Java 2se dasturlash tili


Bajarilish ketma-ketligini boshqarish



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/42
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#203218
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   42
Java 2se dasturlash tili

 
Bajarilish ketma-ketligini boshqarish 
Java, boshqa dasturlash tillari singari, bajarilishni boshqarish uchun shartli ifodalar va 
tsikllarni qo’llaydi. 
if/else
shartli ifodasi 
if
shartli ifoda quyidagi umumiy ko’rinishga ega: 
if (shart) ifoda 
Shartli ifodaning sharti qavs ichida bo’lishi kerak. Agar shart to’g’ri bo’lganda bir necha 
ifodalar bajarilishi kerak bo’lsa ular figurali qavslar ichiga olinishi kerak. 
if (shart) 

ifoda 1; 
ifoda 2; 

Masalan: 
if (x>25) 

tanNarx = 130; 
sifat = “yaxshi”; 

dastur kodida agar 
x
qiymati 25dan katta bo’lsa u xolda shartli ifodaning figurali qavslari 
ichida joylashgan barcha ifodalar bajariladi, ya’ni, 
tanNarx
o’zgaruvchisining qiymati 130ga 
sifat
o’zgaruvchisining qiymati “yaxshi” qiymatiga o’zgartiriladi. 
Quyida 
if
shartli ifodaning blok sxemasi keltirilgan. 


if
 shartli ifodaning blok sxemasi 
if
shartli ifodaning umumiyroq ko’rinishi quyidagicha bo’ladi: 
if (shart) ifoda1 else ifoda2 
Ushbu ko’rinishda shartli ifodaning sharti to’g’ri bo’lsa ifoda1 bajariladi, agar shrt noto’g’ri 
bo’lsa 
ifoda2
bajariladi. Agar shartning xar bir xolatida bir necha ifodalar bajarilishi kerak bo’lsa 
ifodalar figurali qavslar ichida bo’lishi kerak. 
if (shart){ 
ifoda1; 
ifoda2; 
} else { 
ifoda3; 
ifoda4; 
}
Masalan: 
if (x>25){ 
tanNarx = 130; 
sifat = “yaxshi”; 
} else { 
tanNarx = 50; 
sifat = “qoniqarsiz”; 

shart 
ifoda 1 
ifoda 2 
XA 
YO’Q 


Dastur kodida agar 
x
qiymati 25dan katta bo’lsa 
tanNarx
o’zgaruvchisining qiymati 130ga 
va 
sifat
o’zgaruvchisining qiymati “yaxshi”ga o’zgaradi. Agar shartli ifodaning sharti 
bajarilmasa, ya’ni 
x
qiymati 25dan kichik bo’lsa, 
tanNarx
o’zgaruvchisining qiymati 50ga va 
sifat
o’zgaruvchisining qiymati “qoniqarsiz”ga o’zgaradi. 
if/else
shartli ifodaning blok sxemasi quyidagi ko’rinishda bo’ladi. 
if/else
 shartli ifodaning blok sxemasi 
Agar dasturda bir necha shartlarni ketma ket tekshirish kerak bo’lsa 
if/else if 
shartli 
ifodadan foydalanish mumkin: 
if (shart1) 

ifoda1; 
} else if (shart2) { 
ifoda2; 
} else if (shart3) { 
ifoda3; 

Masalan, 
if (x>100) 

tanNarx = 250; 
sifat = “alo”; 
shart 
ifoda 3 
ifoda 1 
ifoda 4 
ifoda 2 


} else if (x>25) { 
tanNarx = 130; 
sifat = “yaxshi”; 
} else if (x<25) { 
tanNarx = 50; 
sifat = “qoniqarsiz”; 

dastur kodida x qiymati 100dan katta bo’lsa tanNarx o’zgaruvchisining qiymati 250, sifat 
o’zgaruvchisining qiymati “alo”, agar x qiymati 100dan kichik va 25dan katta bo’lsa tanNarx 
qiymati 130ga, sifat qiymati “yaxshi”ga, agar x qiymati 25dan kichik bo’lsa tanNarx qiymati 
50ga, sifat qiymati “qoniqarsiz”ga o’zgaradi. 
if/else if
shartli ifodaning blok sxemasi quyidagi ko’rinishda bo’ladi. 
if/else if
 shartli ifodaning blok sxemasi 
switch
shartli ifoda 
switch
shartli ifoda boshqaruvni blok ichida joylashgan, ma’lum belgiga ega ifodaga 
o’tkazib berish uchun xizmat qiladi. 
switch
shartli ifoda quyidagi umumiy ko’rinishga ega: 
switch (n) 

case a: ifoda_1; 
shart 1 
ifoda 1 
shart 2 
shart 3 
ifoda 2 
ifoda 3 
XA 
XA 
XA 
YO’Q 
YO’Q 
YO’Q 


case b: ifoda_2; 
… 
default: ifoda_N; 

Bu yerda 
n
o’zgaruvchisining turi butun son, ya’ni 
int
, bo’lishi kerak. Shartli ifoda 
bajarilganda 
n
o’zgaruvchisi qabul qiladigan qiymat 
switch
shartli ifodasining 
case
qatorida 
joylashgan qiymatiga teng bo’lsa ushbu qatordagi ifoda bajariladi. Agar 
o’zgaruvchi 
qiymati
case
qatorlarining qiymatlariga teng bo’lmasa u xolda 
default
qatorining ifodasi bajariladi. 
default
qatori odatda 
switch
shartli ifodaning oxirida joylashadi. 
default
qatori shartli 
xisoblanmaydi va yozilmasligi xam mumkin. Masalan, 
int x = 2; 
switch (x) 

case 1: System.out.println("Birinchi ifoda"); 
case 2: System.out.println("Ikkinchi ifoda"); 

x
o’zgaruvchisining qiymati 2 teng bo’lgani uchun 2 qiymatga ega 
case
qatori bajariladi. 
Ushbu dastur kodi quyidagi matnni ekranga chiqarib beriladi: 
Ikkinchi ifoda 
Shuni ta’kidlab o’tish kerakki 
case
qatorlari 
switch
shartli ifodaning kirish nuqtasi 
xisoblanadi, ya’ni tegishli 
case
qatori bajarilganda undan keyin joylashgan qatorlar xam 
bajariladi. Masalan: 
int x = 2; 
switch (x) 

case 1: System.out.println(“Birinchi qator”); 
case 2: System.out.println(“Ikkinchi qator”); 
case 3: System.out.println(“Uchinchi qator”); 
default: System.out.println(“Default qatori”); 

Yuqoridagi dastur kodi bajarilganda ekranga quyidagi matn chiqarib beradi: 
Ikkinchi qator 
Uchunchi qator 
Default qatori 


Agar 
switch
shartli ifodasining faqatgina bir qatori bajarilishi kerak bo’lsa ushbu qator 
oxirisiga bajarilish tartibini buzuvchi ifodadan, ya’ni 
break
ifodasidan, foydalanish mumkin. 
Masalan: 
int x = 2; 
switch (x) 

case 1: 
System.out.println(“Birinchi qator”); 
break; 
case 2: 
System.out.println(“Ikkinchi qator”); 
break;
case 3: 
System.out.println(“Uchinchi qator”); 
break; 
default: System.out.println(“Default qatori”); 

Yuqoridagi dastur kodi quyidagi matnni ekranga chiqarib beradi: 
Ikkinchi qator 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin