34
kattalarning ayniqsa, onalarning maqtovi va tanqidlari ta`sirida o`tadi va mustahkamlanadi, Bola doimo
baho, ayniqsa maqtov olishga harakat qiladi. Bu baho va maqtovaar bolaning muvaffaqiyatga erishishga
bo`lgan harakatlarining rivojlanishida, shuningdek, uning shaxsiy hayoti
hamda uning kasb tanlashida
ahamiyati juda kattadir.
Bog`cha yoshidagi davrda bolalarda muloqotning yangi motivlari yuzaga keladi. U shaxsiy va
ishbilarmonlik motivlaridir. Shaxsiy muloqot motivlari bu bolaning tashvishga solayotgan ichki
muammolari bilan bog`liq, ishbilarmonlik motivlari esa u yoki bu ishni bajarish bilan bog`liq bo`lgan
motivlardir. Bu motivlarga
asta-syokinlik bilan bilim, ko`nikma va malakalarni egallash bilan bog`liq
bo`lgan o`qish motivlari qo`yiladi. Bu motivlar ilk bolalik davridan boshlanib, yuzaga keladigan
bolalarning tabiiy qiziquvchanligi o`rnida paydo bo`ladi. o`zini namoyon qilish motivlari ham bu yoshda
yaqqol namoyon bo`ladi.
Bu motiv, asosan, bolalarning syujetli-rol`li o`yinlarda asosiy rol`ni
egallashga, boshqalar ustidan rahbarlik qilishga, musobaqaga kirishishga qo`rqmasligida, nima
bo`lganida ham yutishga harakat qilishlarida ko`rinadi. Maktabgacha yosh davri bolalari uchun kattalar
beradigan baholari juda muxim. Bolalar birinchi navbatda ma`naviy axloq me`yor va qoidalarini, o`z
majburiyatlariga
munosabat, kun tartibiga rioya etish, hayvon va narsalar bilan muomala qilish
me`yorini egallaydilar. Bunday me`yorlarni egallash bu yoshdagi bolalar uchun qiyin hisoblanib, ularni
yaxshi o`zlashtirishi uchun syujetli-rol`li o`yinlar yordam berishi mumkin. Bog`cha yoshining oxirlariga
kelib, ko`pchilik bolalarda aniq bir axloqiy
qarashlar tarkib topadi, shuningdek, odamlarga munosabat
bilan bog`liq bulgaya shaxsiy sifatlar ham shakllanadi. Kishilarga nisbatan diqqat-e`tibor,
mehribon
bo`lishi xususiyatidir. Katta yoshdagi bolalar ko`p hollarda o`z xatti-harakatlari sabablarini tushuntirib
bera oladilar.
3-3,5 yoshlar oraligida o`zlarining muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklariga o`z munosabatlarini
bildiradilar va bu munosabat, asosan, ularning o`zlariga beradigan baholari asosida shakllanadi. 4 yoshli
bolalar esa o`z imkoniyatlariii real baholay oladilar. Lekin, 4-5
yoshli bolalar hali shaxsiy
xususiyatlarini idrok etishga va baholashga qodir emaslar, shuningdek o`zlari haqida ma`lum bnr
xulosani bera olmaydilar o`z-o`zini anglash layoqati katta bog`cha yoshidan rivojlanib, avval u qanday
bo`lganini va kelajakda qanday bo`lishini fikrlab ko`rishga harakat qiladi.
Bu esa bolalar beradigan
Dostları ilə paylaş: