29.Tasvirli diagrammalar. Tayanch iboralari: tasvirlarni chizish, o‘lchov birliklari, hodisa sur’ati. JAVOBI:Grafiklarning ta’sirchanligini kuchaytirish uchun diagrammlar o’rganilayotgan hodisalarning tasvirlari (suratlari) ni chizish yo’li bilan tuziladi. O’lchov birligi qilib shartli ravishda tasvirlanayotgan hodisa surati (figurasi) olinadi. Masalan, temir yo’lda yuk aylanmasining o’sishini tasvirlash uchun yuk vagonlari chiziladi. 30.Statistik ko‘rsatkichlar mohiyati va ahamiyati. Tayanch iboralari: miqdoriy ko‘rsatkichlar, atributiv ko‘rsatkichlar, iqtisodiy ko‘rsatkichlar, makro va mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlar. JAVOBI: Statistik ko’rsatkichni olimlar har xil tushunishadi. N.Soatov statistik ko’rsatkichni o’rganilayotgan hodisa va jarayonni me’yoridir 1 deb hisoblaydi, Merestini fikricha statistik ko’rsatkich-hodisa tasvirini adekvat ifodalovchi miqdorlardir. Oxirgi tarifga juda ko’pchilik qo’shiladi.
Statistik ko’rsatkichlarni shakllantirishda, hisoblashda, o’rganilayotgan hodisalarni adekvat ifodalash uchun quyidagi qoidalarga rioya qilingani ma’qul:
iqtisodiy nazariya va statistika metodologiyasiga suyangan holda hisoblangan ko’rsatkichlar iloji boricha o’rganilayotgan hodisalarning mohiyatini ifodalab, ularga miqdoriy baho bersin, umummilliy tushunchalar bilan bog’liqligi;
ko’rsatkichlar hisoblanayotgan asos ma’lumotlarning har tomonlama to’liqligi;
boshlang’ich asos ma’lumotlar va hisoblash texnologiyasi bo’yicha ularni taqqoslash mumkinligini va ishonchliligini ta’minlash;
hodisa va predmetlarni o’rganish, tushunish uchun uni yoymoq, tuzuvchi bo’laklarga bo’lmoq, uni ayrim belgilarini ajratmoq, ya’ni tahlil qilish.Ma’lumki, o’rganilayotgan predmetni xayolan bo’laklarga bo’lish tahlil deyiladi;
tahlil(analiz) bilan sintez qilishni ta’minlash;
induktsiya va deduktsiyani ta’minlanish, ya’ni ko’rsatkichlarni hisoblashda fikrni yakkalikdan umumiyga qarab(yoki teskarisi) harakatni ta’minlash.
Statistik ko’rsatkichlar iqtisodiy kategoriyalarni aks ettirib, o’zaro bog’langan miqdor va sifat tomonlarga egadir. Masalan, korxona xarajatlarini olaylik. Uning miqdor tomoni ma’lum bir summa hisoblanadi. Sifat tomoni, korxona xarajatlariga qanday xarajatlar qo’shiladi va qanday xarajatlar qo’shilmaydi. Buni bilish uchun xarajatlarning iqtisodiy tabiatini va maxsus hujjatlar (yo’riqnomalar)ni o’rganish talab etiladi. Masalan, shartnomalarning bajarilishi, jismoniy va yuridik shaxslarga ko’rsatiladigan xizmatlar sifatining oshishini tavsiflovchi ko’rsatkichlar korxonaning imidjiga katta ta’sir ko’rsatadi. Har bir menejer bu ko’rsatkichlarni yaxshilashga harakat qiladi. Tuzilgan va hisoblangan statistik ko’rsatkichlar ob’ektiv haqiqatning ifodasi bo’lib qolmasdan, ular bir-biriga bog’liq hamdir. Statistik ko’rsatkichlar o’zaro: semantik; stoxastik; funktsional bog’liqdir. Statistik ko’rsatkichlarni semantik o’zaro bog’liqligi deganda ularni o’zaro ma’naviy bog’liqligi tushuniladi. Stoxastik- bu noto’liq bog’liqlik, ya’ni ko’rsatkichning o’zgarishi bir necha ko’rsatkichlarning o’zgarishiga bog’liq, funktsional-omil ko’rsatkichning o’zgarishi bilan natijaviy ko’rsatkich to’liq o’zgaradi. Statistik ko’rsatkichlar turli-tuman funktsiyalarni bajarishi ularning turlarini baholaydi. Bizning fikrimizcha ularni quyidagi turlarga bo’lish mumkin. Agarda ko’rsatkichlar mamlakatga baho beradigan bo’lsa, (masalan, yalpi ichki mahsulot) uni makroiqtisodiy ko’rsatkich deymiz. “Marjon” fermer xo’jaliga yetishtirilgan mahsulot hajmi bu mikroiqtisodiy ko’rsatkich hisoblanadi. Fermer xo’jaligida ishlayotganlarni ish staji o’rgansak. Bir kishini ish staji individual , ayollar va erkaklar bo’yicha ish staji guruhli, barcha xodimlarning o’rtacha ish staji umumiy ko’rsatkich hisoblanadi. Aniqlash usuliga qarab statistik ko’rsatkichlar yig’indi va hosilaviy ko’rsatkichlarga bo’linadi. Yig’indi ko’rsatkichlar hodisa birliklarini jamlash orqali hisoblanadi, hosilaviy ko’rsatkichlar esa mutloq, nisbiy va o’rtacha ko’rsatkichlarga bo’linadi.