71
Horijiy Yevropaning iqtisodiy qudratini “ettilik”ka kiruvchi 4mamlakat ularning
ichida esa Germaniya belgilaydi.Boshqa mamlakatlardan Ispaniya, Gollandiya,
Shveysariya, Belgiya va Svesiya ham katta iqtisodiy mavqega ega,
lekin ularning
iqtisodiyoti “ettilik”ka kiruvchilardan dunyoda tan olingan ayrim tarmoqlarga
ixtisoslashganligi bilan ajralib turadi. Horijiy Yevropa iqtisodiyotida Sarqiy Yevropa
davlatlari alohida ajralib turadi.Ularda iqtisodiyotni sobiq sosialistik tizimdagi
markazdan planlashtirishdan, bozor iqtisodiyoti tamoillariga asoslangan tizimga
o’tilmoqda.
Horijiy Yevropa sanoatidagi yetakchi tarmoqlar Quyidagilar:
1.Mashinasozlik. Horijiy Yevropa-mashinasozlik vatanidir.Region jami sanoat
mahsulotining 1/3qismi va eksportining 2/3qismi mashinasozlikka to’g’ri
keladi.Avtomobil sanoati ayniqsa yaxshi rivojlangan.”Reno” (Fransiya), Folksvagen,
Mersedes (GFR), “Fiat” (Italiya), “Volvo” (Svesiya), Tatra (Cexiya), “Ikarus”
(Vengriya) avtomobillar dunyoga mashhur.Mashinasozlikni mazkur regionda yuksak
darajaga etishi uchun bu erda
malakali mehnat resurslari, kuchli ilmiy-texnik baza,
infrastruktura mavjud.Mashinasozlik kuchli rivojlangan rayonlar (London, Glazgo,
Birmingem, Budapesht, Reyn-Rur) bilan bir qatorda mashinasozlik tarqoq joylashgan
hududlar ham (Ispaniya, Islandiya, Albaniya) mavjud.
2.Mashinasozlikdan so’ng ximiya sanoati turadi.Bu sohada Horijiy Yevropadagina
emas balki butun dunyoda GFR ajralib turadi.Ximiya sanoati dastlab (2-jahon
urushiga qadar) ko’mir, kaliy va osh tuzlariga asoslanibbunday qazilmalar joylashgan
rayonlarda tashkil topgan bo’lsa, SN xom-ashyosiga asoslana boshlanishi bilan u endi
neft va gaz konlari yaqinlarida va neft-gaz quvurlari (trassa) bo’ylarida tarkib topa
boshladi.Neft-gazga asoslangan ximiya sanoati tarmoqlari Horijiy Yevropaning
g’arbiy qismida asosan dengiz va daryo bo’ylarida (port shaharlarda), sharqiy
qismida esa xalqaro neft va gaz quvurlari trassalari o’tgan
joylarda
to’plangan.Bunday holatlarga asosiy sabab Horijiy Yevropa davlatlarining chet el
neft va gaziga qaramligidir.Masalan: Chexiya, Slovakiya, Polsha, Vengriyaning
asosiy neft
ь
-kimyo korxonalari “Do’stlik”
quvuri atroflarida, Bolgariya neft-kimyo sanoati korxonalari esa Qora dengiz
bo’ylarida joylashgan.
Horijiy Yevropa yoqilg’i-energetika majmuasida, ayniqsa qo’ng’ir ko’mir (Polsha,
Chexiya, Germaniyada) etakchi o’rin tutadi.Elektr energiyaning asosiy qismini IESlar
beradi.Elektr
energiyasini
tejash
maqsadida
GAESlar
(akkumulyasiya)
qurilmoqda.Dunyodagi 1-geoGES Italiyada XX-asr boshlarida qurilgan.
Horijiy Yevropaning metallurgiya sanoati asosan metallurgiya yoqilg’isi va xom-
ashyosi bor mamlakatlarda rivojlangan.Qora metallurgiya sanoati Germaniya, Buyuk
Britaniya, Fransiya, Lyuksemburg, Pol
ь
sha, Chexiyada.
Alyuminiy
eritish Fransiya, Vengriya, Ruminiyada; elektr energiyasiga boy
davlatlar Norvegiya, Shveysariyada;
mis sanoati Germaniya, Fransiya, Polsha,
Yugoslaviyada eng rivojlangan.Shvesiya va Finlyandiya Horijiy Yevropaning asosiy
“o’rmon sexi”ga aylangan.
To’qimachilik sanoati qadimdan Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Belgiya
(ayniqsa gilam), Polsha kabi davlatlarda rivojlangan.Hozirda esa Portugaliya alohida
ajralib turadi.Poyafzal ishlab chiqarish bo’yicha esa Italiya ajralib turadi.”Kibo”.
72
Horijiy Yevropa qishloq xo’jaligida mahsulotlarni asosiy turlarini yetishtirishda
o’z ehtiyojlarini qondiribgina qolmay chet ellarga sotish harakterlidir.
Tabiiy va tarixiy sharoitlari ta’sirida regionning qishloq xo’jaligi 3tipga bo’lingan:
1.Shimoliy Yevropa tipi uchun intensiv sut chorvachiligi
va em-hashak ekinlari
etishtirish harakterli.(Buyuk Britaniya,Finlyandiya,Skandinaviya davlatlari).
2.O’rta Yevropa tipi uchun sut va sut-go’sht chorvachiligi, cho’chqachilik,
parrandachilik ustun turadi.Daniya-butun Yevropaning “sut firmasi” hisoblanadi.
3.Janubiy Yevropa tipi uchun chorvachilikka nisbatan ziroatchilik ustun
turadi.Xalqaro ixtisoslashgan tarmog’i meva-cheva, sitrus ekinlari, uzum (Fransiya,
Italiya, Vengriya), zaytun (Italiya), yong’oq (Grechskiy), tamaki, efir moylar
etishtirish bilan belgilanadi.
O’rta dengiz sohillari-butun “Yevropaning bosh bog’i”dir.Baliq tutish-Norvegiya,
Daniya va Islandiya uchun qadimdan xalqaro ixtisoslashgan tarmoq hisoblanadi.
Transporti. Horijiy Yevropa yuk tashuvchi yo’llarning uzunligi jihatidan u AQSH
va Rossiyadan orqada, lekin transport shahobchalari bilan ta’minlanganlik darajasiga
ko’ra dunyoda 1-o’rinda.Transport turlari ichida avtomobil transporti etakchi o’rin
tutadi.Temir yo’l shahobchalarini qurish deyarli to’xtagan, hatto temir yo’llar
qisqarmoqda.Transport yo’llari asosan kenglik (parallel) va meridional yo’nalishda
joylashgan.
Daryolar ichida Reyn muhim o’rin tutadi, undan tashqari Reyn-Mayn-Dunay suv
yo’li muhimdir.Turli transport yo’llarining (avto,temir,havo,suv,quvur) o’zaro
kesishgan joylarida yirik transport tugunlari vujudga keladi.Bunday tugunlar ayniqsa
Horijiy Yevropa uchun xosdir.
Horijiy Yevropa-xalqaro turizmning bosh rayonidir.Masalan: turizm bo’yicha
rekorsmen mamlakat Ispaniyaga har yili 50mln turist kelib ketadi.Eng
mashhur
turistik davlatlar qatoriga Fransiya, Italiya, Shveysariya (Jeneva bo’yi), Avstriya,
Buyuk Britaniya, Gresiya.
Turistik rekreasion rayonlarning 2tipi-dengiz bo’yi va tog’ tipi keng tarqalgan.
Dengiz bo’yi tipi uchun Liguriya dengizi bo’yi mashhur bo’lsa, tog’ tipi uchun
Alp tog’ining quyi, o’rta va yuqori mintaqasi mashhurdir.
Parij, Rim, Madrid-turistlarni o’ziga eng ko’p jalb qiluvchi shaharlardir.
Dostları ilə paylaş: