1.3 OT DTSning asosiy foydalanuvchilari:
- mazkur ta`lim yo’nalishi va tayyorgarlik darajasi bo’yicha fan, gumanitar va ijtimoiy soha yutuqlarini hisobga olgan holda asosiy ta`lim dasturlarini sifatli ishlab chiqish, samarali amalga oshirish va yangilash uchun mas`ul oliy ta`lim muassasalarining professor - o’qituvchi jamoalari;
- ta`lim yo’nalishining asosiy ta`lim dasturlarini o’zlashtirish bo’yicha o’quv-tarbiya faoliyatini samarali amalga oshiruvchi barcha xodimlari va talabalari;
- o’z vakolat doirasida bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga javob beradigan oliy ta`lim muassasalarining boshqaruv xodimlari (rektor, prorektorlar, o’quv bo’limi va dekanat);
- bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasini baholashni amalga oshiruvchi Davlat attestatsiya komissiyalari;
- oliy ta`lim muassasasini moliyalashtirishni ta`minlovchi organlar;
- oliy ta`lim tizimini akkreditatsiya va sifatini nazorat qiluvchi vakolatli Davlat organlari;
- ta`lim yo’nalishini ixtiyoriy tanlash huquqiga ega bo’lgan abiturientlar va boshqa manfaatdorlar.
Mazkur standartda O’zbekiston Respublikasining «Ta`lim to’g’risida»gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi hamda oliy ta`lim sohasidagi xalqaro hujjatlarga mos ravishda atamalar va ta`riflardan foydalanilgan:
kasbiy faoliyat turi – ta`lim yo’nalishiga o’zgartishlar kiritish maqsadida kasbiy faoliyat ob`ektiga ta`sir qilishning metodlari, usullari, uslublari va tavsifi;
kompetentsiya – ma`lum sohada muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun bilimlar, amaliy malakalar va shaxsiy sifatlarni qo’llash qobiliyati;
modul – tarbiyalash va o’qitishga yo’naltirilgan maqsadlar va natijalarga nisbatan muayyan mantiqiy tugallanganlikka ega bo’lgan o’quv fani (kursi) yoki o’quv fanlari (kurslari) qismlarining majmuasi;
ta`lim yo’nalishi – muayyan kasbiy faoliyat doirasidagi turli darajadagi ta`lim dasturlarining majmui;