Jabborov A.M. Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi
Mavzu: Dunyo o’rmon va yog’ochsozlik sanoati. Mazkur sanoat ko’p jihatidan o’rmon resurslarining joylashuviga bog’liq.O’rmon
faqatgina sanoat xom-ashyosi emas.U tuproqni shamol va suv eroziyasidan saqlaydi,
yerdagi namni saqlaydi, daryolarning toshishiga yo’l qo’ymaydi, ekinzorlarni
garmseldan saqlaydi, “Yerning o’pkasi”dir (O
2
manbaidir).
O’rmon sanoati xalq xo’jaligiga: qurilish materiallari, sun’iy tola, spirt, qog’oz,
karton, skipidar, kanifol, smola, (yelim), yem achitqilari, mebel, idish (tara), lak-
bo’yoq, hushbo’y efirlar va h.k. beradi.
O’rmon sanoati mahsulotlarining iste’molchilari: mashinasozlik, yengil sanoat,
transport, aloqa va qurilishdir. O’z navbatida o’rmon sanoati ham boshqa
tarmoqlardan soda, natriy, oqartiruvchi ximikatlar, avtomashinalar, traktorlar,
stanoklar oladi.
O’rmon sanoatining tarkibi:
1.Yog’och tayyorlash: Daraxt qirqish,uni transport magistraliga olib chiqish,qayta
ishlash markazlariga etkazib berish;
2.Yog’ochga
mexanik
ishlov
berish:
Yog’och-
taxta,fanera,gugurt,mebel,idish,binokorlik detallarini ishlab chiqarish (eshik,deraza).
3.Yog’ochga
ximiyaviy
ishlov
berish
(o’rmon-ximiya):
Qog’oz,karton,skipidar,kanifol,yem-achitqilari,lak-bo’yoq.
O’rmon sanoati o’zaro bog’langan bir qancha ishlab chiqarishlardan
iborat.Birining ishlab chiqargan mahsuloti 2-si uchun xom-ashyo bo’ladi.Masalan:
yog’och tayyorlash korxonalaridan chiqqan yog’ochlar mebel
ь
sanoati uchun xom-
ashyodir.
O’rmonlar xalq xo’jaligida turli xil ahamiyatga ega.Sanitariya o’rmonlari
(shaharlar atrofida), tuproqlarni, dalalarni (Sahroi Kabir atrofida), suvni muhofaza
qiluvchi o’rmonlar (daryo,ko’llar,suv omborlari,kanallar yoqalarida), qo’riqxona va
milliy bog’ o’rmonlari (AQSHda sekvoya saqlanadi) bo’ladi.Bunday o’rmonlarda
daraxtlarni sanoat uchun kesish man etiladi, balki parvarish qilish uchun kesiladi.
O’rmonlarni kesishda ularning yoshiga ham qaraladi. Masalan: Rossiyada 80
yoshdan oshgan daraxtlar etilgan hisoblanadi.O’rmon sanoati korxonalarini
dengiz,daryo,shosse,temir yo’l tugunlarida joylashtirilishi iqtisodiy qulay.O’rmon
sanoatida asosiy harajat yog’och tayyorlashga to’g’ri keladi.
O’rmon
sanoatida
qimmatbaho
daraxt
turi-igna
bargli
o’rmonlar
hisoblanadi.(qayrag’och,qora qarag’ay,pixta,kedr,tilog’och).
Jahonda o’rmon resurslari shartli ravishda 2 mintaqaga ajratiladi:
50
1.Shimoliy o’rmon mintaqasida asosan igna bargli daraxtlar kesilib,ulardan yog’och
taxta
tilinadi,sellyuloza,qog’oz,karton
ishlanadi.Rossiya,Kanada,Shvesiya,Finlyandiya o’rmon va yog’ochsozlik sanoatida
yetakchi bo’lib, xalqaro ixtisoslashgan davlatlardir.Yog’och mahsulotlarini chetga
chiqarishda dunyoda 1-o’rinda Kanada turadi.
2.Janubiy
o’rmon
mintaqasida
keng
bargli
daraxtlar
(eman,zarang,tikon
daraxti,qizil,bals va h.k.)
Bu yerda o’rmon sanoatining 3ta asosiy areali tarkib topgan.Ular quyidagilar:
1.Amazoniya
2.Tropik Afrika
3.Janubiy va Janubi-sharqiy Osiyo
Ularda tayyorlangan yog’och-taxta dengiz yo’llari orqali Yaponiya va Horijiy
Yevropaga sotiladi.Janub mamlakatlarida qog’oz tayyorlashda o’rmon yog’ochi
emas, g’arov,bagassa,sizal,jut kabi o’simliklardan foydalaniladi.