Jamoatchilik fikri sotsiologiyasi Jamoatchilik fikri sotsiologiyasi– ijtimoiy guruhlarning mavjud ijti-moiy voqelikka nisbatan baholovchi munosabatining shakllanishi va amal qilish qonuniyatlarini o‘rganadi.
“Jamoatchilik fikri” atamasi inglizcha “public opinion” so‘z birik-malaridan olingan bo‘lib, u XVII asrda dastlab Angliyada qo‘llanilgan, keyinchalik bu atama boshqa mamlakatlarga ham o‘tib, XVIII asr oxirida keng tarqalgan.
Jamoatchilik fikri– xalq istaydigan narsani bilishning noorganik uslubidir. Gegelning fikricha, jamoatchilik fikrida hamisha haquqiy va haqiqiy bo‘lmagan narsalar chatishib ketsa-da, u har bir davrda katta kuch-ga ega bo‘ladi.
Jamoatchilik fikri ijtimoiy ong shakllari, masalan, fan yoki mafkuradan noaniqligi bilan farq qiladi. Chunki fikrning o‘zida u yoki bu holatga nis-batan taxminiy, ehtimoliy og‘ish bo‘lgani uchun ham ko‘pincha insonlar ongida vujudga keladigan o‘tkinchi, o‘zgaruvchan fikr-mulohaza, his-tuyg‘ular mavjud bo‘ladi. Lekin bu jamoatchilik fikri bilan hisoblashmas-lik kerak, degan emas.
Jamoatchilik fikrini sotsiologik tadqiq etishning predmeti – bu jamoat-chilik fikrining ijtimoiy mohiyati, uning jamiyat hayotining turli tomon-lariga ta’siri, shakllanishi, ifodalanishi va amal qilishi mexanizmlari masa-lasidir.
Jamoatchilik fikri – kishilar ongi va xatti – harakatining o‘ziga xos ko‘rinishi bo‘lib, u ijtimoiy ongning barcha shakllari bilan bog‘liq bo‘lgan kundalik va nazariy ong birikmasi hisoblanadi. Jamoatchilik fikri doimo kishilar tomonidan u yoki bu hodisa jarayonini baholash bilan bog‘liq.
Jamoatchilik fikrining obyektini aniqlashda ikki muammo e’tiborga molik:
Jamoatchilik fikrini unda aks ettirilayotgan voqelikning o‘ziga xos-ligi nuqtayiy nazaridan tahlil qilish.
U yoki bu hodisa jamoatchilik fikrining obyektiga aylanishining mezonlarini aniqlash.
Jamoatchilik fikrining obyekti ham obyektiv voqelik, ham subyektiv reallik faktlari bo‘lishi mumkin. Bu bilan birga jamoatchilik fikri ma’lum darajada chegaralangandir, muayyan bir holatlargina jamoatchilik mulo-hazalarining obyekti bo‘la oladi.
Bular: a) voqea va hodisalarning haqqoniy mavjudligi; b) voqea va hodisalar o‘rtasidagi munosabatlar; v) voqea va hodisalarning kishilar on-gida aks etishi.
Ushbu holatlar jamoatchilik fikri sotsiologiyasida “aniqlik chegarasi” deyiladi. Bu «chegara» tashqarisida bo‘lgan narsalar to‘g‘risida jamoat-chilik fikri mulohazaga ega bo‘la olmaydi. Duch kelgan har bir narsa, hodisa, voqea, jarayon yoki fakt jamoatchilik fikri obyekti bo‘lavermaydi.
Jamoatchilik fikrini uyg‘otishning birinchi omili ijtimoiy manfaat bo‘lib, bevosita manfaat tug‘diradigan hodisa va narsalargina mulohazaga sabab bo‘ladi.
Jamoatchilik fikri 3 turda ifodalanishi mumkin:
1) jamoatchilik fikrining stixiyali ifodalanishi;
2) siyosiy institutlar tashabbusiga ko‘ra biror-bir qonunni muhokama qilish jarayonida jamoatchilik fikrining bildirilishi;
3) maxsus sotsiologik tadqiqotlar yordamida jamoatchilik fikrining aniqlanishi.
Jamoatchilik fikriga ta’sir qilish 2 yo‘l bilan amalga oshiriladi:
manipulyatsiya qilish;
ilmiy shakllantirish.
Jamoatchilik fikri o‘z tabiatiga ko‘ra dinamik xususiyatga ega ijtimoiy hodisadir. U jamiyatda uzoq yillab statik holatda yashab keluvchi passiv ijtimoiy fikrlardan, eng avvalo, maqsadning konkretligi, ijtimoiy fikr real-moddiy kuchga aylanib borishiga, qatnashchilarning potensial va real soni nisbati, masalani hal etish quvvati-hosilasiga ko‘ra farqlanib turadi. Ayni chog‘da u jamiyatda muayyan maqsadlarga erishish yo‘lida intiluvchi turli xil amorf yig‘inlardan ham farq qiladi.
Mustaqil davlatchilik sharoitida jamoatchilik fikrining ijtimoii ahami-yati yanada muhim e’tibor kasb eta boshladi. Uning amaliy ahamiyati fao-liyat sarhadlari kengayib, jamiyat hayotida ko‘rsatadigan ta’sir ko‘lamlari keskin ortdi.
Mazkur ijtimoiy hodisaning mustaqillik sharoitidagi yangi vazifa va yo‘nalishlari Prezidentimiz I.Karimovning qator asarlarida ilgari surilgan katta nazariy masalalar mazmunidan yanada oydinlashadi. Shu asosda jamoatchilik fikrining bugungi dolzarb yo‘nalishlari qatorida quyidagilarni ko‘rsatish joiz:
– o‘zbek xalqining bir yarim asr davomida mahrum etilgan o‘z haq-huquqlarini o‘zi belgilash orzusini amalgam oshirish bilan bog‘liq;
– ijtimoiy harakat yo‘nalishi;
– har tomonlama mustahkam demokratik, huquqiy davlat va erkin fu-qarolik jamiyatining barpo etilishi, barqaror bozor iqtisodiyoti oshkora tashqi siyosatni amalga oshirish bilan bog‘liq ijtimoiy – siyosiy harakat yo‘nalishi.
Mazkur bosh yo‘nalishlar mamlakat ichki va tashqi siyosati bobida quyidagi masalalarni o‘z ichiga oladi;
– o‘zbek xalqining milliy, hududiy, hissiy-emotsional va an’anaviy o‘ziga xosliklaridan kelib chiquvchi xalq demokratiyasi tamoyillarining ijtimoiy siyosiy hayot mazmunidan keng o‘rin olishi;
– ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida qonun ustuvorligini ta’min-lash, kishilar o‘rtasida qonun-qoidalar va an’analarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish, qonun oldida hammaning teng huquqliligini ta’minlash, aholi turli qatlamlari xavfsizligi va osoyishtaligini ta’minlash, qonun-qoi-dalar, an’analarga nisbatan mustahkam ichki intizom fazilatlarini qaror toptirish;
– Vatanga muhabbat va insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirish;
– O‘zbekiston hududida tug‘ilib o‘sgan va bu zaminga mehr qo‘ygan har bir fuqaroda milliy o‘ziga xosligidan qat’iy nazar, yuksak vatanpar-varlik tuyg‘ularini shakllantirish;
– mamlakatimizda o‘zbekistonliklar uchun yagona davlatchilik barpo etilganligini nazarda tutib, O‘zbekistondan tashqarida yashovchi har bir o‘zbek uchun bu davlat uning uchun ham ona Vatan ekanligini keng targ‘ib-tashviq qilish, Vatandan o‘zga davlatlarda yashovchi har bir o‘zbek O‘zbekiston obro‘sini yuksaltirishga mas’ul ekanligini tushuntirish;
– mamlakatimizda yashovchi boshqa millat vakillariga hurmatda bo‘-lish, o‘zbek tili to‘g‘risidagi qonunni va o‘zbek tilini o‘zlashtirishlariga ko‘maklashish, milliy va huquqiy cheklanishlardan yuqori bo‘lish;
– umuminsoniy qadriyatlar asosidagi axloqiy-estetik qarashlar ustuvorligini ta’minlash, hech qanday mafkura, siyosiy qarashlar va nuqtayi nazarlarning ustun ijtimoiy mavqe egallashiga yo‘l qo‘ymaslik;
– haqiqiy demokratiya ko‘zgusi hisoblanuvchi ko‘p partiyaviylik tarti-botini joriy etishni qo‘llab-quvvatlash, ayni chog‘da davlat tuzumini, mav-jud hokimiyatni zo‘rlik va kuch bilan o‘zgartirishni mo‘ljallovchi, O‘z-bekiston davlat suvereniteti, mamlakat yaxlitligi va daxlsizligiga rahna so-luvchi, milliy, diniy, irqiy yohud hududiy ayirmachilikka undovchi, mam-lakat konstitutsiyasiga xilof ish yurituvchi barcha partiyalar, uyushma va ijtimoiy harakatlar faoliyatlarini qat’iyan cheklashni yoqlash.
Ijtimoiy-madaniy sohalarda:
– gumanizm g‘oyalariga sadoqat, inson shaxsi va turmush tarzi bilan bog‘liq masalalarda ijtimoiy himoya vositalarini keng qo‘llash, shaxsning haq-huquqlari, insoniy g‘ururi, or-nomusini hurmatlash, inson haq-huquq-lari to‘g‘risidagi xalqaro Deklaratsiya talablariga rioya qilish;
– xalq ma’naviyati va an’anaviy axloqiy qarashlarini tiklash, milliy merosni asrash, ehtiyot qilib avlodlarga etkazish choralarini ko‘rish, qadi-miy tarixiy yodgorliklarni ta’mirlash, O‘zbekistonda asrlar davomida yara-tilgan beqiyos san’at asarlarini izlab topish va qaytarish chora-tadbirlarini ko‘rish;
– o‘zbek tilining O‘zbekiston xalqlarini o‘zaro hamjihatlikka undov-chi va uyushtiruvchilik rolini keng targ‘ib etish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun talablarini to‘la bajarish, O‘zbekiston xalqlari, madaniyatiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga da’vat etish;
– so‘z, din va fikr erkinligini ta’minlash, islom va boshqa dinlar inson-ning ma’naviy shakllanish manbalari ekanligi, diniy e’tiqod davlat tomo-nidan hurmat qilinishi, mo‘min-musulmonlarning muqaddas haj safar-lariga keng imkoniyatlar yaratilishi;
– har bir fuqaroga umumiy ta’lim, maxsus bilimlar va oliy ma’lumot olishi uchun teng shart-sharoitlarning yaratilishi, mafkura va milliy feti-shizmdan holi bo‘lgan yangi demokratik maorif konsepsiyasining ishlab chiqilishi;
– ilmiy, ijtimoiy, badiiy va boshqa ijodiyot turlarining takomili uchun yetarli shart-sharoitlarning yuzaga keltirilishi, iqtidorli yoshlarga keng yo‘l ochilishi, intellektual mulk himoyasi xususida qarorlar qabul qilinishi.
Mazkur masalalar yuzasidan davlat muassasalari, ishlab chiqarish va jamoat tashkilotlarida obro‘-e’tiborli shaxslar ko‘magida quyidagi yo‘na-lishlarda yalpi jamoatchilik fikrini shakllantirish maqsadga muvofiqdir:
– ezgulik yo‘lida xizmat qiluvchi shaxslar, mehnat ilg‘orlari, pir-u ba-davlat insonlar obro‘-e’tiborini oshirishga qaratilgan ijobiy jamoatchilik fikrini shakllantirish;
– ijtimoiy munosabatlarda totalitar tuzum sharoitida shakllangan ijti-moiy zararli odatlar, salbiy xususiyatlarni jamoatchilik fikri orqali tartibga solish;
– O‘zbekiston Respublikasining insonparvar ichki va tashqi siyosatini yalpi qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik fikrini shakllantirish.
Shunday qilib, jamoatchilik fikri ijtimoiy ongning muayyan holati sifa-tida keng xalq ommasining alohida shaxslar, guruhlar va real borliq voqea-hodisalarga nisbatan bildiruvchi nuqtayi nazaridir.