Laboratoriya ishlarini tashkil etish bo`yicha ko`rsatmalar Fan bo`yicha laboratoriya ishlari namunaviy o`quv rejada ko`zda tutilmagan.
3. MUSTAKIL TAYYoRGARLIK REJASI Talaba mustaqil ishini tayyorlashda fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
darslik va o`quv qo`llanmalar bo`yicha fan boblari va mavzularini o`rganish;
tarqatma materiallar bo`yicha ma’ruzalar qismini o`zlashtirish;
avtomatlashtirilgan o`rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash;
maxsus adabiyotlar bo`yicha fanlar bo`limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
Yangi texnikalarni, apparaturalarni, jarayonlar va texnologiyalarni o`rganish;
talabaning o`quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog`liq bo`lgan fanlar bo`limlari va mavzularni chuqur o`rganish;
faol va muammoli o`qitish uslubidan foydalaniladigan o`quv mashg`ulotlari;
masofaviy (distantsion) ta’lim.
Mustaqil ish o`qilayotgan fanni ajralmas qismi bo`lib metodik qo`llanmalar va informatsion resurslar bilan to`liq ta’minlanadi.
Fan bo`yicha mustaqil ish auditoriya va auditoriyadan tashqari o`tkaziladi.
Talaba mustaqil ishini tashkil etishda quyidagi shakllardan foydalaniladi:
Auditoriya mashg`ulotlaridan tashqari trenajyor, mulyaj va simulyatsion zallarida/markazlarida tasdiqlangan amaliy ko`nikmalarni pedagog nazoratida son va sifat jixatdan bajarish va amaliy ko`nikmalarni o`zlashtirish daftarlarida aks ettirish;
Tibbiyot OTM klinikalari va klinik o`quv bazalarida auditoriyadan tashqari tashkillashtirilgan klinik navbatchilikda tasdiqlangan amaliy ko`nikmalarni navbatchi shifokor-pedagog nazoratida son va sifat jixatdan bajarish va navbatchilik daftarlarida aks ettirish;
Bemorlar kuratsiyasida davolovchi yoki navbatchi shifokor bilan nazorat qilishda ishtirok etish;
Axoli orasida sanitar oqartuv ishlarni suxbat va ma’ruzalarni o`tkazish;
Ayrim nazariy mavzularni o`quv adabiyotlari yordamida mustaqil o`zlashtirish;
Berilgan mavzu bo`yicha axborot (referat) tayyorlash;
Fanning bo`limlari yoki mavzulari ustida maxsus yoki ilmiy adabiyotlar (monografiyalar, maqolalar) bo`yicha ishlash va ma’ruzalar qilish;
Vaziyatli va klinik muammollarga yo`naltirilgan vaziyatli masalalar yechish;
Keys (real klinik vaziyatlar va klinik vaziyatli masalalar asosida sase-study) yechish.
Grafik organayzerlarni ishlab chiqish va to`ldirish;