Maxsus ishlab chiqilgan harakat formalari gimnastikaning tipik vositalari (mashqlari) hisoblanadi. Ular yordamida odamning hayotiy muhim harakatlantiruvchi qobiliyatlari takomillashtiriladi. Ko‘p mashqlar odamlarning mehnat, harbiy va turmush faoliyatidan (yurish, yugurish, tirmashib chiqish, sakrash, emaklash, muvozanat saqlash, uloqtirish, to‘siqlardan oshib o‘tish, yuk tashish) va hokazolardan olingan.
Gimnastika mashqlari pedagogik vazifalarga hamda harakatlantiruvchi faoliyat strukturasiga muvofiq tarzda quyidagi asosiy guruhlarga bo‘linadi:
Saf mashqlari – safda birgalikda bajariladigan, shug‘ullanuvchilarda faoliyat strukturasiga muvofiq bo‘lib harakat qilish malakalarini, qad-qomatni rostlovchi, ritm va sur’at hissasini tarbiyalashga yordamlashadigan harakatdir.
Umumrivojlantiruvchi ayrim bo‘g‘in, qismlarda bajariladigan, ya’ni har yoqlama jismoniy tayyorgarlik uchun, organizmning funktsional imkoniyatlarini kengaytirish va qad-qomatni tarbiyalash uchun qo‘llaniladigan mashqlardir.
Erkin mashqlar – tanani ayrim a’zolari bilan qilinadigan turli harakatlarni, shuningdek, akrobatik va xoreografik mashqlarni birga qo‘shib bajarishdir.
Amaliy mashqlar – yurish, yugurish, uloqtirish, tirmashib chiqish, oshib o‘tish, emaklab o‘tish, muvozanat saqlash, to‘siqlarda oshib o‘tish va hokazolar.
Sakrash (tayanmay va tayanib) sakrovchilarni rivojlantirish, shuningdek, oyoq va qo‘llarning kuchini, harakat tezligi aniqligini, chaqqonlik va dadillikni rivojlantirish uchun qo‘llaniladi.
Snaryadlarda bajariladigan mashqlar – sport gimnastikasining eng xarakterli vositalaridir. Ulardan ko‘zda tutilgan va statik holatlarni ham o‘z ichiga olgan muvozanat saqlash mashqlarini birlashtiradi.
Badiiy gimnastika mashqlari – gimnastika asboblari (arg‘amchi, gardir, to‘p, cho‘kmarlar va h.k.) bilan va gimnastika asboblarisiz ijro etiladigan mashqlar.2
Gimnastikaning asosiy vositalari kishining maksimal kamol topishi uchun ko‘proq qanday ta’sir ko‘rsatishni hisoblagan holda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
a) jismoniy xislatlar va harakatlantiruvchi qobiliyatlarni umuman rivojlantirishga qaratilgan mashqlar (saf mashqlari, URM mashqlari, o‘yin va estafetalar).
b) hayotiy zarur ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan mashqlar (amaliy mashqlar, tayanmay sakrashlar).
v) harakatlantiruvchi qobiliyat va irodaviy xislatlarni intensiv rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan mashqlar (erkin), tayanib sakrashlar, snaryadlarda bajariladigan mashqlar, akrobatika mashqlari va badiiy gimnastika mashqlari.
Gimnastika asosiy vositalarining hammasini mana shu taxlitda ajratish gimnastikaning biror turi uchun, turli pedagogik vazifalarni hal qilish uchun muayyan mashqlar tanlashni osonlashtiradi.