Javobi: Statistika lotincha “status”


Jadval turlari va ularni tuzish qoidalari. Tayanch iboralari: jadval maketi, jadval egasi, jadval kesimi, oddiy, guruh, kombinatsion jadval



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə6/43
tarix01.01.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#78240
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Javobi Statistika lotincha “status”

22.Jadval turlari va ularni tuzish qoidalari. Tayanch iboralari: jadval maketi, jadval egasi, jadval kesimi, oddiy, guruh, kombinatsion jadval.
JAVOBI:Iqtisodiy izlanishlarda statistik jadvallarning har xil turlari qo`llaniladi. Eganing tuzilishiga qarab statistik jadvallar uch turga bo`linadi: oddiy, gruppaviy va kombinatsion. Oddiy jadval deb o`rganilayotgan obyektlar va ularning ko`rsatkichlari birmabir ro`yxat ko`rinishida yozilgan jadvalga aytiladi. Jadvalning ega qismida o`rganilayotgan obyektning muhim bir belgisi bo`yicha gruppalash amalga oshirilgan bo`lsa, bunday jadval gruppaviy jadval deyiladi. Gruppaviy jadval – o`rganilayotgan obyekt-larni bir belgi asosida guruhlash natijalarini ifodalaydigan jadval nazarda tutiladi. Kombinatsion jadval – ega qismida obyektlarni ikkita va undan ortiq belgilari asosida guruh-lash natijalarini aks ettiradigan jadvaldir.
23.Oddiy va kombinatsion jadvallar tuzish. Tayanch iboralari: jadval nomi, jadval tartib raqami, jadval egasi va kesimi, o‘lchov birliklari, davrlar, sanalar.
JAVOBI: Oddiy jadval deb o‘rganilayotgan obyektlar va ularning ko‘rsatkichlari birma-bir ro‘yxat ko‘rinishida yozilgan jadvalga aytiladi.
Kombinatsion jadval – bu ega qismida obyektlarni ikkita va undan ortiq belgilari asosida guruhlash natijalarini aks ettiradigan jadvaldir
Ayrim paytlarda voqea va hodisalarni bir belgisi bo‘yicha guruhlaganda ularni to‘liq o‘rganishning iloji bo‘lmaydi. Bunday paytda voqea va hodisalar ikki va undan ortiq belgisi asosida guruhlarga ajratilib o‘rganiladi. Buning uchun, avval o‘rganilayotgan hodisa to‘plami bir belgisi bo‘yicha, keyin har qaysi guruh boshqa belgi bo‘yicha kichik guruhchalarga ajratiladi. Bunday guruhlash natijalari asosida kombinatsion jadvalar tuziladi. Ular oddiy jadvallarga qaraganda voqea va hodisalarning o‘zaro aloqasi va bog‘lanishlarini chuqurroq va to‘la yoritishga yordam beradi.(6.7
24.Grafiklar haqida tushuncha, statistikada ularning roli va ahamiyati. Tayanch iboralari: grafiklarning turlari, grafiklarning tuzilishi, asosiy elementlari, ularni yasash va tahlil qilish.
JAVOBI:Grafik – statistik ma`lumotlarni ta`sirchan va jozibali qilib tasvir-laydigan geometrik shakldir. Grafiklar tuzilish shakli va qanday jarayonlarni tasvirlashi jihatidan har xil turlarga, tasnifiy guruhlarga bo`linadi. Grafiklar 2 turga bolinadi;1)Diagrammalar;2)Statistik xaritalarGrafiklarning asosiy turi diagrammalardir. Ularni tuzayotganda ko`pincha yassi geometrik shakllar va chiziqlardan foydalaniladi. Statistik ma`lumotlarni grafiklarda tasvirlash uchun avvalo masshtab qabul qilinadi va unga qarab shkala tuziladi.
25.Grafiklarning turlari va asosiy elementlari. Tayanch iboralari: diagrammalar, (taqqoslash, tuzilma, dinamika, bog‘lanish) statistik xaritalar, (kortagrammalar, kartodiashrammalar).
JAVOBI:Grafiklar 2 turga bolinadi;1)Diagrammalar;2)Statistik. Diagramma deganda statistik ma`lumotlarni geometrik shakllar yordamida tasvirlash tushuniladi. Agar ma`lumotlar shartli belgilarni geografik kartalarga tushirish yo`li bilan tasvirlansa, bunday grafiklar kartogrammalar deb ataladi. Kartodiagrammalar diagramma va kartogrammalarning aralashmasidan tashkil topadi. Bu holda geografik kartalar hodisalarning hududiy taqsimlanishiga qarab konturlarga (bo`laklarga) bo`linadi va ularda ma`lumotlarni tasvirlovchi diagrammalar keltiriladi. Kartogramma va kartodiagrammalar hodisalarning makonda (territoriyada) joylanishini tasvirlashda qo`llanadi.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin