Javobi: Statistika lotincha “status”



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə7/43
tarix01.01.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#78240
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43
Javobi Statistika lotincha “status”

26.Statistik grafiklarni yasash. Tayanch iboralari: masshtab, shkala (to‘g‘ri va egri chiziqli), me’yor, raqamli setka, kordinatalar tizimi, grafik maydoni, geometrik beliglar.
JAVOBI:Shkala tayanchi to`g`ri chiziqdan yoki egri chiziqdan iborat bo`lishi mumkin. Shunga qarab shkalalar to`g`ri chiziqli va egri chiziqli shkalalarga bo`linadi. To`g`ri chiziqli shkalaga oddiy millimetrli chizg`ich (lineyka) misol bo`la oladi. Soatning siferblati esa egri chiziqli shkalaga misoldir. Ko`p o`lchov asboblari yoysimon egri chiziqli shkalaga ega.
Masshtab – ko`rsatkichlarni tekislikdagi tasviriy nisbat-larga aylantiruvchi shartli me`yordir. Shkala – shunday chiziqki, uning ayrim nuqtalari tasvirlanayotgan hodisaning ma`lum miqdorlarini anglatadi.
27.CHiziqli va yassi diagrammalar. Tayanch iboralari: kordinati maydoni, raqamli setka, ordinata o‘qi, absissa o‘qi, ordinata cho‘qqilari.
JAVOBI:Chiziqli diagrammalar. Bu diagrammalar eng keng tarqalgan bo`lib, ular yordamida dinamika qatorlari, hodisalar orasidagi bog`lanishlar, taqsimlanish qatorlari va shartnoma (reja)ni bajarish ko`rsatkichlari tasvirlanadi. Chiziqli diagrammalar koordinat maydoni yoki raqamli setka asosida tuziladi. Vertikal o`qqa (ordinata o`qi) olingan masshtabda dinamika qatorining ko`rsatkichlari yoki natijaviy belgining qiymatlari nuqtachalar bilan nishonlanib joylashtiriladi. Gorizontal o`qqa (absissa o`qi) ma`lum masshtabda qatorning davrlari (vaqtlari) yoki omil belgining qiymatlari nuqtachalar bilan nishonlanadi. Keyin o`qlardagi har qaysi nuqtachalardan qarama-qarshi o`qqa nisbatan parallel ravishda perpendikulyar chiziqlar o`tkaziladi. Ularning o`zaro uchrashgan nuqtalari (ordinata cho`qqilari) bir-biri bilan birlashtiriladi va natijada siniq chiziq hosil bo`ladi. Bu siniq chiziq dinamika qatorini yoki o`rganilayotgan hodisalarning o`zaro bog`lanishini tasvirlaydi.
28.Sektorli diagrammalar. Tayanch iboralari: doira, to‘plam, doira sektorlari, kvadrat doira shaklidagi deogrammalar.
JAVOBI:Sektorli diagramma bo`laklarga ajratilgan doiradan iborat bo`lib, ularning kattaligi tasvirlanuvchi sonlarga mos keladi. Bu diagrammalar yassi diagrammalar turkumiga kiradi va qator kvadrat yoki doiralardan iborat bo`lib, ularning har biri o`z maydoni bilan tasvirlanuvchi hodisa miqdorini ifodalaydi. Bunday diagrammalar dinamika qatorlarini tasvirlash va bir vaqt (davr) ga tegishli miqdorlarni solishtirish maqsadida tuziladi. Kvadrat shaklli diagrammalarni tuzish uchun tasvirlanuvchi miqdorlarni kvadrat ildizlardan chiqariladi va so`ngra tomonlari olingan natijalarga proporsional qilib kvadratlar chiziladi. Doira shaklli diagrammalar ham shu tartibda tuziladi. Ammo bu holda radiuslari tasvirlanuvchi miqdorlarni kvadrat ildizlardan chiqarish natijasida olingan miqdorlarga proporsional bo`lgan doiralar chiziladi.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin