Жаxон географияси маърузалар


Mavzu: Dunyo chorvachiligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/71
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#195823
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   71
Jabborov A.M. Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi

Mavzu: Dunyo chorvachiligi. 
 
Chorvachilik 
(jivotnovodstvo)-qishloq 
xo’jaligining 
2-muhim 
tarmog’i 
bo’lib,aholi va sanoatni go’sht,sut,yog’,teri,shox,jun,qil bilan ta’minlaydi.Dunyodagi 


58 
barcha qoramollar qirilib ketgan yovvoyi buqa,ya’ni turning avlodi hisoblanadi.Tur 
eramizgacha taxminan 7000 yil ilgari xonakilashtirilgan. 
Jahonda 1350 mln bosh yirik shoxli qoramol, 1,1 mlrd bosh qo’y va echkilar, 950 
mln bosh cho’chqalar mavjud (2006 y.) 
Yirik shoxli qoramollar (krupniy rogatiy skot) biologik xususiyatlariga ko’ra 3 ta 
guruhga bo’linadi: 
1. Sersut (xolmagor,yaroslavl
ь
zotlari).Sog’in davri 300 kun.Yog’liligi 3,6-3,7%, 
3700-4300kg sut beradi.Rekordsmen qoramol 17500kg gacha sut bergan,yog’liligi 
4,2%. 
2. Sersut-go’shtdor zotlar (simmental,kostroma).Ular 4000 kg gacha sut 
beradi.Sigirlarning vazni 550-650kg, buqalarniki 1t.gacha.Sersut va sut-go’sht uchun 
qoramollar mo’’tadil mintaqaning o’rmon va o’rmon-dasht zonalarida boqiladi. 
3. Go’shtdor zotlar (shortgorn,qalmiq) mo’’tadil va subtropik mintaqalarning 
qurg’oqchil hududlarida boqiladi.Buqalari 1t.dan ortiq yuk qiladi.1,5 yoshli buzoq 
450 kg gacha semiradi. 
Qoramollar AQSH,Kanada,Rossiya,Avstraliya va Argentinada keng yaylovlarda 
boqiladi.Dunyo bo’yicha 1,250-1,350 mln.bosh qoramollar bo’lib,ular soni bo’yicha 
yetakchi mamlakatlar
(2007 y):
1.Hindiston (210 mln. bosh). 4. AQSH (100 mln. bosh) 
2.Braziliya (165 mln. bosh) 5. Argentina (52 mln. bosh) 
3 Xitoy (115 mln. bosh) 6. Rossiya (36 mln. bosh) 
Qo’ychilik (ovesovodstvo).Qo’ylar yovvoyi tog’ qo’ylari muflon va arxarning 
avlodi.Qo’ylar asosan 3 maqsadda boqiladi: 
1.Jundor zotlar mayin va ingichka uzun juni uchun boqiladi.Ularga sovet 
merinosi,arxariomerinos qo’ylari kiradi.Ulardan uzunligi 10sm li 12 kg gacha jun 
qirqib olinadi. 
Echkichilik juni uchun (angor)Turkiya va Yeronda rivojlangan. 
2.Terisi uchun Romanov zoti,qorako’l zotlari boqiladi. 
3.Go’shti uchun dumbali qo’ylar,ayniqsa,hisor qo’ylari (150kg) ko’p boqiladi.Yog’i 
ko’p bo’ladi. 
Jahondagi jami qo’ylarning 14%i Avstraliyada.Avstraliyaning dasht va chala cho’l 
zonalari jahondagi eng yirik qo’ychilik o’lkasidir (shpisteyshnz).Qo’ylar soni 
bo’yicha yetakchi davlatlar: 
1.Xitoy (180 mln.bosh) 4.Argentina 
2.Avstraliya 5.MDH 
3.Yangi Zelandiya 6.Hindiston. 
Dunyo bo’yicha 1,1-1,2 mlrd.bosh qo’ylar bor. Aholi jon boshiga YAngi Zelandiyada 
15 ta, Avstraliyada 7,5 ta qo’y va echkilar to’g’ri keladi (2006 y). 
Jun yetishtirishda yetakchi davlatlar: 
1. Avstraliya (yiliga 762 ming t. dan ortiq) 
2. YAngi Zelandiya 
3. Xitoy 
4. Rossiya 
5. Qozog’iston 


59 
Jun eksport qiluvchi asosiy davlatlar: Avstraliya,Argentina,Yangi Zelandiya,JAR. 
Importchilar: Horijiy Yevropa,AQSH,Yaponiya. 
Cho’chqachilik (svinovodstvo) jahonda yetishtiriladigan go’shtning 2/5 qismini 
beradi.Cho’chqachilik 
aholi 
zich 
joylarda,sanoat 
markazlarida 
kartoshka 
yetishtiriladigan joylarda rivojlangan.Cho’chqa 6-7 ming yil ilgari xonakilashtirilgan 
(kabandan).Cho’chqa tez semiradi va o’sadi,ovqat tanlamaydi,tez ko’payadi,go’shti 
va yog’ini kalloriyasi yuqori.Urg’ochisi 260 kg, erkag 350 kg gacha 
semiradi.Yoshlari 6 oyda 100kg gacha semiradi. 
Jahonda jami 950 mln.bosh (2006 y) cho’chqa bo’lib,shuni 40%i Xitoyga, 8%i 
MDHga, qolgani boshqa davlatlarga to’g’ri keladi. 
Yilqichilik 
(konevodstvo).Yovvoyi 
ot-tarpandan 
5-6 
ming 
yil 
ilgari 
xonakilashtirilgan.Hozirda xonaki otlarning 200dan ortiq zoti ma’lum. 
Otlar asosan miniladi,aravaga qo’shiladi,og’ir yuk tortadi.Sutidan qimiz 
tayyorlanadi.Qonidan shifobahsh preparatlar va zardob tayyorlanadi. 
Ot zotlari: Orlov yo’rtoqchisi,Vladimir,Don,Budyoniy.Rus zotlari.Vladimir zoti.22,5 
t.yuk tashigan. 
Bug’uchilik(olenovodstvo) shimol xalqlari hayotida katta ahamiyatga ega.Shimol 
bug’ulari go’sht,teri,sut,shohi va ulov hayvoni sifatida boqiladi.Asosan tundra va 
o’rmon-tundrada ya’ni Rossiya va Kanada hududlarida boqiladi. 
Tuyachilik (verblyudovodstvo) tropik va subtropik cho’l va chala cho’llarda 
rivojlangan.”Sahro kemasi” Osiyoda 2 o’rkachli,Arabiston yarim oroli va Afrikada 
bir o’rkachli tuyalar yashaydi.Tuyalar go’shti,suti,terisi,juni uchun va transport 
sifatida boqiladi.Janubiy Amerikada o’rkachsiz tuya-lama tog’da asosiy transport 
hisoblanadi. 
Asalarichilik (pchelovodstvo), pillachilik (shelkovodstvo)-Xitoy, YAponiya, 
Italiya, O’rta Osiyo davlatlarida yaxshi rivojlangan. 
Parrandachilik-Janubiy-sharqiy Osiyo davlatlarida (broyler xo’jaligi) yaxshi 
rivojlangan. 
Darrandachilik-mo’ynasi uchun tulki, quyon, norka, sabol, ondatra, nutriya 
kabilarni boqishdir. Bu tarmoq shimoliy rivojlangan mamalakatlarda yaxshi rivoj 
topgan. 
Baliq ovlash bilan insoniyat qadimdan shug’ullanib kelgan.Hozirda dunyoda 
15mln kishi baliq ovlash bilan shug’ullanadi.Dunyoda yillik ovlanadigan baliq va 
boshqa dengiz mahsulotlari (krab,krevetka,qisqichbaqa,omar,molyuskalar,dengiz suv 
o’tlari(laminariya,dengiz karami)) 100mln.t. tashkil qiladi.Bu mahsulotlarning 
90%ini dengiz va okeanlarda baliq tutish tashkil etsa, 10%ini chuchuk suvlardan 
ovlanadigan baliqlar tashkil etadi.Dengiz organizmlarining oqsillari mol va parranda 
oqsillaridan qolishmaydi.Va insoniyatning oqsilga bo’lgan talabini 1/4 qismini 
ta’minlaydi.Baliq va boshqa dengiz mahsulotlari rivojlanayotgan mamlakatlar 
aholisining iste’molida asosiy o’rin tutadi.Jahonda tutiladigan baliqning yarmi (50%i) 
6 mamlakatga to’g’ri keladi. Ular: 
1.Yaponiya 4.AQSH 
2.Xitoy 5.Chili 
3.Rossiya 6.Peru. 


60 
Jahonda baliq asosan materik sayozliklaridan tutiladi.2-jahon urushiga qadar 
jahonda baliq tutiladigan asosiy rayon Atlantika okeanining shimoliy qismi 
bo’lgan.XX asrning 2-yarmida baliq ovlanadigan asosiy rayon Tinch okeanining 
shimoliga ko’chgan.Dunyo bo’yicha ovlanadigan jami baliq va dengiz 
mahsulotlarining 85%ini tabiiy suv havzalari,15%ini sun’iy suv havzalari beradi. 
Akvakultura-sun’iy suv havzalarida baliq va boshqa dengiz organizmlarini 
ko’paytirishdir. Akvakultura dastlab Xitoyda 4000 yil avval vujudga kelgan. 
Akvakultura 
mahsulotining 
80%ini 
Osiyo 
mamlakatlari 
(Xitoy,Yaponiya,Koreya,Tailand,Malayziya,Singapur) beradi. 
Marikultura-baliq 
va 
boshqa 
dengiz 
mahsulotlarini 
dengiz 
muhitida 
ko’paytirsh.Dunyo okeanida baliqlarning 130000 turi,o’simliklarning 10000 turi 
uchraydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin