45
detallardan yasaladi.Masalan: 1ta samolyot 120000 detaldan yasaladi.Bu detallarning
hammasini 1ta zavodda yasash noqulay va befoydadir. Masalan: Gorkiy avtomobil
zavodi 1800 km.gacha masofadagi 35 ta yirik shaharlardagi 300ga yaqin korxonalar
bilan iqtisodiy a’loqada bo’ladi.
Mashinasozlik korxonalarini joylashtirish shartlari:
1.Qulay transport magistrallarining mavjudligi.Chunki mashinasozlik korxonasiga
chetdan ko’plab detallar keltiriladi va tayyor mashinalarni sotish qulay bo’lishi
uchun.
2.FTI davrida mashmnasozlik korxonalarida ishlash uchun malakali mutaxassis va
ilmiy-texnik kadrlar miqdorining etarli bo’lishi.Agar ishlab chiqarish jarayonining
1qismini avtomat va yarim avtomat bajarsa, mashinasozlik
buyumlarining tannarxi
arzon bo’ladi.Mehnat unumdorligi oshadi, harajat kamayadi.Lekin elektr energiyasi
ko’p talab qilinadi.Mashinasozlik zavodlari elektr energiyasini ko’p mehnat talab
qiladigan tarmoqlardir.
Priborsozlik eng ko’p mehnat talab qiladigan sohadir.
3.Mashinalar mamlakatning hamma rayonlarida ham kerak.Lekin bir rayonda
to’qimachilik stanoklari, boshqasiga ko’mir kombaynlari,
yana biriga dengiz
kemalari ko’proq talab qilinadi.Shu sababli mashinalarni oluvchilarni hisobga olish
mashinasozlikni joylashtirishning 3 shartidir (iste’molchi). Masalan: qishloq xo’jaligi
mashinasozligi O’rta Osiyoda, g’alla o’rish Shimoliy Kavkazda, lavlagi yig’uvchi
mashinalar Ukrainada ishlab chiqariladi.
4.Mashinasozlik korxonalariga metallurgiya bazasining yaqinligini hisobga olish
sharti.Chunki mashinasozlik uchun ko’p metall talab qilinadi.
Mashinasozlikning ayrim tarmoqlari uchun yuqoridagi shartning 1ta muhim
bo’lsa, boshqa tarmoqlari uchun bir nechtasini hisobga olish kerak bo’ladi. Masalan:
traktorsozlik metallurgiya bazasiga ham va iste’molchiga ham yaqin bo’lishi kerak.
FTI davrida mashinasozlik zavodlarining metalga bo’lgan bog’liqligiga nisbatan
kamaydi.Lekin ularning malakali ishchi kuchiga bog’liqligi, ilm-fan talab
tarmoqlarining
esa
ilmiy-tadqiqot
markazlarning
bog’liqligi
ancha
oshdi.Mashinasozlik hamma joyda ham joylashadigan tarmoqqa aylanib bormoqda.
Dunyo iqtisodiy kartasida umumiy holda mashinasozlikning 4
regionini ajratish
mumkin:
1.Shimoliy Amerika bo’lib, bu erda mashinasozlik mahsulotining eng oddiydan to
eng murakkabigacha bo’lgan barcha turlari ishlab chiqariladi.AQSH yetakchi.
2.Horijiy Yevropa bo’lib, u asosan ommaviy mashinasozlik mahsulotlarini ishlab
chiqaradi.Etakchilar: Germaniya, Italiya, Fransiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya,
Shveysariya, Polsha.
3.Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo.Ommaviy mashinasozlik mahsulotlari bilan birga
eng yuqori texnologiyagacha asoslangan buyumlar ishlab chiqaradi.Yetakchilar:
Yaponiya, Koreya Respublikasi, Xitoy, Singapur.
4.MDH. Bu regionga kiruvchi ko’pchilik mamlakatlar
uchun mashinasozlik xalqaro
ixtisoslashuvining bosh tarmog’idir.Bu hol MDHning xalqaro savdodagi alohida
o’rnini belgilaydi.Yetakchilar: Rossiya, Belorussiya, Ukraina. Lekin bu region FTI
yutuqlaridan foydalanish bo’yicha boshqa regionlardan ortda qolmoqda.
46
Rivojlanayotgan mamlakatlar dunyo mashinasozlik sanoati mahsulotining
10%dan kamrog’ini beradi.Rivojlanayotgan mamlakatlarining qoloqligi xech bir
tarmoqda
mashinasozlik
sanoatidagichalik
kuchli
namoyon
bo’lmagan.Rivojlanayotgan
mamlakatlardagi
mavjud
mashinasozlik
sanoat
tarmoqlari ham asosan yig’ma zavodlar bo’lib, ular detallarni AQSH,
Horijiy
Yevropa va Yaponiyadan keltiradi.Rivojlanayotgan mamlakatlar ichida Braziliya,
Hindiston, Argentina, Meksika ajralib turadi.Lekin ularda qurilgan korxonalarning
ko’pchiligi mashinasozlik rivojlangan mamlakatlarning filiallari hisoblanadi.
Mashinasozlikning asosiy tarmoqlari: stanoksozlik, energetika mashinasozligi
(GES,IES), og’ir mashinasozlik, transport mashinasozligi, elektrotexnika va elektron
sanoati, priborsozlik, harbiy texnika, qishloq xo’jaligi mashinasozligi, EHM va h.k.
Mashina va jihozlar eksporti eng yuqori bo’lgan davlatlar: jami eksport mahsuloti
YAponiya 68 % ini, Singapur 55 % ini, AQSH, Meksika va Germaniya 49 % ini,
Koreya respublikasi 43 % ini mashina va jihozlar tashkil etadi (2005 y).
XGMT da jahon mamlakatlari turli tarmoqlarga ixtisoslashgan:
Syangan-radiopriyomnik va telefonlarishlab chiqaradi.
Janubiy Koreya-magnitafon kassetalari va videomagnitafonlar.
Malayziya-xona kondensionerlari.
Janubiy Koreya,Braziliya,Meksika-avtomobillar.
Janubiy Koreya,Braziliya,Tayvan-kemalar.
Singapur-neftburavoy platformalar ishlab chiqaradi.
Mashinasozlik jahonda bir necha davlatlarda mavjud,lekin 6
mamlakat bu sohada
yetakchi hisoblanadi: AQSH, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya,
Italiya.Bu davlatlarda mashinasozlik sohasida eksport importdan ustun turadi.
Masalan: AQSH, Yaponiya, Germaniya dunyoda ishlab chiqariladigan stanoklar va
robotlarning 9/10 qismini ishlab chiqaradi.Qolganini
esa Rossiya, Sharqiy Evropa
davlatlari, JAR, Xitoy, Hindiston etkazib beradi.Stanoksozlik va robotlar ishlab
chiqarish Afrikada JARdan boshqa xech bir davlatda yo’q.
Jahonda yiliga 1,2 mln donadan ortiq metal kesuvchi stanoklar ishlab chiqariladi
(2006 y).
Aviaraketa va kosmik sanoati bo’yicha AQSH alohida ahamiyatga ega
hisoblanadi.Yirik firmalari: Boing (52%), Makdonell, (Fransiya, GFR, Buyuk
Britaniya) Aerobuslar.
MDH davlatlarida ham aviasiya sanoati yaxshi rivojlangan (AN, TU, Il,
Mig).Rivojlanayotgan davlatlar ichida Braziliya o’zining aviasiya sanoati bilan
ajralib turadi.Embraer (17%) firmasi o’rtacha samolyotlar ishlab chiqaradi.
Dengiz kemalari ishlab chiqarish bo’yicha
Yaponiya va Janubiy Koreya, harbiy
kemachilik bo’yicha AQSH oldinda turadi.
Transport mashinasozligining asosini avtomobilsozlik egallaydi.Yaponiya va
AQSH yiliga 10 mln.donadan ortiq yengil va yuk avtomobillarini ishlab chiqarib
jahonda yetakchi.
Jahonda yiliga 62 mln. donadan ortiq avtomobillar ishlab chiqariladi (2006 y.)
Jahonda yengil avtomobillar ishlab chiqarish: (1995 y.ming dona hisobida).
1.Yaponiya-7616 7.Buyuk Britaniya-1532
2.AQSH-6500 8.Kanada-1350
47
3.Germaniya-4507 9.Italiya-1241
4.Fransiya-3210 10.Braziliya-1100
5.Ispaniya-1998 11.Rossiya-835
6.Janubiy Koreya-1900 12.O’zbekiston-70000 (2005 y)
Dostları ilə paylaş: