Jamoat salomatligi va sog‘liqni


Pullik tibbiy xizmat tizimi



Yüklə 33,91 Kb.
səhifə5/7
tarix09.09.2023
ölçüsü33,91 Kb.
#142334
1   2   3   4   5   6   7
1 maruza

Pullik tibbiy xizmat tizimi
Pullik tibbiy xizmat harajatlarni yuridik va jismoniy shaxslarning mablag'lari hisobidan qoplash yo'li bilan xususiy moliyalashtirish asosida hamda, shuningdek, harajatlarni davlat byudjeti dotatsiyalari hisobiga qisman qoplash yo'li bilan aralash moliyalash shakllanadi. Aralash moliyalashtirilgan davolash muassasalarga kattalar va bolalar uchun ko'ptarmoqli kasalxonalar, viloyat va respublika ixtisoslashtirilgan markazlari hamda klinikalari kiritiladi. Aralash moliyalashtirish quyidagi yo'nalishlar uchun nazarda tutilgan:
¾ bepul tibbiy yordam tizimiga kirmagan tuman, shahar hamda ko'ptarmoqli davolash-profilaktika muassasalarida, ilmiy-tadqiqot institutlari klinikalarida bemorlarni (imtiyozli toifalardan tashqari) tekshirish va davolash uchun;
¾ imtiyozli toifadagi bemorlar (nogironlar, urush faxriylari, g'irt yetimlar) ni ixtisoslashtirilgan davolash muassasalarida tekshirish va davolash uchun;
¾ ayrim ko'ptarmoqli bolalar kasalxonalari uchun;
¾ sog'liqni saqlash, sanitariya va farmakologiya sohasida amaliy ilmiy
tadqiqotlarni o'tkazish uchun;
¾ davlat grantlari bilan belgilanganidan tashqari miqdorda tibbiyot kadrlari tayyorlash uchun ko'zda tutilgan.
Xususiy moliyalashga bosqichma-bosqich o'tish nodavlat davolashprofilaktika va homiladorlarga tibbiy yordam ko'rsatuvchi alohida muassasalarda barcha turdagi tibbiy xizmatlar uchun ko'zda tutilgan va quyidagi manbalardan mablag' bilan ta'minlanadi:
- mijozlar bilan tibbiy sug'urta to'g'risida tuzilgan shartnomalarga muvofiq o'tkaziladigan sug'urta kompaniyalarining mablag'lari;
- ko'rsatiladigan tibbiy xizmatlar uchun yuridik va jismoniy shaxslarning to'g'ridan-to'g'ri to'lovlari hisobiga.
Sog'liqni saqlash sohasidagi davlat boshqaruvi va uni tartibga solish
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan quyidagi shaklda amalga oshiriladi:
- sog'liqni saqlash va tibbiy sug'urtalash normativ bazalarini, sog'liqni saqlash sifati davlat standartlarini ishlab chiqish va barcha tibbiyot muassasalarini ularga rioya etishlarini nazorat qilish;
- aholi salomatligini muhofaza qilish sohasida maqsadli davlat dasturlarini
amalga oshirish;
- aholiga dastlabki tibbiy-sanitariya yordamini davlat tomonidan kafolatlangan hajm doirasida byudjet mablag'i hisobidan moliyalashtirish;
- mulkchilik shakllaridan qat'iy nazar, davolash-profilaktika va dorixona muassasalarini sertifikatsiya qilish hamda akkreditatsiyalash, xususiy vrachlik amaliyoti bilan shug'ullanish uchun vrachlarga va dorilshunoslarga ruxsatnomalar berish;
- tibbiy xizmatlarga tariflar darajasini tartibga solish. 2005 yilgacha bo'lgan davrda davlat boshqaruv organlari tibbiy xizmatlarga tariflarning butun mamlakat uchun yagona bo'lgan chegarasini belgilaydilar, bunda davolash-profilaktika muassasalari mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, hududiy va boshqa xususiyatlardan kelib chiqqan holda tariflarni mustaqil ravishda belgilaydilar;
- respublika hududida qo'llanishga ruxsat etilgan dori-darmon vositalari va preparatlarni standartlash va sertifikatsiyalash.

Yüklə 33,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin