Жаxон географияси маърузалар



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/71
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#195823
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   71
Jabborov A.M. Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi

Mavzu: Daryo transporti. 
Ichki suv transporti-transportning eng qadimgi turidir.Mazkur transport yuk va 
yo’lovchi tashishda, yo’llarning umumiy uzunligi (550000 km 2006 y) bo’yicha 
jahon transport sistemasida oxirgi o’rinlarda turadi.Yukning 2%i, yo’lovchining 
0,5%i shu transportda tashiladi.Ichki suv transportining rivojlanishi va joylashishi
birinchi navbatda kemalar suza oladigan daryo hamda ko’llarning bor-yo’qligiga 
bog’liq. 
Quruqlik transportiga qaraganda daryo transportining kamchiliklari bo’lishiga 
qaramay,ba’zi hududlarda daryo transporti xal qiluvchi rol
ь
o’ynaydi.Masalan: 
Sibirda, Amazoniyada. 
Daryo kemalari ko’p yuk ko’taradi va tashiladigan yuk birligiga energiyani temir 
yo’lga nisbatan deyarli 6 marta kam sarflaydi.Shu sababli daryolarda hajmi katta, 
miqdori ko’p va tez olib borishi talab etilmaydigan yuklar tashish iqtisodiy jihatdan 
foydali. 
Daryo transportida tashiladigan yuk tannarxiga sharsharalar, ostonalar va 
daryolarning sayzligi salbiy ta’sir ko’rsatadi.mazkur to’siqlarga FTI sababli 
birmuncha barham berilmoqda. 


68 
Amazonka, Missisipi, Ob, Yenisey, Kongo kabi daryolarning transport 
imkoniyatlari yirik temir yo’l transporti imkoniyatlaridan ham ortiq.Biroq bu 
imkoniyat va sharoitdan foydalanish iqtisodiy rivojlanishning umumiy darajasiga 
bog’liq.Shuning uchun dunyoda ichki suv yo’llarida yuk tashishda AQSH, Rossiya, 
Kanada, Germaniya, Fransiya, Niderlandiya, Xitoy ajralib turadi.Ayni paytda Osiy, 
Afrika, Lotin Amerikasining juda katta daryo shahobchalariga jahon ichki suv 
yo’llarida tashiladigan yukning 5%i to’g’ri keladi. 
Ichki suv yo’llarning uzunligiga ko’ra 1/10qismi sun’iy suv yo’llariga to’g’ri 
keladi.Ularning eng kattalari AQSH, Xitoy, Rossiyada joylashgan. 
Ko’l kema qatnovining eng asosiy rayoni AQSH va Kanadadagi Buyuk ko’llar 
bo’lib, bu ko’llar San-Lavrentiy chuqurlatma kanali orqali okeanga tutash.Bu yo’l 
orqali dengiz kemalari quruqlik ichkarisiga 4000 km ga kira oladi. 
MDHdagi asosiy daryo yo’li Volga-Kama havzasi bo’lib, undan tashqari Dnepr, 
Don va Sibir daryolari katta ahamiyatga ega.Ko’llaridan Ladoga (II-jahon urushi 
yillarida sobiq Leningrad shahri uchun 900 kunlik blokadada “hayot yo’li” bo’lgan), 
Onega, Kaspiy dengiz ko’li, Balxash, Baykal muhim o’rin tutadi.O’zbekistonda 
asosan Amudaryo, Sirdaryoda esa qisman suv transporti mavjud bo’lib, boshqa 
transport tarmoqlarining taraqqiy etishi munosabati bilan suv transportining 
ahamiyati tobora pasayib bormoqda. 
Orol dengizida kema qatnovi 1980 yillargacha mavjud bo’lib, keyingi yillarda 
to’xtab qolgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin