Mavzu: Jahon quruqlik transporti.
Jahonda temir yo’lga dastlab 1825 yili Angliyada asos solingan.Temir yo’lga
Rossiyada 1837 yil,O’zbekistonda esa 1890 yil asos solingan.Temir yo’l qurish 1970
yillargacha jahonda juda tez o’sdi.Hozirda temir yo’lni yuk va yo’lovchi tashishdagi
salmog’i kamaygan bo’lsa-da, u quruqlik transportining muhim tarmog’idir.Jahon
temir yo’l turi XX asrning boshida asosan shakllangan bo’lib,hozirda uning umumiy
uzunligi 1,3mln.km atrofida (1250ming km).
Temir yo’l transporti iqlimiy sharoitlar va yil fasllari qanday bo’lishiga qaramay
hamma vaqt ishlayveradi.Uning tezligi katta,ayniqsa yuk tashish tannarxi past.Temir
yo’llarning elektrlashtirilishi,poezdlarning qatnov tezligi,og’irligi,temir yo’llarning
yuk o’tkazish qobiliyati,ya’ni ularning ish unumini,ekologik muammoni oshiradi.
Elektrlashtirilgan temir yo’llarning uzunligi jihatdan jahondagi yetakchi davlatlar:
1.AQSH 4. Fransiya
2.Rossiya 5. Italiya
3. Germaniya
Temir yo’llar maydoni yirik mamlakatlarda boshqa transport turlariga qaraganda
katta iqtisodiy foyda keltiradi.FTI sababli poezdlarning qatnov tezligi Fransiya va
Yaponiyada.Fransiyada 1955 yil soatiga (331km),1981 yil 380km.1990 yil atrofida
515km tezlikda yuradi.Parij-Bordo 350km.s.
Jahonda tashiladigan jami yukning 16%i,yo’lovchining 11%i temir yo’l
transportida
tashiladi.Lekin
ayrim
davlatlarda
bu
ko’rsatkich
63
boshqacharoq.Masalan:Rossiyada
jami
tashiladigan
yukning
55%i,AQSHda
30,3%i,Fransiyada 10,6%i,Yaponiyada 0,2%i temir yo’llarida tashiladi.Jami
yo’lovchining esa Rossiyada 33,2%i, Yaponiyada 33,9%i,Fransiyada 9%i,AQSHda
0,2%i temir yo’llarda tashiladi.
Temir yo’llarda yuk tashish tannarxi bir xil emas.Agar temir yo’llar tekislikdan
o’tgan bo’lsa,yuklar ko’p va uzoq masofaga tashilsa va temir yo’llar elektrlashtirilgan
bo’lsa bunday yo’llarda yuk tashish tannarxi arzonga tushadi.Aksincha
elektrlashtirilmagan,relefi murakkab va oz yuk qisqa masofaga tashilsa,tannarxi
yuqori bo’ladi.
Temir
yo’llar
bir
yo’lli
va
ikki
yo’lli,bir
izli
va
ikki
izli
bo’ladi.Masalan:O’zbekiston temir yo’llarining barchasi bir yo’lli. YAponiyada bir
izli temir yo’llar ko’p.
Temir yo’llar: iqtisodiy,turistik,siyosiy va harbiy strategik ahamiyatga ega.
Temir yo’l paromlari va tonellari temir yo’llarda yuk va yo’lovchi tashishni bir
necha marta tezlashtiradi, vaqt,yoqig’i va ehtiyot qismlarni tejaydi.Masalan: Boku-
Krasnovodsk. Harbiy - Gruzin yo’li.Jahonda 140 mamlakatda temir yo’li bo’lsa-
da,ularning ichida “birinchi oltilik” davlatlari hissasiga temir yo’llar umumiy
uzunligining yarmi to’g’ri keladi.Ular: AQSH (265000km),MDH (145000km),
Kanada,Hindiston, Xitoy, Avstraliya.
Temir yo’l tarmoqlarining zichligi (100km
2
joyga 10km) bo’yicha Horijiy Evropa
davlatlari ajralib turadi.Ayni vaqtda temir yo’l tarmoqlari juda siyrak yoki mutlaqo
yo’q (30davlat asosan Yaqin Sharq va G’arbiy Afrikada) davlatlar ham mavjud.
Temir
yo’l
tarmoqlarining
zichligiga
ko’ra
jahonda
Germaniya,Shveysariya,Chexiya ajralib turadi.AQSH va Buyuk Britaniyada temir
yo’llar qisqarmoqda.
Avtomobil transporti-XX asr transporti hisoblanadi.Bu transport istalgan tomonga
bora oladigan eng qulay transportdir.U yuklarni yo’lda tushirib ortmay bevosita
iste’molchiga to’g’ri etkazib bera oladi.
Avtomobil transporti sanoat va qishloq xo’jalik korxonalarini magistral transport
bilan bog’laydi.Shahar atrofida va qisqa masofaga yuk tashishda eng afzal transport
hisoblanadi.Shuningdek tog’ oldi va tog’li rayonlar uchun katta ahamiyatga ega.
Avtomobil yo’llarining uzunligi tobora ortib bormoqda va hozirda 25 mln.km ga
yaqinlashdi.Uning taxminan yarmi 5 mamlakat: AQSH, MDH, Hind, Xitoy,
Yaponiyaga to’g’ri keladi.Avtoyo’llar texnik holati,mavqei avtomobil qatnoviga
iqtisodiy,siyosiy va harbiy ahamiyatga ko’ra dunyo ahamiyatiga molik,davlat
ahamiyatiga, viloyat (shtat,prov.) ahamiyatiga,rayon va mahalliy ahamiyatga ega
yo’llarga bo’linadi.Temir-beton,asfalt,tosh,grunt yo’llar.
Avtomobillashtirish AQSHda yuksak darajaga etgan bu mamlakatda har 1000
kishiga 600 avtomobil to’g’ri keladi.Horijiy Yevropa davlatlarida esa 1000 kishiga
300-400 avtomobil to’g’ri keladi.Avtoyo’llarning uzunligi MDHda 1346000km
bo’lib,shundan 927000km qattiq qoplamalidir.
Jahon avtoparklarining 50%i AQSH hissasiga to’g’ri keladi.Shuningdek AQSHda
barcha yukning 25,4% yo’lovchilarning 88,2%i avtotransportda tashiladi.AQSH
avtomobil ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda 2-o’rinda,import bo’yicha 1-o’rinda
turadi.
64
Jahon avtoyo’llari,avtoparklar va avtotransportda yuk tashishning 90%i
rivojlangan davlatlarga to’g’ri keladi.Ya’ni jahonda tashiladigan jami yukning
8%i,yo’lovchining 80%i avtotransportda tashiladi.Lekin bu ko’rsatkich turli
davlatlarda turlicha.Masalan: tashiladigan jami yukning AQSHda 25,4%i, Fransiyada
21,2%i, Yaponiyada 7,4%i, Rossiyada 1,5%i, yo’lovchining esa AQSHda 88,2%i,
Fransiyada 84,2%i, Yaponiyada 56,9%i, Rossiyada 33%i avtotransportga to’g’ri
keladi.
Dostları ilə paylaş: |