61
TAMADDU
N
URI
Masalan, o‘zbek va fransuz tillaridagi sentensiya,
ya’ni axloqiy-ta’limiy xarakterdagi matnlarning milliy-
madaniy xususiyatlariga bag‘ishlangan dissertatsiya
muallifi Z.I.Saliyevadir [4]. O‘zbek va fransuz
tillarida
ayol konseptining ifodalanishi aks etgan dissertatsi-
ya R.S.Ibragimovaga tegishli [5]. Sh.Usmanova to-
monidan tayyorlangan “Tarjimaning lingvomadaniy
aspektlari” nomli risolasida lingvokulturologiyaning
matn tarjimasidagi ifodasiga oid qarashlar aks etgan.
Shuningdek, risolada til, madaniyat, antropologiya
va lingvokulturologiya tushunchalari izohlangan.
Lingvokulturologiyaning tadqiqot obyekti, predmeti,
maqsadi,
vazifalari, rivojla nish bosqichlari kabi ma-
salalar tavsiflangan. Insonning til va madaniyatdagi
o‘rni, milliy mentallik tushunchasi izohlangan. Fraze-
ologik birliklar, o‘xshatishlar, metaforalar hamda
lakunalarning tarjimada ifodalanish usullariga muno-
sabat bildirilgan [6].
Dissertant D.Toshevaning “Zoonim komponentli
maqollarning lingvokulturologik xususiyatlari” nom-
li tadqiqotida lingvokulturologiya sohasining kelib
chi qishi va rivojlanishi bilan bog‘liq masalalar tah-
lilga tortiladi,
shuningdek, zoonim komponentli ma-
qollarning lisoniy-madaniy xususiyatlari tadqiq etil-
gan [7]. “Ingliz va o‘zbek tillaridagi leksik dubletlar-
ning funksional-semantik va lingvokulturologik tad-
qiqi” nomli dissertatsiya O.Ya.Yusupovga tegishlidir
[8]. F.F.Usmanov o‘zbek tilidagi o‘xshatishlarni
lingvomadaniy jihatdan tadqiq qilgan [9]. Sh.Sh.
Qalandarovning ishi o‘zbek lingvomadaniy muhitida
xalq maqollari evfemizatsiyasini o‘rganishga bag‘ish-
langan [10]. B.R.Qodirova belgi bildiruvchi leksema-
larning lingvokulturologik xususiyatlarini o‘rgangan
[11]. A.A.Sharipovaning ishi stilistik sinonimlar tar-
jimasining lingvokulturologik xususiyatlarini (ingliz
va o‘zbek tillari materiallari asosida) tadqiq etishga
qaratilganligi bilan ahamiyatli [12]. D.M.Djurayev to-
monidan himoya qilingan dissertatsiya “Xitoy tilida
talabalarning lingvokulturologik kompetensiyasini
shakllantirish” masalasiga yo‘naltirilgan. G.S.Nasrul-
layeva antropotsentrik metaforaning lisoniy, kognitiv
va lingvomadaniy aspektini o‘rganishni tadqiqotining
obyekti sifatida belgilagan.
Sh.M.Sultanovaning ishi muqaddas matnlarda
zamon kategoriyasining
lingvomadaniy xususiyat-
lari tadqiqiga bevosita aloqador. F.S.Azizova to-
monidan tayyorlangan ish oliy ta’lim muassasalari
talabalariga ingliz tili frazeologizmlarini o‘rgatishning
lingvo madaniy xususiyatlarini (ingliz va o‘zbek tillari
misolida) o‘rganish bilan bog‘liq. Sh.Z.Rahmtulla-
yevaning dissertatsiyasida harakat tarzi shakllari-
ning lingvokulturologik va sotsiopragmatik xususi-
yatlari tavsiflangan. D.A.Rustamovning lingvokultu-
rologik yo‘nalishda amalga oshirgan dissertatsiyasi
leksemalar milliy-madaniy xoslangan sememasining
lingvomadaniy aspektiga taalluqli. A.A.Mo‘minova-
ning ishida fransuz, o‘zbek va rus tillaridagi undoshni
ifodalovchi til birliklarining lingvomadaniy xususiyat-
lari yoritilgan. N.Z.Nasrullayeva o‘z
ishida ingliz va
o‘zbek tillaridagi olamning frazeologik manzarasida
gender konseptlarning shakllanishi masalasini yo-
ritib berishga muvaffaq bo‘lgan.
“Hajviy matnlar tarjimasining lingvostilistik va
lingvokulturologik xususiyatlari” (ingliz tiliga tarjima
qilingan o‘zbek xalq latifalari misolida) mavzusidagi
ish muallifi U.R.Yo‘ldoshevdir. D.K.Baxronova dis-
sertatsiyasida antropozoomorfizmlarning semantik
va lingvokulturologik xususiyatlari (o‘zbek va ispan
tillari materialida) ni yoritish yetakchi masala hi-
soblangan. “Fransuz va o‘zbek ertaklarida modal-
lik kategoriyasining lingvokognitiv, milliy-madaniy
xu susiyatlari” deb nomlangan
dissertatsiya muallifi
M.M.Jo‘rayeva sanaladi. S.A.Ikramova “Olamning
lisoniy manzarasida makon kategoriyasi va milliy
o‘ziga xoslik” mavzusidagi dissertatsiyasini himoya
qilgan. M.M.Raxmatovaning himoya qilgan disser-
tatsiyasi ingliz, o‘zbek va tojik milliy madaniyatida
“go‘zallik” konseptining lisoniy xususiyatlari bilan
bevosita bog‘liq.
G.S.Qurbonova fransuz va o‘zbek tillarida-
gi onomastik komponentli frazeologizmlarning
milliy-lisoniy xususiyatlarini yoritib berishni tadqiqo-
ti maqsadi sifatida belgilagan. D.A.Rustamova o‘z
ishida asosiy e’tiborni metaforik evfemizatsiyaning
lingvokulturologik va sotsiopragmatik aspektlarini
ko‘rsatib berishga qaratgan. N.A.Tuxtaxodjayeva-
ning ishida badiiy tarjimada lingvokulturemalarning
ifodalanishi (ingliz va o‘zbek tillari misolida)
masala-
si tahlilga tortiladi. O.M.Fayzulloyevning lingvokultu-
rologik aspektdagi himoya qilgan ishi “O‘zbek folk-
loridagi lingvokulturemalarning inglizcha tarjimada
berilishi (bolalar folklori va ertaklar misolida) deb
nomlanad. Sh.T.Maxmaraimovaning ishida olam-
ning milliy lisoniy tasvirida teomorfik metaforaning
kognitiv aspekti xususida so‘z boradi. G.I.Ergashe-
va ingliz va o‘zbek tillari frazeologizm va paremi-
yalarida gender aspektning qiyosiy-tipologik talqi-
niga bag‘ishlangan dissertatsiyasi ni muvaffaqiyatli
himoya qilgan. D.I.Djafarovaning dissertatsiyasida
fransuz va o‘zbek tillaridagi leksik motivlashuvning
milliy-madaniy xususiyatlari ochib berilgan. B.M.
Jo‘rayevaning dissertatsiyasida o‘zbek xalq maqol-
lari shakllanishining lingvistik asoslari va pragmatik
xususiyatlari masalasi qamrab olingan. T.K.Mardi-
yev o‘z ishida ingliz va o‘zbek tillarida inson tuyg‘ulari
ifodalanishining konseptual
xususiyatlarini yoritgan
[34]. Sh.K.Shamsiyevaning ishida Xitoy va o‘zbek til-
laridagi maishiy evfemizmlar lingvomadaniy jihatdan
62
Ilmiy, ijtimoiy-falsafiy, madaniy-ma’rifiy, adabiy-badiiy jurnal
2022-yil, 5-6-son (39)
tavsiflangan. O‘zbek tili metaforalarining antropot-
sentrik jihatlarini o‘rganish Sh.T.Maxmaraimova dis-
sertatsiyasida yetakchilik qiladi. G.T.Amonova esa
ingliz, rus va o‘zbek tillari misolidagi ijtimoiy-siyosiy
leksikaning lingvokulturologik tomonlarini ko‘rsatish-
ga asosiy e’tiborini qaratadi. F.Sh.Qodirova ingliz
va o‘zbek tillaridagi tasviriy san’at va dizaynga oid
terminlarning lingvokulturologik tadqiqini amalga
oshir gan. N.B.Kuldashova fransuz va o‘zbek tillarida
sport terminologiyasining milliy-madaniy jihatlarini
tahlil qilgan . M.A.Radjapovaning “Onomastik kom-
ponentli frazeologik birliklarning lingvomadaniy jihati
va tarjima muammolari (ingliz, o‘zbek va rus tillari
materialida)” dissertatsiyasi ham bevosita lingvokul-
turologik aspekt talablari asosida shakllantirilganligi
bilan diqqatga sazovor. Lingvokulturologiya doirasi-
da amalga oshirilgan dissertatsiyalar tartibini yana
davom ettiraverish mumkin edi. Ammo biz o‘zbek
tilshunosligida imkon darajasida o‘zimiz kuzatgan,
mazmun-mohiyati bilan tanishgan tadqiqotlarni
havola qilish bilan cheklanishni lozim deb bildik.
Xullas, muayyan
xalq madaniyatining har qan-
day jihati uning tilida ifodalanadi. Til milliy qadri-
yatlarni kelajak avlodlarga meros bo‘lib qolishida vo-
sitachilik qiladi. Shunday ekan, til madaniy belgilarni
o‘zida saqlovchi va milliy mentalitetni namoyon qi-
luvchi birlik sifatida butun olam manzarasini milliy
qadriyatlar ketma-ketligi asosida gavdalantirishda
muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: