Jamoatchilik fikri sotsiologiyasi


–Ijtimoiy ish (ijtimoiy ta`minot tizimi bo’yicha)



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə28/36
tarix22.09.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#146729
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36
5520100–Ijtimoiy ish (ijtimoiy ta`minot tizimi bo’yicha) ta`lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrni tayyorlash jarayonida asosan quyidagi pedagogik texnologiyalar va o’qitish metodlaridan foydalanish maqsadga muvofiq:
o’qitishning interfaol metodi,
muammoli o’qitish texnologiyasi,
o’yinli texnologiyalar,
tanqidiy fikrlash rivojlanishining pedagogik strategiyalari,
shaxsiy yo’nalganlik asosidagi pedagogik texnologiyalar,
o’quv jarayonini samarali boshqarish va tashkil qilish asosidagi pedagogik texnologiyalar,
o’qitishni differentsiatsiyalash,
o’qitishni individuallashtirish texnologiyasi,
dasturiy o’qitish texnologiyasi,
o’qitishning kompleks metodlari (loyihaviy metod, tarmoqli rejalashtirish metodi, aqliy hujum, assotsiogrammalar metodi va h.k.)
7.6 O’quv jarayonining moddiy-texnika bazasi bo’yicha talablar
Bakalavr tayyorlashning asosiy ta`lim dasturini amalga oshiruvchi OTM o’quv dasturida nazarda tutilgan va amaldagi sanitar va yong’inga qarshi qoidalar va me`yorlarga mos keladigan moddiy-texnika bazasiga ega bo’lishi kerak; bu moddiy-texnik baza fanlar va fanlararo tayyorgarlikning hamma turlarini, o’qiyotganlarning laboratoriya, amaliy va ilmiy-tadqiqot ishi o’tkazilishini ta`minlashi kerak.
Bakalavr dasturini amalga oshirish uchun minimal zarur bo’lgan moddiy-texnikaviy ta`minot ro’yxati quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- ma`ruza (potok yoki guruhlar) auditoriyalari;
- seminar mashg’ulotlari uchun auditoriyalar;
- ilmiy-tadqiqot ishini o’tkazish uchun laboratoriyalar.
Mavjud moddiy baza quyidagilarni ta`minlashi kerak:
- illyustrativ materiallarni namoyish qilish uchun turli apparaturalar – ma`ruzalarni o’tkazish;
- laboratoriya ishlari dasturiga mos ravishda jihozlar – bazaviy fanlar bo’yicha laboratoriya-amaliy ishlarni bajarish;
- laboratoriyaning amalga oshirilayotgan ilmiy mavzusiga mos ravishda jihozlar – ixtisoslik (maxsus) fanlar bo’yicha laboratoriya ishlarini bajarish;
- hisoblarni bajarish va axborot tizimlaridan foydalanish uchun komp’yuterlar – seminar mashg’ulotlarini o’tkazish, lingafonli kabinetlar – xorijiy tillar bo’yicha mashg’ulotlar.



Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin