jamiyatlarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
1.An’anaviy jamiyatda yerga bo‘lgan mulkchilik asosiy o‘rinni egallaydi. Boylik tashqi manbalar asosiga qurilib. Tabiat manbalarini egallash, o‘zlashtirish kuchayadi.
An’anaviy jamiyatlarda insonning yaratuvchanlik ijodiy qobiliyati ancha chegaralangan edi. Chunki, an’anaviy jamiyatda mehnatning tabiiy taqsimoti va ixtisoslashuvi, shaxslararo munosabatlarning o‘ta tabaqalashuvi, o‘zaro harakatlar va munosabatlarni norasmiy muvofiqlashtirish, jamiyat a’zolarining bir-biriga tobelik, urug‘chilik va qon-qarindoshlik munosabatlari bilan bog‘liqligi, boshqaruvdagi primitiv tizimlar imtiyozsiz jamiyat a’zolarining faolligini cheklab qo‘ygan bo‘lib, bu holat shaxsning ijodiy faoliyat ko‘rsatish va fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga yo‘l bermas, o‘zaro munosabatlarning esa biqiq bo‘lishini taqozo etar edi.
2.Industrial (sanoat) jamiyat. (XX asr 50-60-yillarida yuzaga keldi. Bu konsepsiyaga o‘z mohiyatiga ko‘ra markscha ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya to‘g‘risidagi ta’limotlarga qarshi qaratilgan.
Industrial jamiyat ta’limotiga ko‘ra jamiyat turi: texnikaviy, industrial-rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Jamiyat tilini sinfiy strukturadan ajratib olib qaraydi. “Industrial” jamiyat 2 bosqichda kechadi:
“An’anaviy” jamiyatdan sanoat jamiyatiga o‘tib boradi.
Industrial jamiyatda mulkning barcha ko‘rinishlariga bo‘lgan munosabat shakllanadi. Yirik mashina ishlab chiqarishi qo‘l mehnati o‘rniga kelib yuksak mehnat unumdorligiga asoslangan ishlab chiqarishni izohlaydi. Avtomatik ishlab chiqarish vujudga keladi. Ommaviy ishlab chiqarish belgiga aylanadi. Ishlab chiqarishda yuksak malakali ishchilarning roli ortib boradi, ular mutaxassislashadilar. Natijada mashina yordamida standartlashgan operatsiyalar bajariladi. Ho‘jalik sohasida sanoat va moliyaviy kapital ustunlik qiladi. Mahsulot bozor uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Industrial jamiyatni iqtisodiy jamiyat deb atash ham mumkin. Chunki real bog‘liq iqtisodga qaratilgan bo‘ladi. Natijada erkin xalqaro iqtisodiy hamkorlik mamlakat davlatlari qatoriga qo‘shila boradi. Urbanizatsiyalashuv ta’lim tizimiga yangicha yondoshuvni, ommaviy madaniyatni vujudga keltira boradi.