Jas ayirmashiliq ped psix uzb


“Men kichkina paytimda qanday bo`lgan edim?”, “Man katta bo`lsam qanday bo`laman?”



Yüklə 446,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/29
tarix20.10.2023
ölçüsü446,96 Kb.
#157793
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29
portal.guldu.uz-YoSh DAVRLARI PSIXOLOGIYaSI FANINING VAZIFALARI VA TADQIQOT USULLARI

“Men kichkina paytimda qanday bo`lgan edim?”, “Man katta bo`lsam qanday bo`laman?” singari 
savollarida ko`rinadi. Kelajak haqida fikr yuritib, bolalar kelgusida kuchli, jasur, aqlli va boshqa 
qimmatli insoniy fazilatlarga ega bo`lishiga harakat qiladilar. 
Kichik va o`qish bog`cha yoshida bola xarakterining shakllanishi davom etadi. U asosan, bolalarning 
kattalar xarakterini ko`zatishlari asosida tarkib topadi. Shu yillardan boshlab, bolada ahamiyatli 
hisoblangan - iroda, mustaqillik va tashabbuskorlik kabi ahamiyatli shaxsiy xususiyatlar rivojlana 
boshlaydi. Katta bog`cha yoshida bola atrofidagi odamlar bilan turli faoliyatlarda muloqot va 
munosabatlarga kirishishga urgana boshlaydi. Bu esa unga kelajakda odamlar bilan muloqotga kirisha 
olishida, ish bo`yicha va shaxsiy munosabatlarini samarali o`rnata olishida foyda keltiradi. Bu yoshdagi 
bolalar shaxsining shakllanishida ularning ota-onalari haqidagi fikrlari va ularga beradigan baholari 
nihoyatda ahamiyatlidir. 
Bog`cha yoshidagi bolalarning xayoli asosan, ularning turli-tuman o`yin faoliyatlarida usadi, Biroq, 
shu narsa diqqatga sazovorki, agar bog`cha yoshidagi bolalarda xayol qilish qobiliyati bulmaganda edi, 
ularning xayoli ham xilma-xil bulmas edi. Bog`cha yonidagi bolalarning xayollari turli xil 
mashg`ulotlarda ham usadi. Masalan, bog`cha yoshidagi bolalar loydan turli narsalar yasashni, qumdan 
turli narsalar qurib o`ynashni va rasm solishni yaxshi ko`radilar. Ana shunday mashg`ulotlar bolalar 
xayolining o`sishiga faol ta`sir qiladi. 


35 
Bog`cha yoshidagi bolalar xayolining o`sishiga faol ta`sir qiluvchi omillardan yana biri - ertaklardir. 
Bolalar hayvonlar xaqidagi turli ertaklarni eshitganlarida shu ertaklardagi obrazlarga nisbatan ma`lum 
munosabatlari yuzaga keladi, 
Bog`cha yoshidagi bolalar hissiyoti va uning usishi. Bog`cha yonidagi bolalarda yoqimli va yoqimsiz 
his-tuyg`ular g`oyat kuchli va juda tez namoyon bo`ladi. Bu yoshdagi bolalarning his-tuyg`ulari kun 
jihatdan ularning organikextiyojlarining qondirilishi va qondirilmasligi bilan bog`liqdir. Bu 
ehtiyojlarning qondirilmasligi sababli bolada noxushlik (yoqimsiz), norozilik, iztiroblanish tuyg`ularini 
qo`zg`aydi. 
Katta bog`cha yoshidagi bolalarda burch hissi - “nima yaxshi-yu”, “nima yomon”ligini anglashlari 
bilan ularning axloqiy tasavvurlari orasida bog`liqlik bor. Katta odamlar tomonidan buyurilgan biron 
topshiriqni bajarganlarida mamnunlik, shodlik tuyg`ulari paydo bulsa, biron tartib qoidani bo`zib 
quyganlarida xafalik, ta`bi xiralik hissi tug`iladi. 
Shuningdek, bog`cha yoshidagi bolalarda ma`naviy hissiyotlardan o`rtoqlik, do`stlik va jamoatchilik 
hislari ham yuzaga kela boshlaydi. 
Bolaning bog`cha yoshidagi davrida estetik hissiyotlari ham anchasi tyoz usadi. Bog`cha yoshidagi 
bolalarda estetik hislarning namoyon bo`lishini, ayniqsa, ularning chiroyli, yangi kiyim-bosh 
kiyganlarida juda yaqqol ko`rish mumkin, 
Bolaning maktabda muvaffaqiyatli o`qishi ko`p jihatdan ularning maktabga tayyorgarlik darajalariga 
bog`liq. Bola avvalo maktabga jismoniy jihatdan tayyor bo`lishi kerak. 6 yoshli bolalarning anatomik-
fiziologik rivojlanishi o`ziga xos tarzda kechadi. Bu yoshda bola organizmi jadal rivojlanadi. Uning 
og`irligi oyiga 150 dan 200 gacha, bo`yi esa 0,5 sm gacha ko`payadi. 6 yoshli bolalar turli tezliklarda, 
tez va engil yugura oladilar. Ular sakrash, kon`kida yugurish, changida uchish, so`zish singari 
harakatlarni ham bemalol bajara oladilar. Musiqa bo`yicha mashg`ulotlarda bu yoshdagi bolalar xilma-
xil ritmik va plastik harakatlarni bajaradilar, turli mashqlarni aniq, tez, engil va chaqqon bajara oladilar. 
Shuningdek, 6-7 yoshli bolalar nerv sistemasini mustahkamlash, ularni surunkali kasalliklardan xalos 
etish, ko`rish va eshitish qobiliyatiga alohida e`tibor berish, shuningdek, umurtqa pogonasining to`g`ri 
rivojlanishiga ahamiyat berish, nihoyatda muhim. Kattalar shu yoshdagi bolalar bilan ish olib borar 
ekanlar, bu yoshdagi bolalar organizmi hali usishi davom etayotganligini doimo hisobga olishlari lozim. 
Masalan, bolani majburan yozishga o`rgatish hali barmoq muskullari to`lik, rivojlanmaganlik sababli 
ularga ma`lum darajada zarar keltyarishi yoki uni chiroyli yoza olmasligi, o`z-o`zidan bolani o`ziga 
nisbatan ishonchini yoki o`qishga nisbatan qiziqishini kamayishiga olib kelishi mumkin. Keyingisi 
bolaning aqliy tayyorgarligidnr. Ko`pincha aqliy tayyorgarlik deyilganda bolaning ma`lum bir 
dunyoqarashi, jonli tabiat, insonlar va ularning mehnatlari haqidagi bilimlari tushuniladi. Ushbu bilimlar 
maktabda beradigan ta`limga asos bo`lishi mumkin, Lekin so`z boyligi, ma`lum xatti-harakatlarni bajara 
olish layoqati bolaning maktabga aqliy tayyorgarligining asosiy ko`rsatkichi bo`la olmaydi. Maktab 
dasturi bolalardan taqqoslay olish, taxlil ega olish, umumlashgira olish, ma`lum bir xulosa chiqara olish, 
shuningdek etarli darajada rivojlangan bilish jarayonlarini talab etadi. Masalan, 6-7 yoshli bola tabiat 
haqida ayrim hodisalaryaigina emas, balki organizmning tabiat bilan bog`liqligini va o`zaro ta`sirini 
ham tushunishi va o`zlashtirishi mumkin. 6-7 yoshli bolalar aqliy rivojlanishning natijasi bo`lib, yuqori 
darajada rivojlangan ko`rgazmali obrazli tafakkur bilan bola atrof olamdagi predmetlarning asosiy 
xususiyatlarini va predmetlar orasidagi bog`liqlikni ajrata olishidir. Shuni alohida ta`kidlab o`tish 
lozimki, ko`rgazmali-harakatli va ko`rgazmali-obrazli tafakkur nafaqat 6-7 yoshli bolalar, balki kichik 
maktab yoshidagi o`quvchilarning aqliy rivojlanishida ham asosiy funktsiyani bajaradi, Bu borada 
bolada ma`lum bir ko`nikmalarning tarkib topganligi ham nihoyatda muhimdir. 


36 
Bolaning maktabda muvaffaqiyatli o`qishi nafaqat uning aqliy va jismoniy tayyorgarligi, balki shaxsiy 
va ijtimoiy-psixologik tayyogarligiga ham bog`liq. Maktabga o`kish uchun kelayotgan bola yangi 
ijtimoiy mavqeini - turli majburiyatlari va huquqlari bo`lgan va unga turli talablar quyiladigan - 
o`quvchi mavqeini olish uchun tayyor bo`lmog`i lozim. Katta bog`cha yoshdagi bolalar asosan, 
maktabda o`qish uchun ehtiyoj syozadilar, Lekin bu xohish va extiyoj motivi turlicha bo`lishi mumkin. 
"Menga chiroyli forma, daftar, qalam va ruchkalar sotib olib berishadi. "Maktabda o`rtoqlarim ko`p 
bo`ladi va men ular bilan mazza qilib uynayman?', "Maktabda uxlatishmaydi" "Maktabning tashqi 
ramzlari, shubhasiz maktabdagi bolalarni juda qiziktiradi, lekin bu maktabda muvaffaqiyatli o`qish 
uchum asosiy sabab bo`la olmaydi", "Men otamga o`xshagan bo`lishim uchun o`qishim kerak", 
"Yozishni juda yaxshi ko`raman", "O`qishni o`rganama” "Maktabda qiyin misollarni echishni 
o`rganaman". Ushbu xohish va harakat bolaning maktabda muvaffaqiyatli o`qishi uchun tabiiy ravishda 
asos bo`la oladi. Bolaning endi o`zini katta bo`lganini, bog`cha bolasi emas, balki ma`lum bir 
majburiyatlari bor o`quvchi bulishnni anglashi, jiddiy faoliyat bilan shugullanayotganligini bilishi 
nihoyatda muhim. Bolaning maktabga borishini istamasligi ham salbiy holat hisoblanadi. Maktabda 
shaxsiy va ijtimoiy-psixologik tayergarlik balalarda tengdoshlari, o`qituvchilari bilan munosabatga 
kirisha olish xususiyatini shakllantirishni ham o`z ichiga oladi, Har bir bola bolalar jamoasiga qo`shila 
olishi. ular bilan hamkorlikda harakat qila olishi, ba`zi vaziyatlarda ularga yon bosib, boshqa 
vaziyatlarda yon bosmaslikka erjsha olishi zarur. Ushbu xususiyatlar bolaning maktabdagi yangi 
sharoitlarga tez moslasha olishini ta`minlab beradi. 6-7 yoshli bolalar o`qishdagi asosiy qiyinchalik
ko`pincha bu yoshdagi bolalar o`qituvchini o`zoq vaqt davomida tinglab olmaydilar. O`quv
harakatlariga o`zoq vaqt o`z diqqatlarini tuplab olmaydilar. Bunga sabab, faqat, shu yoshdagi bolalarda 
ixtiyoriy diqqatning rivojlanmaganligida emas, balki bolaning kattalar bilan muloqotga kirisha olishi 
xususiyatiga ham bog`liq. Chunki, shu xususiyati rivojlangan bolalar erkin muloqotga kirisha oladilar, 
qiziqtirgan narsalar haqida suray oladilar. Natijada ularning o`qishga bo`lgan qiziqishlari ortadi va 
o`qituvchi gapirayotgan narsalarni diqqat bilan o`zoq vaqt eshita oladilar. Demak, bolaning maktabga 
tez moslashishi va muvaffaqiyatli o`qishida shaxsiy va ijtimoiy-psixologik tayyorgarligining ham 
ahamiyati juda katta. 
Bu davrda bolalarda avvalo bilish sohalari, so`ngra esa emotsional motivatsion yo`nalish bo`yicha 
yangi shaxsiy hayot boshlanadi. U yoki bu yo`nalishdagi rivojlanish obrazlilikdan ramzlikkacha bo`lgan 
bosqichlarni o`taydi. Obrazlilik deyilganda bolalarning turli obrazlarni yaratishi, ularni o`zgartirish va 
erkin harakatta keltirishi, ramzlilik deyilganda esa belgilar tizimi (matematik, lingvistik, mantikiy va 
boshqalar) bilan ishlash malakasi tushuniladi. Maktabgacha yosh davrda ijodkorlik jarayoni boshlanadi. 
Ijodkorlik layoqati, asosan, bolalarning konstruktorlik o`yinlarida, texnik va badiiy ijodlarida namoyon 
bo`ladi. Bu davrda maxsus laeqatlar ko`qishklarining birlamchi rivojlanishi ko`zga tashlana boshlaydi. 
Bilish jarayonlarida- ichki va tashqi harakatlarning sintezi yuzaga keladi. Biron bir narsani idrok qilish 
jarayonida bu sintez pertseptiv harakatlarda, diqqatda ichki va tashqi harakatlar va holatlar rejasini 
boshqarish va nazorat etishda, xotirada esa materialni esda saqlab qolish va esga tushirishning ichki va 
tashqi to`zilmasini bog`lay olishda ko`rinadi. Tafakkurda esa amaliy masalalar ishining usullarini bitta 
umumiy jarayoniga birlashtirish sifatida yaqqol namoyon bo`ladi. Shuning asosida nnsoniy intellekt 
shakllanadi va rivojlanadi. Maktabgacha davrda tasavvur, tafakkur va nutq umumlashadi. Bu esa bu 
yoshdagi bolalarda tafakkur qilish omili sifatida ichki nutq yuzaga kelayogganligidan dalolat beradi. 
Bilish jarayonlarining sintezn bolaning o`z oia tiliii go`liq egallashi asosida yotadi. Bu davrda nutqning 
shakllanish jarayoni yakunida boshlaydi. Nutq asosidagi tarbiya jarayonida bolada sodda axloq 
me`yorlari va qoidalar egaldaniladi. Bu me`yor va qoidalar bola axloqim boshqaradi. 


37 
Bolaning uning atrofidagi kishilar bilan xilma-xil munosabatlari yuzaga kelib, bu munosabatlar 
asosida turli xil motivlar yotadi. Bularning hammasi bolaning individualligini tashkil etib, uning boshqa 
bolalardan nafaqat intellekti, balki axloqiy motivatsion jihatdan farqlanadigan shaxsga aylantiradi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsi rivojlanishining asosiy o`zgarishlari, ularning o`z shaxsiy 
sifatlari, layohatlari, muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklarini anglash, o`zini-o`zi anglashi kabi 
xislarning yuzaga kelishi hisoblanadi, 

Yüklə 446,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin