OBYEKTLAR
Obyektlarga ixtisoslashgan dasturlashga kirish
Obyektlarga ixtisoslashgan dasturlash xozirgi kunda asosiy dasturlash paradigmasi
xisoblanib, 1970 yillarda yaratilgan protsedurali dasturlash texnikasini o’rniga keldi.
Obyektlarga ixtisoslashgan dizayn dasturni bir necha to’laqon, bir biri bilan
ishlovchi dastur
komponentlari, ya’ni obyektlarga bo’lish imkoniyatini birdiradi. Obyektlarga ixtisoslashgan
dasturlashni maqsadi mavjud
muammoni bir necha kichik, oson xal qilib bo’linadigan
muammolarga bo’lish xisoblanadi. Java dasturlash tili to’laqon obyektlarga ixtisoslashgan
dasturlash tilidir.
Obyektlarni dizayn qilish uslubi bu dasturni obyektlarga bo’lish uchun mo’ljallangan
qoidalar majmui. Ko’pincha bu real dunyo element va xodisalarini dastur komponentlariga
bog’lash xisoblanadi. Dasturni qayta ishlatish imkoniyatiga ega bo’lgan obyektlarga bo’lishni
turli xil uslublari mavjud.
Obyektlarga ixtisoslashgan dasturlashning unumdorligini asosiy sababi bu
xar bir obyektni
o’ziga tegishli vazifani bajarish majburiyati mavjudligi. Agar biror obyekt o’zini majburiyati
bo’lmagan vazifaga bog’liq bo’lsa u xolda ushbu vazini bajaruvchi boyektga murojaat qilishi
kerak. Birinchi obyekt ikkinchi oyektdan vazifani bajarishni so’raydi (Java dasturlash tilida
ushbu so’rov metod chaqiruvi orqali amalga oshiriladi).
Dostları ilə paylaş: