65
Quvurlarni hamma joyda, istalgan yo’nalishda yotqizish mumkin, buning ustiga
uning yuborish masofasi daryo va temir yo’l transportidagiga nisbatan qisqaroq va
tannarxi pastroq bo’ladi.
FTI tufayli neft va gaz quvurlar dengizlar ostida ham yotqizilmoqda.Masalan:
Shimol dengizi va O’rta Yer dengizida.1980 yillar boshida jahonda 1-marta
qit’alararo quvur magistrali yotqizildi.Bu Jazoir-Italiya gaz quvuri bo’lib, uning
uzunligi 2,5ming km, chuqurligi 500-600 m.li dengiz tubidan o’tgan.Trassa butun
O’rta dengizni kesib o’tgan bo’lib, uning yotqizilishida maxsus kemalar qatnashgan.
Kelajakda quvurlardan suv yordamida qattiq materiallar (ko’mir,ruda)ni
maydalangan holda tashish ko’zda tutilmoqda va loyihalari ishlanmoqda.
Elektron transport-yangi va ahamiyati tez o’sib borayotgan transport
tarmog’idir.Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda yaxshi taraqqiy etgan.Lekin ayrim
rivojlanayotgan
mamlakatlarda,ayniqsa,
qoloq
Afrika
mamlakatlarida
endi
shakllanayotgan yoki butunlay shakllanmagan transport turidir.Elektron transportda
elektr energiyasi, tovush (telefon), tasvir (internet) va turli xil belgilar tashiladi.Radio
hamda teleto’lqin faks ham tashiladi.Mazkur transport turining rivojlanganlik darajasi
jahon
mamlakatlarining
iqtisodiy
rivojlanish
darajasiga
bog’liq.Elektr
stansiyalarining (GES,IES,AES) bir-biriga ulanishi natijasida energetika sistemasi
hosil bo’ladi,ya’ni elektron transport vujudga keladi.Biroq mamlakat yoki regiondagi
(mamlakatlararo) ESlarning o’zaro tutashishidan, ya’ni birlashtirilishidan YAES
(yagona energetika sistemasi) hosil bo’ladi.
YAES-iqtisodiy jihatdan katta qulaylik yaratadi.Masalan: ES buzilsa yoki
remontga to’xtasa.
Jahondagi eng yirik YAESga MDHdagi “MIR” misol.”MIR”ga ayrim Horijiy
Yevropa davlatlari ham ulangan.
Aloqa liniyalari (telefon,telegraf, faks,tele va radio to’lqinlarini tarqatish) ham
transport tarmog’i hisoblanadi.Chunki ular ham turli signal va to’lqinlarni tashiydi.
Dostları ilə paylaş: