Jamoat salomatligi va sog‘liqni


yilning 10 noyabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2107-sonli



Yüklə 33,91 Kb.
səhifə3/7
tarix09.09.2023
ölçüsü33,91 Kb.
#142334
1   2   3   4   5   6   7
1 maruza

1998 yilning 10 noyabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2107-sonli
"O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash tizimining isloh qilishning davlat dasturi to’g’risida"gi farmoni qabul qilindi. Bu dastur 1998 yildan 2005yilgach a bo’lgan davrni o’z ichiga oldi va islohotning birinchi bosqichi bo’lib hisoblandi.Bu farmonga muvofiq Sog’liqni saqlash tizimini isloh qilishning maqsad va vazifalari belgilab berildi. Islohot birinchi bosqichining (1998-2005 y.y.) maqsadi – quyidagi prinsiplarni amalga oshirish asosida mamlakatda aholi salomatligini saqlash va uni yaxshilashni ta'minlovchi sog’liqni saqlash tizimini tashkil etishdan, sog’lom avlodni tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir. Sog’liqni saqlash tizimining tamoyillari quyidagilar deb belgilandi:
- fuqarolarning malakali tibbiy xizmatdan foydalanish va ijtimoiy himoyaga doir konstitutsiyaviy huquqlariga rioya etish;
- ko’rsatilgan tibbiy xizmatlarning turlaridan aholining baravar bahramand bo’lishini ta'minlash;
- aholi salomatligi va uning yashash muhiti holatining davlat tomonidan nazorat qilinishini ta'minlash;
- bozor prinsiplari va mexanizmlarini joriy etish asosida Sog’liqni saqlash tizimini chuqur isloh qilish;
- onalik va bolalikni muhofaza qilishning samarali tizimini yaratish;
- profilaktik sog’liqni saqlashni ustivor rivojlantirish, sog’lom turmush tarzi, to’g’ri ovqatlanish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishni keng ommalashtirish;
- shoshilinch bepul tibbiy xizmat ko’rsatishni maxsus va umumiy davolashtibbiyot muassasalarining pulli xizmat ko’rsatishga bosqichma-bosqich o’tishi bilan uyg’un olib borish, tibbiy sug’urta tizimini rivojlantirish;
- xususiy tibbiy davolash amaliyoti rivojlantirilish va rag’batlantirish;
- aholi salomatligini muhofaza qilishga yo’naltirilgan byudjet harajatlari samaradorligini oshirish.
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi faoliyatining strategik yo’nalishlarida profilaktika har doim muhim ahamiyat kasb etgan va etibkelmoqda, shuning uchun 10-15 yil mobaynida profilaktika tadbirlari keng olib boriladigan vrach va bemorning birinchi kontakti bo’lgan birlamchi tibbiy muassasalarni isloh qilish orqali birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tizimini takomillashtirishga katta e'tibor berildi. Sog’liqni saqlash tizimini isloh qilishning asosiy yo’nalishlaridan biri tibbiy yordam modelining tashkiliy strukturasi bilan bog’liq bo’lgan jamiyatning bevosita va bilvosita yo’qotishlarini kamaytirish maqsadida Sog’liqni saqlash tizimini intensiv rivojlantirish va mavjud resurslardan samarali foydalanish maqsadida yangi iqtisodiy mexanizmlarni ishlab chiqishdir. Bu esa o’z navbatida tibbiy xizmatni restrukturizatsiya qilish va tibbiy xizmat ko’rsatishning yangi usullarini keng tadbiq etishni talab qiladi. Shuning uchun umumamaliyot shifokori tizimiga o’tish yangi turdagi davolash-profilaktika muassasalarini tashkil qilishni talab etmoqda - qishloq va shahar aholisi yashash joyida malakali tibbiy xizmat olish uchun qishloq va shahar(mahalla) vrachlik punktlari (QVP, ShVP) tashkil qilinmoqda. Birinchi marta respublikada tibbiy xizmatni yangi turlari hamda umumiy amaliyot shifokori tizimi ishlab chiqildi va tadbiq etildi, jumladan, qishloq vrachlik punktlari orqali. Bu esa o’z navbatida, qishloq sharoitida tibbiy muassasalarni integrasiya qilish va samarasiz ishlayotgan tibbiy muassasalarni tugatish imkonini berdi. Mazkur muassasalar sonini qisqarishi qishloq sharoitida ko’p bosqichli yordamdan (FAP, QVA, KUK, RK, MRK) ikki bosqichlik yordam (QVP, MRK) tizimiga yetish imkonini yaratdi va aholini turli muassasalarga murojaatini kamaytirdi. Islohotlarning asosiy natijalaridan biri davlat, xususiy va boshqa sog’liqni saqlash tizimlarini yaratilishi bo’ldi. Olib borilayotgan islohotlar va uzoq muddatli konsepsiya Sog’liqni saqlash tizimini bosqichma- bosqich sug’urta tibbiyotida o’tishni ta'minlab beradi. Shunday qilib, 1998-2005 yillardagi islohotlarning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblandi:
- aholiga dastlabki tibbiy-sanitariya yordami ko’rsatishning kafolatlangan darajasi sifatini davlat tomonidan ta'minlash;
- aholiga shoshilinch va kechiktirib bo’lmaydigan tibbiy yordam tizimini mustahkamlash;
- davolash-profilaktika muassasalarini tashkil etish va joylashtirish tizimini takomillashtirish, umumiy amaliyot shifokori tizimiga bosqichma-bosqich o’tish;
- tibbiy xizmatlar va sug’urta tibbiyoti bozorini vujudga keltirish;
- sog’liqni saqlashni boshqarish tizimini soddalashtirish, davolash-profilaktika muassasalariga ko’proq mustaqillik berish hisobiga uning samaradorligini oshirish, sog’liqni saqlash tizimida nodavlat sektori hamda xususiy vrachlik amaliyotini rivojlantirish;
- bepul tibbiy xizmatlar ko’rsatishda byudjet harajatlari samaradorligini oshirish, aralash va xususiy moliyalashning turli shakllarini rivojlantirish hisobiga sog’liqni saqlashning moliyaviy negizini takomillashtirish;
- tarmoqni isloh qilishning me'yoriy-huquqiy negizini tashkil etish;
- tibbiyot xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning mahoratini oshirish jarayonini takomillashtirish;
- jismoniy tarbiyani rivojlantirish va aholi salomatligini profilaktika qilishning turli shakllarini integratsiyalash;
- xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda tarmoqqa xorijiy sarmoyalar va texnologiyalarni jalb qilishni kengaytirish. Sog’liqni saqlashni mablag’ bilan ta'minlashni takomillashtirish tibbiy xizmatlarni bepul va pullik xizmatlarga ajratilishi orqali olib borilishi ko’zda tutilgan. Bepul ko’rsatiladigan tibbiy xizmatlar davlat byudjeti tomonidan, pullik xizmatlar esa yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mablag’ bilan ta'minlanadi. Tibbiy xizmat bozorini rivojlantirish o’z navbatida tibbiy muassasalarni samarali boshqarish, davolash va profilaktika muammolarini samarali yechimini topish maqsadida nafaqat professional bilimlarga, balki menedjment va marketing bilimlariga ega bo’lgan kadrlarni tayyorlash muammosini keltirib chiqaradi. Sog’liqni saqlash tizimi vazifalarini hal etishda aholiga ko’rsatilayotgan tibbiy xizmatining usul va uslublari hisoblanadi.

Yüklə 33,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin