Ta`lim dasturini o’zlashtirishning me`yoriy muddati
Bakalavriat ta`lim dasturi
Bakalavr
4 yil
45520100 – Ijtimoiy ish (ijtimoiy ta`minot tizimi bo’yicha) ta`lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining tavsifi
4.1 Bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohasi 5520100 – Ijtimoiy ish (ijtimoiy ta`minot tizimi bo’yicha)– ijtimoiy sohadagi ta`lim yo’nalishi bo’lib, u ijtimoiy ish va ijtimoiy ta`minot sohasida qo’llaniladigan barcha metodlar va vositalar majmuini qamrab oladi.
Bakalavrlarning kasbiy faoliyati quyidagilarni qamrab oladi: - Aholi turli qatlamlariga ijtimoiy ish xizmati bo’yicha nazariy, amaliy, huquqiy tomondan yondashish; - aholini ijtimoiy himoya qilish yo’nalishi bo’yicha tashkil etilgan maxsus muassasalarda ish faoliyatini olib borish; - mehribonlik uylari; - maxsus maktab-internatlari, urush va mehnat faxriylari pansionati va nogironlar uylari; - Pensiya jamg’armasi tuman (shahar) bo’limlari;
Tizimli yondoshuv mexanizmlarini tadbiq etish;
Dasturiy ta`minot, axborot-kommunikatsiya texnologiyasi;
O’rta maxsus, kasb-hunar ta`lim tizimidagi o’rni va roli.
4.2 Bakalavrlarning kasbiy faoliyati ob`ektlari 5520100-Ijtimoiy ish (ijtimoiy ta`minot tizimi bo’yicha)ta`lim yo’nalishi bakalavrlarning kasbiy faoliyati ob`ektlari – ta`lim jarayonida mos kasb-hunar kollejlaridagi o’quv-tarbiya jarayoni, aholi turli qatlamlariga ijtimoiy ish xizmati bo’yicha nazariy, amaliy, huquqiy tomondan yondashish; aholini ijtimoiy himoya qilish yo’nalishi bo’yicha tashkil etilgan maxsus muassasalarda ish faoliyatini olib borish (mehribonlik uylari, maxsus maktab-internatlari,urush va mehnat faxriylari pansionati va nogironlar uylari).