Jamoat xavfsizligi universiteti


Axborot-psixologik xavfsizlik kursining asosiy tushunchalari



Yüklə 127 Kb.
səhifə5/9
tarix20.09.2023
ölçüsü127 Kb.
#145399
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-Mavzu AXP ma\'ruza

3.Axborot-psixologik xavfsizlik kursining asosiy
tushunchalari.

Internet, matbuot xizmati, jamoatchilik bilan aloqalar, davlat, jamoatchilik va boshqa tashkilotlar va muassasalar, reklama agentliklari bo‘yicha tuzilmalar ham shular jumlasidandir.
OAVlari bo‘lib, vaqtli matbuot, axborot tarqatishning audio va video vositalari, axborot agentliklari, internet-jurnalistikasi hisoblanadi. OAV OATning muhim asosiy qismini tashkil etadi.
Demak, jamoatchilik fikrining shakllaninshida manipulyativ harakatlarning ta’siri katta.
Jamoatchilik fikrini manipulyatsiya qilish (chalg‘itish) muayyan maqsadni ko‘zlab amalga oshiriladi. Bunda manipulyatsiya qilish (chalg‘itish) tushunchasining nisbiyligi haqida aytib o‘tish kerak. Chunki istalgan tomon jamoatchilik fikriga har qanday ta’sirni manipulyatsiya deb baholash mumkin. Shuni alohida ta’kidlash joizki, hozirgi jamiyatda yagona bo‘lgan ijtimoiy fikr shakllanish ehtimoldan yiroqdir. Demokratiyaning tamoyillaridan biri mana shudir.
Axborot - barcha uchun tegishli bo‘lgan va (yoki) foydalanilishi cheklangan shaxs, jamiyat, davlatning hayotiy muhim manfaatlarini o‘zida mujassam etgan, foydalanilishi qonun hujjatlari bilan belgilangan hamda qo‘llanilishi, murakkabligi, ko‘p tarmoqliligi bilan (harbiy, yuridik, matematika, kibernetika, aloqa, falsafa, psixologiya, biologiya, sotsiologiya va boshq.) kategoriyalarga bo‘lingan tushuncha3.
Ochiq axborot tizimlarida xabar” termini kishilar, ijtimoiy guruhlar, umuman jamiyat qurshab turgan olamda mo‘ljal topa bilishi uchun ijtimoiy ahamiyatga ega xabar ma’no ifodasini beradi. Shuningdek, muayyan jamiyat ijtimoiy tabiati belgilab beradigan ma’naviy
Axborot tizimini va aloqa tarmoqlarini, jamiyat hayotini ta’minlovchi o‘ta muhim infratuzilmalarni murakkablashtirish axborot sohasidagi jamiyat manfaatlariga bo‘lgan tazyiq manbalaridan biri hisoblanadi.
Bu tazyiqlar atayin yoki anglanmagan holda amalga oshirilishi mumkin. Bundan tashqari ular texnikaning va programma ta’minotining xatosi yoki ishlamay qolishi tufayli, jinoyatchi to‘dalar yoki unsurlar tomonidan mazkur infratuzilmaga zararli ta’sir sifatida namoyon bo‘lishi mumkin.
Yana bir tazyiq manbai bo‘lib, OAVlarning mulkdorlar uchun uncha katta bo‘lmagan guruhi qo‘lida to‘planishi hisoblanadi. Bular tazyig‘i ostida ijtimoiy ahamiyatga molik biror hodisa soxtalashtirilishi hamda jamoatchilik fikri chalg‘itilishi mumkin, shuningdek, yot qadriyatlarni tiqishtirish yo‘li bilan jamiyat axloqiy qadriyatlariga putur yetkazish mumkin.

Yüklə 127 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin