Jamiyatning kadrlar sifati va ularni ixtisoslashtirishga bo'lgan doimo o'zgarib turuvchi talablarini tahlil qilishga asoslangan davlat ta'lim standartlarini joriy qilish ko'zda tutilmoqda. Ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalari joriy etilmoqda.Sog'liqni saqlash tizimini huquqiy me'yoriy bazasini takomillashtirish maqsadida O'zbekiston Respublikasining quyidagi qonunlariga o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritildi: - “Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida”; - “Davlat sanitariya nazorati to’g’risida”; - “OITS kasalligini oldini olish to'g'risida”; - “Dori - darmon va farmatsevtik faoliyat to'g'risida”; - “Alkogolizm, narkomaniya yoki toksikomaniya bilan kasallangan bemorlarni majburiy davolash to'g'risida”. Shu bilan bir qatorda O'zbekiston Respublikasi quyidagi qonunlari qabul qilindi: - “OIV virusi (OIV infeksiya) bilan chaqiriladigan kasalliklarni oldini olish to'g'risida”; - “Narkotik moddalar va psixotrop dorilar to'g'risida”; - “Fuqarolarga psixiatrik yordam to'g'risida”; - “Aholisini sildan himoyalash to'g'risida”; - “Donorlik, qon va uning komponentlari to'g'risida”. Sog'liqni saqlash tizimining me'yoriy-xuhuqiy bazasini takomillashtirish o'z navbatida barcha tizim organ va muassasalarining faoliyatini ta'minlovchi hujjatlarni ijtimoiy, iqtisodiy o'zgarishlarga mosligini ta'minlab berdi. O'zbekistonda hozirgi kunda ijtimoiy gigiyena va sog'liqni saqlashni tashkil qilishni o'qitish programmasi quyidagi bo'limlarni o’z ichiga oladi: 1.Sog'liqni saqlashda nazariy asoslari va zaruriy ijtimoiy gigiyena muammolari. 2. Aholi salomatligi holati va uni o'rganish usullari. 3.Sog'liqni saqlashni asosiy rivojlanish bosqichlari. 4. Aholiga tibbiy xizmatni tashkillashtirish. 5. Ijtimoiy ta'minot va ijtimoiy sug’urta. 6. Iqtisod, rejalashtirish va boshqarish masalalari. Tibbiy o’quv yurtlarida aholi salomatligi va sog'liqni saqlashnitashkillashtirish masalalarini o'rganishda avvalambor, mavjud usullaridan to'g'rifoydalana bilishni taqazo etadi: tarixiy, statistik, iqtisodiy va boshqalar. Statistikusul yordamida demografik ko'rsatkichlar, kasallanish, nogironlik va jismoniyrivojlanganlik ko'rsatkichlari aniqlanadi. Buning uchun ularga ta'sir etuvchiomillarni o'rganish kerak. Aholi salomatligiga ta'sir etuvchi omillarga: 1) biologik (endogen) 2) tashqi muhit 3) ekologik 4) ijtimoiy gigiyena va ijtimoiy - iqtisodiy (hayot tarzi) kiradi. Sog'liqni saqlashni tashkillashtirishda, avvalambor, quyidagilarni bilish lozim: - tibbiy ta'minlanganlik holatni (tibbiy muassasalar bilan ta'minlanganlik, ularning tarkibi, kadrlarning yetarliligi va ularni sifati). - asosiy direktiv hujjatlar, ya'ni aholi sog'lig'ini mustahkamlashga qaratilgan hujjatlarni o'rganish talab etiladi. Bunday hujjatlarga: 1) 1992 y. 8 dekabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 40- moddasida aytilishicha: "Har bir fuqaro malakali tibbiy xizmatga huquqlidir". 2) 1996 yil 29 avgustdagi "O'zbekiston aholisi salomatligini muhofaza qilish" va shu kabi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi buyruq va farmoyishlari misol bo’la oladi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiya va "O'zbekiston xalqining salomatligini muhofaza qilish" haqidagi qonunga asosan sog'liqni saqlashning asoslari ishlab chiqildi: 1.Davlatli, ko’p qirrali sog'liqni saqlash tizimi: - pullik va bepul tibbiy xizmat - sog'liqni saqlashni rejali kiritish - sog'liqani saqlashni boshqarishni va tibbiy xizmatning huquqlari. 2. Sog'liqni saqlashni profilaktik yo'nalishi. 3.Sog'liqni saqlashni amaliyotdagi talabiga ko'ra tibbiy ilmni rivojlantirish. 4. Tibbiy va sotsiologik xizmat masalalari bilan shug'ullanishga barchafuqarolarning huquqi. 5. Sog'lig’ini yo'qotgan fuqarolar tibbiy sug’urta va ta'minot yordamidahuquqi. 6. Jamoat salomatligini muhofaza qilishda aholining ishtiroki. 7. Sog'liqni saqlashda ko'pmillatlilik va gumanitarlilik. Qonun 6 bo'lim va 42-moddadan iborat.