Jamoani istiqbolini belgilovchi tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish usullari


Jamoaning shakillantrish va unda shaxsni tarbiyalash faoliyati



Yüklə 32,09 Kb.
səhifə4/6
tarix08.04.2023
ölçüsü32,09 Kb.
#94997
1   2   3   4   5   6
JAMOANI ISTIQBOLINI BELGILOVCHI TARBIYAVIY TADBIRLARNI TASHKIL ETISH USULLARI

3. Jamoaning shakillantrish va unda shaxsni tarbiyalash faoliyati.
Norasmiy tuzilma jamoaning barcha a'zolari o‘rtasidagi shaxslararo ma'naviy-psixologik munosabatlarning umumiy tizimi va mikroguruhni tashkil qiluvchi ayrim a'zolar o‘tasidagi tanlash munosabatlari mazmunini ifodalaydi. Jamoaning har bir a'zosi mavjud munosabatlar tizimida u yoki bu o‘rinni egallaydi. O‘quvchining jamoadagi o‘rni uning shaxs sifatida shakllanishi va kamolotga erishishiga muhim ta'sir ko‘rsatadi. Kasb-hunar kollej yoki sinfdagi rasmiy va norasmiy tuzilmalar bir-biriga muvofiq bo‘lganda, jamoaning rasmiy etakchilari norasmiy munosabatlar tizimida ko‘zga ko‘ringan o‘rinni egallagan holdagina u chinakam jamoa bo‘la oladi. Shuningdek, norasmiy guruhlar (mikroguruhlar) umumjamoa ijtimoiy manfatlari uchun kurashuvchi guruhlar bo‘lgandagina jamoa o‘zini chinakam jamoa tarzida namoyon etishi mumkin. Yashash joylarida o‘zaro birikkan o‘quvchilar guruhlari qanchalik aail va inoq munosabat asosida tashkil topgan bo‘lmasin haqiqiy jamoa bo‘la olmaydi.
-Ijtimoiy ahamiyatga ega yagona maqsadning mavjudligi
-Birgalikdagi umumiy faoliyatning tashkil etilishi
-Majburiy, mas'uliyatli munosabatning yo’lga qo’yilishi
-Saylangan umumiy rahbariy organga egalik
Chinakam jamoa ijtimoiy ahamiyatga moyillik faoliyatini tashkil eta olishi, jamoa a'zolari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va ishchanlik xarakteridagi aloqa va munosabalarni qaror toptirishi lozim.
Jamoaning majburiylik belgisi unga o‘qituvchiik rahbarlikning yo‘lga qo‘yilishidir. Shunday qilib, jamoa bir necha (a'zo) kishidan iborat guruh bo‘lib, u ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan umumiy maqsad asosida tashkil topadi. Jamoa tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyat uning oldiga qo‘yilgan maqsad mazmunini ifoda etadi. Jamoa a'zolari o‘rtasida qaror topgan o‘zaro birlik, shuningdek, ular o‘rtasida tashkil etiluvchi munosabat jarayonidagi tenglik jamoaga rahbarlik qilish, jamoa a'zolarining guruh etakchilariga bo‘ysunishlari, shuningdek, ular tomonidan jamoa oldidagi javobgarlik hissini anglashlari uchun zamin yaratadi. Jamoa va uni shakllantirish o‘qituvchiik faoliyatining maqsadi hisoblanidi. Muhim tarbiyaviy ta'sir kuchiga ega bo‘lgan sub'ektlarning alohida namuna ko‘rsatishlari jamoani shakllantirishning muhim vositasi bo‘lib, ushbu vosita yordamida jamoaning barcha yoki muayyan a'zosini tarbiyalash ijobiy samaralar beradi. Jamoa tomonidan hal etilishi ko‘zda tutilgan yetakchi tarbiyaviy vazifa shaxsni har tomonlama tarbiyalash, unda ijobiy sifatlarni tarbiyalash hamda mustahkam hayotiy pozitsiyani qaror toptirishdan iboratdir. Umumiy o‘rta ta'lim hamda o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalarida jamoani shakllantirish mas'uliyatli vazifa sanaladi. Kasb-hunar kollej jamoasi tarkibida eng barqaror bo‘g‘in-bu muayyan sinflar negizida shakllangan jamoalar sanaladi. Sinf jamoasi tarkibida o‘quvchilar tomonidan amalga oshiriluvchi asosiy faoliyat o‘qish faoliyati sanaladi. Aynan sinf jamoasida shaxslararo aloqa va munosabatlar tarkib topadi. Shuningdek, sinflarm jamoalari negizida kasb-hunar kollej jamoasi shakllanadi. Kasb-hunar kollej jamoasi ikki muhim bo‘g‘in o‘qituvchilar jamoasi hamda o‘quvchilar jamoasi asosida tarkib topadi. O‘quv yurtlari jamoasi tarkibida o‘quvchilar jamoasi asosiy qismni tashkil etadi. O‘uvchilar jamoasi - bu ijtimoiy ahvoli shuningdek, umumiy saylov organlari oldidagi umumiy javobgarlik, barcha a'zolarning huquq va burchlari tengligi asosidagi o`zaro birlikka ega o‘quvchilar guruhidir.
O‘quvchilar jamoasi unga rahbarlikni olib boruvchi o‘qituvchilar hamda o‘quvchilardan iborat jamoaning murakkab birlashmasi bo‘lib, o‘zini-o‘zi nazorat qilish hamda o‘zini-o;zi boshqarish huquqi, shuningdek, o‘ziga xos psixologik muhit va an'analariga ega bo‘ladi.
Jamoa faoliyatini tashkil etish shaklari.
Jamoani shakllantirish muayyan qonuniyatlarga bo‘ysunadigan uzoq muddatli murakkab jarayondir. Maktablar tajribasida faoliyat odatda ommaviy, jamoa, guruh va individulal shakllarda tashkil etiladn. Faoliyatni tashkil etishning ommaviy shakllari ham (ya`ni ularda o`quvchilarning muayyan guruhlari ishtirok etadi) o`z mohiyatiga ko`ra uni amalga oshirish jarayonida faoliyat maqsadga (masalan, ma`ruza, konsertva hokazo) erishish uchun katnashchilariing o`zaro muomalasini nazarda tutmaydi. Biroq, bundan oldingi holda bo`lgani kabi, bu shakllarda bevosita tengdoshlar bilan birgalikda qatnashish ba`zi hollarda ularning faoliyatidagi ishtirokini faollashtiradi, boshqa hollarda aksincha bo`ladi. Bu ko`p jihatdan o`quvchilarning faoliyat mazmuniga, munosabatiga (ijobiy, passiv yoki salbiy) bog`liq bo`ladi. Faoliyatni amalga oshirish jarayonida uning maqsadiga erishish uchun o`quvchilarning o`zaro muomalaga kirishishlarini nazarda tutuvchi faoliyat shakllari jamoa shakllari deyiladi, bu muomala jarayonida o`quvchilar o`rtasida jamoa aloqalar vujudga keladi. Bu shakllar obyektiv jihatdan o`zida muomala uchun muayyan shart-sharoitlarga ega bo`ladi. Ular o`quvchilarga ishning muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun vazifalarni o`zaro taqsimlab chiqish imkonini beradi, katnashchilar o`rtasida aloqa ta`sirining paydo bo`lishiga olib keladi. Misol tariqasida o`quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etishning jamoa shakllaridan biri-bilimlarning ijtimoiy ko`rigini qarab chiqamiz. U biror fan bo`yicha o`tkaziladi. Unda ikkita parallel sinf yoki bir sinfdan ikkita komanda ishtirok etishi mumkin. Ko`rikning dasturi ishlarning har-xil turlaridan (yozma, og`zaki, grafik masalalar yechish, topshiriq uchun topshiriqlarni bajarish va shu kabilar) tashkil topadi, ularni bajarish umuman olganda 40-60 daqiqadan oshmaydi. Ko`rik oxirida hay`at a`zolari har bir qatnashchiga va umuman komandadagi o`rtacha bahoni e`lon qiladi. Bu o`rinda bilish faoliyati bilan bog`liq bo`lgan muomala ko`rikka hozirlik ko`rish vaqtidayoq boshlanadi va uni o`tkazish jarayonida juda samarali davom etadi. Bunga sabab shuki, ko`rikka doir dastlabki topshiriqlar jamoadan tayyorgarlik rejasini muhokama etishni, vazifalarni taqsimlashpi yoki guruh bo`lib ishlashni talab qiladi. Ko`rik jarayonida muomala uning hamma qatnashchilar o`rtasida sodir bo`ladi, chunki ulardan har biri muayyan vazifaga ega bo`lib, o`z harakatlarini boshqa qatnashchilar bilan muvofiqlashtirgandagina vazifani muvaffaqiyatli bajarishi mumkin. Jamoa muomalani tashkil etishning samarali shakllaridan biri guruhiy ishdir, bunda mazkur ish bolalarshing tarkib jihatidan uncha katta bo`lmagan (eng ko`pi bilan kishi 5 ta bo`lishi kerak) guruhlarida amalga oshiriladi. Bunday kichik guruhlarda barcha a`zolar bir-birlari bilan bevosita muomalada bo`ladilar va bir-birlariga bevosita biror ta`sir ko`rsatadilar.

Yüklə 32,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin