Java 2se dasturlash tili



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/42
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#203218
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42
Java 2se dasturlash tili

Qiymat berish operatori 
O’zgaruvchini qiymatini o’zgartirishning to’g’ridan to’g’ri usuli bu qiymat berish 
operatorini qo’llashdir. Java dasturlash tilida “=” (teng) belgisi qiymat berish operatori 
hisoblanadi. Qiymat berish operatori ifodaning chap qismida joylashgan o’zgaruvchi, teng 
belgisi va ifodaning o’ng qismida joylashgan qiymat berish ifodasidan iborat. Bu yerda qiymat 
berish operatori boshqa o’zgaruvchilar, sonlar yoki o’zgaruvchi, sonlar, operatorlar va 
metodlardat tashkil topgan murakkab ifodalar bo’lishi mumkin. Quyida Java dasturlash tilining 
qiymat berish operatoriga misollar ko’rsatilgan: 
xarorat = 36.6; 
joriyHisob = joriyHisob + 10; 
jamiOgirlik = asosiyOgirlik * qushimchaOgirlik; 
Birinchi ifodada 
xarorat
o’zgaruvchisiga 36.6 qiymati belgilanmoqda. Ikkinchi ifodada 
joriyHisob
o’zgaruvchisining joriy qiymatiga 10 soni qo’shilmoqda. Uchinchi misolda 
jamiOgirlik
o’zgaruvchisiga 
asosiyOgirlik
va 
qushimchaOgirlik
o’zgaruvchilarining qiymatlarini 
ko’paytmasidan xosil bo’lgan qiymat belgilanadi. 
E’lon qilingan lekin qiymat belgilanmagan o’zgaruvchilar initsializatsiya qilinmagan 
deyiladi. Birlamchi kodda joyni saqlash va xatoliklarni oldini olish maqsadida o’zgaruvchini 
birdaniga e’lon qilish va qiymat belgilash amallarini birdaniga bajarish mumkin. Masalan, 
int olinganSon = 0; 
double tezlik = 120.5; 
Java dasturlash tilida berilgan o’zgaruvchining qiymatini o’zgartirish uchun belgilash 
operatori va arifmetik operatorlarini birgalikda ishlatish ham mumkin. Masalan,
x += 2; 
ifodasi 
x = x + 2; 
ifodasi bilan bir-xil qiymatga ega. Quyidagi jadvalda murakkab belgilash operatorlari 
keltirilgan. 
Mukammal ifoda 
Ekvivalent ifoda 
x += 2; 
x = x + 2; 
x -= 2; 
x = x – 2; 
x *= 2; 
x = x * 2; 
x /= 2; 
x = x / 2; 
x %= 2; 
x = x % 2; 
x * 2 = y + z; 
x = x * (y + z); 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin