Java 2se dasturlash tili



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/42
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#203218
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42
Java 2se dasturlash tili

 
Massivlar 
Massiv bu bir turdagi qiymatlar to’plamini saqlovchi ma’lumot strukturasi. Massivda 
joylashgan xar bir element o’z indeksiga ega bo’lib ushbu indeksi orqali unga murojaat qilish 
mumkin. 
Massivni e’lon qilish uchun birinchi massiv turini ko’rsatish kerak, ya’ni ushbu massiv 
qanday turdagi elementlarni saqlash uchun mo’ljallanganligi, keyin 
[]
belgisini qo’yib massiv 
o’zgaruvchisi nomini berish kerak. Masalan, quyida butun sonlarni saqlaydigan 
a
nomli massiv 
e’lon qilingan: 
int [] a; 
Yuqoridagi misolda 
a
o’zgaruvchisi e’lon qilingan bo’lib ushbu o’zgaruvchiga xaqiqiy 
massiv xali biriktirilmagan. Quyidagi misolda yangi massivni yaratib uni 
a
o’zgaruvchisiga 
biriktiramiz. 
int [] a = new int [100]; 
Ushbu ifoda 100ta butun sonlarni saqlay oladigan massivni yaratadi. 
Massiv elementlari 0 dan boshlab indekslanadi. Massiv yaratilgandan keyin uni elementlar 
bilan to’ldirish mumkin. Masalan, 
int [] a = new int [4]; 
a [1] = 0; 
a [2] = 1; 
a [3] = 2; 
a [4] = 3; 
dastur kodi to’rta butun sonni saqlay oladigan massivni yaratadi va uni 0dan 3gacha bo’lgan 
sonlar bilan to’ldiradi. 
Massivdagi elementlar sonini aniqlash uchun 
lengh
ifodasidan foydalanish mumkin. 
Masalan, 
int [] a = new int[4]; 
System.out.println(a.length); 
dastur kodi massiv elementlar soni 4ligini ko’rsatadi. 
Java dasturlash tilida massivni yaratish va uni elementlar bilan boyitishni qisqa usuli xam 
mavjud. Masalan, 


int [] a = {0, 1, 2, 3}; 
dastur kodi 
int [] a = new int [4]; 
a [0] = 0; 
a [1] = 1; 
a [2] = 2; 
a [3] = 3; 
dastur kodi bilan bir xil vazifani bajaradi, ya’ni to’rt elementni sig’dira oladigan massivni 
yaratib uni 0dan 3gacha bo’lgan sonlar bilan to’ldiradi va massivni a o’zgaruvchiga birikriradi. 
Ko’p o’lchamli massivlar 
Java dasturlash tili ko’p olchamli massivlarni qo’llash imkonini beradi. Ko’p o’lchamli 
massivlar massiv elementiga murojaat qilish uchun bittadan ko’p indeks ishlatiladi. Ko’p 
o’lchamli massivlarni massiv ichidagi massiv sifatida tasavvur qilishimiz mumkin, ya’ni massiv 
elementlari massiv xisoblanadi. Masalan, 
double [] [] balans; 
Ko’p o’lchamli massivni yaratib balans o’zgaruvchisiga biriktirish uchun quyidagidan 
foydalanamiz: 
balans = new double [4] [5]; 
Ushbu ifoda to’rta massivni o’z ishiga oluvchi massivni yaratadi. O’z navbatida xar bir ichki 
massiv beshta ratsional sonlardan tashkil topgan. Yaratilgan massivni elementlar bilan to’ldirish 
uchun quyidagi dastur kodidan foydalanish mumkin: 
double [] b1 = {1.2, 1.3, 1.4, 1.5, 1.6}; 
double [] b2 = {2.0, 2.1, 2.2, 2.3, 2.4}; 
double [] b3 = {1.1, 1.1, 1.1, 1.1, 1.1}; 
double [] b4 = {0.1, 0.2, 0.3, 0.4, 0.5}; 
balans [0] = b1; 
balans [1] = b2; 
balans [2] = b3; 
balans [3] = b4; 
Xuddi shu massivni quyidagi qisqa usulida xam yaratib olish mumkin: 
double [] [] balans = { {1.2, 1.3, 1.4, 1.5, 1.6}, {2.0, 2.1, 2.2, 2.3, 2.4}, 
{1.1, 1.1, 1.1, 1.1, 1.1}, {0.1, 0.2, 0.3, 0.4, 0.5} }; 
Ko’p o’lchamli massiv yaratilgandan so’ng uning elementlariga murojaat qilish uchun 
quyidagi ifodadan foydalanish mumkin: 
balans [1] [2]; 


Yuqoridagi ifoda 
balans
massivining ikkinchi massivini uchinchi elementiga murojaat 
qiladi, ya’ni 
2.2
qiymatiga. Massivni to’rtinchi massivining birinchi elementi, 
0.1
ga murojaat 
qilish uchun quyidagi ifodadan foydalanish mumkin: 
balans [3] [0]; 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin