JAVA DASTURLASH
TILINING ASOSIY STRUKTURASI
Java birlamchi kod strukturasi va
main()
metodi
Java dasturlash tilida birlamchi kod birlamchi kod fayliga kiritilib bitta klassni ifodalaydi.
Klass dasturning bir qismini namoyon etadi, ba’zi xollarda kichik dastur bitta klassdan iborat
bo’lishi mumkin. Klass figurali qavslar ichida yozilishi kerak.
public class Program1
{
//dastur kodi
}
Klass odatda bir necha metodlarni o’z ichiga olishi mumkin. Metodlar ushbu klassga doir
amallarni bajarish ko’rsatmalaridan tashkil topadi. Metodlar klass ichida, ya’ni figurali
qavslar
orasida, e’lon qilinishi kerak.
public class Program1
{
void go()
{
//metod kodi
}
}
Metodning figurali qavslari ichiga ushbu metod bajarilishi kerak bo’lgan ko’rsatmalar
kiritiladi. Metod odatda bir-necha ifodalar to’plamidan tashkil topadi.
Umumlashtirib
aytganda, klass birlamchi kod fayliga kiritiladi. Metodlar klass ichiga
kiritiladi. Ifodalar metodlar ichiga kiritiladi.
Java virtual mashinasi ishga tushganda u bajarayotgan klassda joylashgan quyidagi metodni
izlaydi:
public static void main(String[] args)
{
//metod kodi
}
Keyin esa ushbu metodning figurali qavslari ichida joylashgan
barcha instruktsiyalarni
bajaradi. Xar-bir Java dasturi kamida bitta klassni va bitta main() metodini o’z ichiga olishi
kerak.
Izohlar
Dastur yozish mobaynida ushbu dasturda ishlatilayotgan elementlar va qo’llanilayotgan
usullarga izoh yozish ehtiyoji paydo bo’ladi. Ayniqsa dastur yozish uchun
uzoq vaqt talab etilsa
yoki bir dasturni bir necha dasturchi yozayotgan bo’lsa ushbu izohlar axamiyati yanada yoqori
bo’ladi. Java dasturlash tilida boshqa dasturlash tillari singari izohlar dastur bajarilishiga hech
qanday ta’sir qilmaydi va ular dasturchi uchun ma’lumot sifatida qo’llaniladi.
Java dasturlash tilida izoh qo’yishni uch xilusuli mavjud. Eng keng tarqalgan usuli bu izoh
boshiga // simvollarini qo’yishdir. Ushbu simvollardan keyin joylashgan elementlar qatorning
oxirigacha izoh xisoblanadi. Masalan:
System.out.println(“Salom!”); //ushbu qator konsolga matn
chiqarib beradi
yoki
//quyidagi operator x qiymatini
bir qiymatga oshiradi
x++;
Agar uzunroq izoh berish kerak bo’lsa, bir necha qatorni // elemenlari bilan belgilash
mumkin, yoki ikkinchi usuldan foydalanish mumkin. Bu usulda /* va */ belgili
cheklovchilaridan foydalaniladi. Birinchi belgi izoh boshiga ikkinchisi izoh oxiriga qo’yiladi.
Masalan:
/*
Quyidagi dastur Java dasturlash tilida yozilgan bo’lib
U konsolga Salom so’zimi chiqarib beradi
*/
public
class SalomDasturi
{
public static void main(String[] args)
{
System.out.println(“Salom”);
}
}
Izoh berishning uchunchi usuli dasturning izohlariga asosan xujjatlarni avtomatik
xosil
qilish uchun ishlatiladi. Ushbu izohlar /** va */ belgilari bilan chegaralanadi.
Dostları ilə paylaş: