Java 2se dasturlash tili



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/42
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#203218
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   42
Java 2se dasturlash tili

Arifmetik operatorlar 
Java dasturlash tili qiymatlar ustida amallarni bajarish uchun quyidagi arifmetik amallarni 
o’z tarkibiga oladi: 



Qo’shish 

Ayirish 

Ko’paytirish 

Bo’lish 

Modul 
Yuqoridagi barcha arifmetik operatorlar butun va ratsional sonlar bilan ishlatilishi mumkin. 
Natijadagi qiymatning turi amalda ishlatilgan qiymatlarning turiga bog’liq. Agar amaldagi ikki 
operandalarning qiymatlari butun son bo’lsa natija ham butun son bo’ladi. Agar operandalarning 
biri yoki ikkisi ratsional son bo’lsa natija ratsional qiymat bo’ladi. Masalan, 
count = count1 + count2 
Agar 
count1
va 
count2
o’zgaruvchilar butun son bo’lsa count o’zgaruvchining qiymati ham 
butun son (
int
) bo’ladi. Agar count1 yoki 
count2
o’zgaruvchilarining biri ratsional bo’lsa count 
o’zgaruvchisining qiymati ratsional qiymat bo’ladi. 
Inkrement va dekriment operatorlari 
Java dasturlash tilida qiymatlarni bir birlikka o’zgartiruvchi operatorlar mavjud. Qiymatni 
bir birlikka oshiruvchi operator inkrement operatori bo’lib umumiy ko’rinishi 
n++
ko’rinishida 
bo’ladi. Qiymatni bir birlikka kamaytiruvchi operator dekriment operatori bo’lib 
n-- 
ko’rinishida bo’ladi. Masalan, 
int n = 1; 
int m = 4; 
n++; 
System.out.println(“n qiymati = ” + n); 
m--; 
System.out.println(“m qiymati = ” + m); 
dastur kodi quyidagi satrlarni ekranga chiqarib beradi, 
n qiymati = 2 
m qiymati = 3 
Increment va dekriment operatorlari o’zgaruvchi qiymatini bir birlikka o’zgartirib yangi 
qiymatni o’zgaruvchiga belgilab qo’yadi. Natijada qiymati o’zgargan o’zgaruvchilarni arifmetik 
amallarda ishlatish mumkin. Masalan, 
2*(n++) 
Ammo ushbu xolda inkrement operatori arifmetik operatoridan keyin bajariladi, ya’ni 
arifmetik amalda n o’zgaruvchining eski qiymati ishlatiladi, arifmetik amaldan keyin n qiymati 
bir birlikka o’zgaradi. Ushbu xolatni quyidagi misolda ko’rish mumkin, 
int n = 3; 


int k = 2*(n++); 
System.out.println(k); 
System.out.println(n); 
dastur kodi quyidagi satrlarni ekranga chiqarib beradi, 


++n
ham inkrement operatori xisoblanadi. Standart 
n++
inkrement operatoridan farqi 
shundaki, agar ushbu operator arifmetik amalda qatnashsa o’zgaruvchining qiymati bir birlika 
o’zgartiriladi va ushbu yangi qiymat arifmetik amalda ishlatiladi. Masalan, 
int n = 3; 
int k = 2*(++n); 
System.out.println(k); 
System.out.println(n); 
dastur kodi quyidagi satrlarni ekranga chiqarib beradi, 


n++
va 
++n
operatorlari inkrement operatorlari xosoblanib ikki operator ham n o’zgaruvchi 
qiymatini bir birlikka ko’paytiradi. Agar 
++
belgisi o’zgaruvchidan keyin tursa qiymat 
qaytarilgandan (ishlatilgandan) so’ng u bir birlikka oshiradi. Agar 
++
belgisi o’zgaruvchidan 
oldin tursa qiymat qaytarilishdan (ishlatilishidan) oldin u bir birlikka oshiradi. 
Yuqorida inkrement operatoriga tegishli barcha xususiyatlar dekriment operatoriga ham 
tegishli, faqat dekriment operatorida o’zgaruvchining qiymati bir birlikka kamaytiriladi. 
Masalan, 
int n = 5; 
int k = n--; 
System.out.println(k); 
System.out.println(n); 
dastur kodi quyidagi satrlarni ekranga chiqarib beradi, 


Aksincha, 
int n = 5; 
int k = --n; 
System.out.println(k); 


System.out.println(n); 
dastur kodi quyidagi satrlarni ekranga chiqarib beradi, 


n--
va 
--n
operatorlari dekriment operatorlari xisoblanib ikki operator ham n o’zgaruvchi 
qiymatini bir birlikka kamaytiradi. 
n--
operatori qiymat qaytarilgandan (ishlatilgandan) so’ng 
o’zgaruvchi qiymatini bir birlikka kamaytiradi. 
--n
operatori qiymat qaytarilishdan 
(ishlatilishidan) oldin o’zgaruvchi qiymatini bir birlikka kamaytiradi. 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin