Jamoat xavfsizligi universiteti



Yüklə 127 Kb.
səhifə3/9
tarix20.09.2023
ölçüsü127 Kb.
#145399
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-Mavzu AXP ma\'ruza

Eslang! Ommaviy axborot tizimi ayni paytda ochiq axborot tizimi hisoblanadi. Chunki dunyo miqyosida axborot tarqatishni ma’lum davlatdan yoki bir joydan turib, nazorat qilib, tartibga solib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham bu tizim ochiq ommaviy axborot tizimi deb nomlanadi.
Jamiyat shu darajada shakllanishi lozimki, uning a’zolari tig‘iz axborotlar bozoridan umummilliy manfaatga xizmat qiladigan, uning taraqqiyotiga yordam beradigan axborotni tanlay olsin. Axborot olish kafolati bevosita shaxsiy manfaatdan ustun turadigan, umummilliy manfaatga daxldor bo‘lgan qadriyatga aylanmog‘i lozim. Ana shunday sharoitda qanday mazmundagi axborotni tarqatishni man etish, jamiyatning psixologik holatiga salbiy ta’sir etuvchi ijtimoiy, milliy, etnik, diniy tafovut va kelishmovchiliklarni kuchaytiruvchi, zo‘ravonlik va urushni targ‘ib etuvchi pornografiya, maishiy buzuqlik, shaxslar mavqei, obro‘si va sha’niga salbiy ta’sir etuvchi axborotlarni chegaralashning norasmiy, vijdon bilan bog‘liq bo‘lgan, sog‘lom aql va yuksak tafakkurga tayangan ma’naviy-ruhiy me’yorlarni vujudga keltirish muhim ahamiyat kasb etadi.
XX asrning ikkinchi yarmi tezkor, keng ko‘lamdagi axborot tizimi va telekommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish davri hayotning deyarli barcha jabhalariga va inson faoliyatiga kirib borishi, shuningdek, axborot makonining globallashuvi, butun jahon rivojiga ta’sir ko‘rsatgan va ko‘rsatayotgan omili sifatida e’tirof etilmoqda. E’tiborli jihati mamlakat ichida va tashqi dunyoda faol axborot almashuviga odamlar ehtiyoji juda ortib borilmoqda. Axborot sohasining bunday tezlik bilan rivojlanishi, uning salohiyati va imkoniyatlarining o‘sishi, jamoatchilik va davlat hayotida turli xil yo‘nalishlarda keng tarzda ishlatilishi yangi - XXI asrdagi odamzot taraqqiyotini aniqlab beruvchi muhim omillardan biri bo‘lishiga asosdir.
Shuningdek, oxirgi yillarda axborot resurslari davlatlararo to‘qnashuv, geosiyosiy maqsadlarga erishish uchun maydon sifatida faol foydalanilmoqda. Bu ayniqsa, mazkur sohada sezilarli darajada manfaat keltiradigan zamonaviy axborot texnologiyalarga ega rivojlangan davlatlarga xosdir.
Bugungi kunda kundalik xalqaro munosabatlarda “axborot urushi”, “axborot qarama-qarshiligi”, “axborot bosimi” kabi tushunchalar ko‘p ishlatilayotganligi aholini axborot xurujidan himoyalash bo‘yicha choralar ko‘rish muhimligini yanada oshiradi. Ushbu muammoning dolzarbligi yana shundaki, hozirda odamlar (shaxs, ijtimoiy guruh, jamiyat) ongi shakllanish ma’lum darajada ommaviy axborot vositalarining faoliyati va axborot resurslarining ta’siridadir.
Shuning uchun, ayniqsa ochiq axborot tizimi sharoitida shaxs, jamiyat va davlatning axborot, axborot-psixologik xavfsizligi bilan bog‘liq muammolarni hal qilishning ahamiyati yanada oshadi. Ayni vaqtda, axborot tizimi imkoniyatlarini milliy manfaatlarni himoyalash va rivojlantirish, shuningdek, global axborot makonida davlatning manfaatlarini amalga oshirish uchun qulay sharoit yaratish yo‘lida foydalanish juda muhim hisoblanadi.
Shu bilan birga, axborot-psixologik xavfsizlikni ta’minlash masalalarini o‘rganish, bu borada yetuk mutaxassislarni tayyorlash ilm-fan faoliyatida deyarli yangi yo‘nalish hisoblanadi. Ushbu ma’noda jahonda biz o‘rganishimiz, tahlil qilishimiz va davlatning milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda foydalanishimiz lozim bo‘lgan ma’lum darajada tajriba to‘plangan.
2. Kursning predmeti, maqsadi va vazifasi.
Shuning uchun XXI asrni axborot texnologiyalari asri, deb bejiz aytmayaptilar. Bu ma’noda Akinavada 2000 yil 22 iyulda jahonning rivojlangan 8 mamlakati tomonidan imzolangan global axborot jamiyati xartiyasini eslash maqsadga muvofiqdir. Mazkur xartiya yangi asr jahon hamjamiyati rivojlanishining muhim omili bo‘lib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hisoblanishidan yaqqol dalolat beradi. Ilmiy texnika taraqqiyoti insoniyat va jamiyat moddiy ehtiyojlarini qondirish uchun ulkan imkoniyatlar yaratdi. Yangi yuqori texnologiyalar jamiyat a’zolari turmushini istalgan mahsulot bilan ta’minlashga sanoat xizmat sohasini jadal rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish imkonini beradi. Axborot yaratish va tarqatish sohasida ham ilgari ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan sur’at va ko‘lamga erishildi.
Kishilar o‘rtasida xabar yetkazishni ta’minlashga qodir hisoblash texnikasi axborot aloqa tizimi, internet tizimi, shuningdek, boshqa axborot texnologiyalari inson va jamiyat hayoti va faoliyatida axborotning ahamiyatini keskin oshirib yubordi. Hozirgi kunda ijtimoiy-texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy rivojlanish o‘rtasida mutanosiblik mavjud bo‘lgan jamiyatgina har tomonlama uyg‘un takomil topishi mumkin. Shuning uchun har qanday jamiyat o‘zining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va boshqa axborotga bo‘lgan talab hamda ehtiyojini to‘liqroq qondirishga intiladi. Yuqorida aytib o‘tilgandek, bugunga kelib ilmiy-texnikaviy, ishlab chiqarish, ijtimoiy rivojlanishning miqyosi mazkur sohalarda to‘plangan va almashinayotgan axborotlar, ularning almashinish sur’ati va o‘zlashtirilish tezligi bilan belgilanadi.

Yüklə 127 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin