74
Ximiya sanoatida neftni qayta ishlash bazasida neft mahsulotlari va sintetik tola
ishlab chiqarish ayniqsa tez rivojlanmoqda.
Qishloq xo’jaligi. Buyuk Britaniya tabiiy sharoiti dehqonchilikdan ko’ra
chorvachilik uchun qulay.Mamlakat hududining 47%i yaylovlar, ekin maydonining
2/3qismi em-hashak va ildiz mevali o’simliklar bilan band.Tabiiy o’tloqlarga o’g’it
solinib turiladi.
Asosiy donli ekinlari: bug’doy, arpa, suli.
Asosiy texnik ekinlari: qand lavlagi.
Yalpi don hosili 25mln t., qoramol tuyog’i-12,5mln, qo’ylar-37mln, cho’chqalar-
8mln, parrandalar-131mln.
Mamlakat ichkarisidagi yuk oborotining katta qismi avtomobil transportiga to’g’ri
keladi.Avtotransport raqobati natijasida juda zich temir yo’llarning bir qismi olib
tashlanmoqda.Temir yo’llarning umumiy uzunligi 16,8ming km (elektrlashtirilgani
3,7ming km) bo’lib, katta avtoyo’llarning uzunligi 347ming km.
Buyuk Britaniya qudratli dengiz savdo va passajir flotiga ega.Havo transporti
yaxshi rivojlangan. Buyuk Britaniya hududi iqtisodiy geografik jihatidan 5 qismga
ajratiladi:
1.Janubiy qism-London atrofi.
2.Janubi-Sharq (Yashil Angliya).
3.Markaziy qism.
4.Shotlandiya.
5.Olster (Shimoliy Irlandiya).
Asosiy eksport mahsulotlari: mashina va uskunalar, samolyotlar, traktorlar,
kemalar, qurol-yaroq, jun, sintetik gazlama, po’lat va h.k.
Importi: paxta, oltingugurt, temir rudasi.
Pul birligi- funt sterling.
Dostları ilə paylaş: