Javobi: Statistika lotincha “status”



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə13/43
tarix01.01.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#78240
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   43
Javobi Statistika lotincha “status”

Tipologik tanlash-bu bosh to`plamni muhim guruhlarga bo`lib, ular-ning har biri ichidan ma`lum birliklarni taso-difiy yoki mexanik usulda tanlab olishdir.
Tipologik tanlashda: 1) bosh to`plam bir jinsli guruhlarga ajratiladi; 2) har bir guruhning to`plamdagi salmog`i aniqlanadi; 3) har bir guruhdan birliklar ularning salmog`iga proporsional ravishda tasodifiy yoki mexanik usulda tanlanadi.
48. Statistik amaliyotida tanlama kuzatishni qo‘llash sohalari.
Tayanch iboralari: qishloq xo‘jaligida, bojxonada, sanoatda, ijtimoiy sohalarda.
Statistika amaliyotida shunday to`plamlar teztez uchrab turadiki, ularning barcha birliklarini o`rganish imkoniyati bo`lmaydi. Bunday to`plamlar jamiyat hayotida, turmushimizda ham, tabiyotda ham keng tarqalgan. Masalan, mamlakatda don, paxta va boshqa ekinlari qanchalik qishloq xo`jaligi zararkunandalari bilan shikastlangani yoki qancha qoramol va boshqa hayvonlar quturish kasalligiga chalinganini bilmoqchi bo`lsak, barcha ekinlar maydoni va hosilini, mollar tuyog`ini tekshirib chiqa olmaymiz, chunki bu juda mashaqqatli ish bo`lib, ko`p vaqt va kuch talab qiladi. Ma`lumki, bozor iqtisodiyoti xususiy mulkchilikka, ko`p ukladli ho`jalikka tayanadi. Bunday sharoitda muhim iqtisodiy hodisa va jarayonlar ustida yoppasiga statistik kuzatish tashkil qilib bo`lmaydi. Ayniqsa, bozor baholari, tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish, uy ho`jaliklari budjeti, taklif va talablarning o`zgarishi va boshqa shunga o`xshash jarayonlarni tekshirishni har bir birlikda amalga oshirish amrimaholdir, chunki umumiy to`plam hajmi odatda noma`lumdir (masalan, xufiyona iqtisodiyot bilan shug`ullanuvchi subyektlar soni, ularning faoliyat natijalari va h.k. larning aniq hisobi yo`q). Bunday hollarda tekshiruvchi uchun eng yaxshi yo`l - cheklangan sonli birliklarni shunday olib tekshirishki, natijada umumiy o`rganilayotgan to`plam haqida amaliy jihatdan yetarli darajada to`la va aniq axborotlarni olish imkoni tug`ilsin. Tanlama tekshirish nazariyasi bu maqsad uchun xizmat qiladi.
Tanlanma tekshirish umuman quyidagi maqsadlarni ko`zlaydi: 1) vaqt va mablag`ni tejash. Agar tanlanma kuzatishda bosh to`plamning, masalan, faqat 2 foiz birliklari qatnashsa, u holda kuzatish ishlarining hajmi 50 marta (100:2) kamayadi, sarflanadigan vaqt va mablag` ham deyarli shuncha marta tejaladi;2) tekshirish jarayonida sifati buziladigan yoki foydalanish uchun butunlay yaroqsiz shaklga keladigan predmetlar (to`plam birliklari) sonini qisqartirish; 3) kuzatish obyektini kengroq va to`laroq o`rganish, bu holda bevosita tekshiriladigan to`plam hajmi qisqarishi hisobiga kuzatish dasturini obyektlarning yangi muhim belgilari bilan boyitish va har bir birlik haqida to`la va batafsilroq ma`lumotlar to`plash imkoniyati tug`iladi; 4) yoppasiga kuzatish natijalarini nazorat qilish. Tanlama tekshirish odatda sifatli axborotlar bilan ta`minlaydi. Chunki bu holda malakali mutaxassislarni jalb qilish, ularni kuzatish ijrochisi sifatida puxta tayyorlash va sinash uchun imkoniyat oshadi.
49.Ijtimoiy-iqtisodiy xodisalar va jarayonlar o‘rtasidagi bog‘lanishlar(sabab-oqibat)ni statistik o‘rganish zarurligi. Tayanch iboralari: funksional bog‘lanish, korrelyasion bog‘lanish, balans usulida.
JAVOBI: Hodisalar orasidagi ozaro boglanishlarni organish statistika fanining muhim vazifasidir. Bu jarayonda ikki xil belgilar yoki korsatkichlar ishtirok etadi, biri erkli ozgaruvchilar, ikkinchisi erksiz ozgaruvchilar hisoblanadi. Birinchi toifadagi belgilar boshqalariga tasir etadi, ularning ozgarishiga sababchi boladi. shuning uchun ular omil belgilar deb yuritiladi, ikkinchi toifadagilar esa natijaviy belgilar deyiladi. Masalan, paxta yoki bugdoyga suv, mineral ogitlar va ishlov berish natijasida ularning hosildorligi oshadi. Bu boglanishda hosildorlik natijaviy belgi, unga tasir etuvchi kuchlar (suv, ogit, ishlov berish va h.k.) omil belgilardir.
Ozaro boglanishlar xarakteriga qarab ikki turga bolinadi:
- funksional boglanishlar;
- korrelyatsion boglanishlar.
Funksional boglanish - bu shunday toliq boglanishki, unda bir belgi yoki belgilar ozgarish qiymatiga har doim natijaning malum meyorda ozgarishi mos keladi.
Korrelyatsion boglanish - bu shunday toliqsiz boglanishki, unda omillarning har bir qiymatiga turli zamon va makon sharoitlarida natijaning har xil qiymatlari mos keladi. Bu holda omillar toliq soni noma`lumdir.
50.Korrelyasion bog‘lanish turlari. Tayanch iboralari: juft korrelyasiya, ko‘p o‘lchovli korrelyasiya, to‘g‘ri bog‘lanish, teskari bog‘lanish, to‘g‘ri chiziqli bog‘lanish, egri chiziqli bog‘lanish.
JAVOBI: Korrelyatsion boglanish - bu shunday toliqsiz boglanishki, unda omillarning har bir qiymatiga turli zamon va makon sharoitlarida natijaning har xil qiymatlari mos keladi. Bu holda omillar toliq soni nomalumdir.Ikki hodisa yoki omil va natijaviy belgilar orasidagi boglanish juft korrelyatsiya deb ataladi. Tahliliy jihatdan u turli, masalan, togri chiziqli, parabola, giperbola va boshqa shaklli regressiya tenglamalari orqali tasvirlanadi. Tenglama
tipini aniqlash uchun boglanish haqidagi malumotlarni grafiklar orqali tasvirlab, ularni sinchiklab tekshirish zarur. Ammo bu yoldan foydalanmasdan, birmuncha umumiyroq tartib-qoidalarga asoslanish mumkin. Masalan, agarda omil va natijaviy belgilar birday, qariyb arifmetik progressiya boyicha ortsa, bu hol ular orasida togri chiziqli boglanish mavjudligi haqida shohidlik qiladi. Agarda ularning nisbiy osish suratlari deyarlik birday bolsa, bu holda egri chiziqli boglanish mavjud. Agarda natijaviy belgi arifmetik progressiyaga monand ortgan holda omil belgi geometrik progressiyaga monand ortgan holda omil belgi bir muncha tezroq kopaysa, ular orasidagi bog`lanish parabola yoki darajali funksiya orqali ifodalanadi.
51.Regression va korrelyasion tahlil bosqichlari. Tayanch iboralari: masala qo‘yilishi va dastlabki tahlil, ma’umotlarni to‘plash va ularni o‘rganish, bog‘lanish shakli, regressiya tenglamasini aniqlash, regressiya tenglamasini baholash.
JAVOBI:

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin