92
Daugava (G’arbiy Dvina) daryosi oqib o’tadi. Daryoga 3 ta yirik GES qurilgan.
Foydali qazilmalardan torf katta ahamiyatga ega. O’rmonga boy.
Aholisi 2,7 mln kishi, 2,4 mln kishi (2003 y),2,3mln kishi (2006 y). Tug’ilish
koeffisienti 9‰, o’lim 14‰. 1ayolga 1,2 bola to’g’ri keladi. 15
yoshgacha
bo’lganlar salmog’i 17 %, 64 yoshdan yuqori bo’lganlar 15 %. O’rtacha umr 65-
76 yosh. YAMD 7760 $ (2001 y). Urbanizasiya darajasi 70%. Aholi zichligi 1
km
2
ga 41 kishi. Eng yirik shahari Riga (827000-96 y), Daugavapilis, Liepaya,
Elgava, Yurmala.
Sanoati. Latviya Estoniya va Litvaga nisbatan iqtisodiy jihatdan rivojlangan.
Mashinasozlik asosiy o’rin tutadi. Boltiq bo’yi davlatlari ichida yagona po’lat
eritish zavodi Liepayada joylashgan. Metalni Polsha va Rossiyadan sotib oladi.
Mashinasozlik sanoatida mikroavtobuslar (RAF), ATS lar,
elektrotexnika
jihozlari, kemalar, radiola va radiopriyomniklar ko’p chiqariladi.
Ximiya sanoatida ximiyaviy tolalar, rezina-texnika buyumlari, davolash
preparatlari ishlab chiqariladi. Mebel ishlab
chiqarish va rezina sanoati
rivojlangan. Yog’, go’sht va baliq-konserva sanoati rivojlangan.
Qishloq xo’jaligida sut chorvachiligi va cho’chqachilik rivojlangan. Mamlakat
g’arbida qand lavlagi, sharqda esa kartoshka va zig’ir ekiladi.
Dengiz transporti yaxshi rivojlangan, yirik portlari: Riga,Liepaya. Temir
yo’llari yaxshi rivojlangan. Yirik sanoat markazlari: Riga, Daugavapilis, Liepaya.
Tashqi savdosi asosan Rossiya, MDH ning boshqa davlatlari
va Horijiy Evropa
davlatlari bilan bo’ladi.
Eksporti: elektr jihozlari, radiotexnika, medisina jihozlari, baliq, o’rmon,
qog’oz.
Importi:
tabiiy gaz, neft, ko’mir, metall, g’alla, mashinalar, elektr energiya.
Xalqaro turizm rivojlangan: Riga, Yurmala. Pul birligi – lat.
Litva 4 mamlakat va Boltiq dengizi bilan chegaradosh. Maydoni 65,2 ming
km
2
. Oblastlarga bo’linmaydi. 10 uezdga bo’lingan. Temir yo’llar orqali Polsha
va Germaniya bilan bog’langan. Yirik avtoyo’llarga ega.
Aholisi 3,650 ming kishi, 3,7 (2003 y), 3,4 mln kishi (2006 y). Tug’ilish
koeffisienti 9‰, o’lim 12‰. 1 ayolga 1,2 bola to’g’ri keladi. 15 yoshgacha
bo’lganlar 19 %, 64 yoshdan yuqori bo’lgan 14 %. O’rtacha umr 66-77 yosh.
YAMD 8350 $ (2001 y). Aholi zichligi 1 km
2
ga 56 kishi. Urbanizasiya darajasi
68 %.
Asosiy foydali qazilmalari: torf, qahrabo,binokorlik materiallari. Sanoati
Latviya va Estoniyaga qaraganda kam rivojlangan. Energetika bazasining zaifligi
sanoatning rivojlanishiga to’sqinlik qiladi. Tabiiy gaz, ko’mir va torfga
ishlaydigan IES lar mavjud. Nyamunos daryosiga GES qurilgan. 2 ta AES bor.
Kam metall sarflanadigan mashinasozlik:
stanoklar, elektr asboblari, motorlar
ishlab chiqariladi. Klaypedada kemasozlik mavjud. Zig’ir tolasidan gilam to’qish
rivojlangan. O’rmon sanoati mebel, faner, qog’oz ishlab chiqaradi.
Tabiiy sharoiti qishloq xo’jaligi uchun Latviya va Estoniyaga nisbatan
qulayroq. Qishloq xo’jaligi sut chorvachiligi va cho’chqachilikka ixtisoslashgan.
Javdar, bug’doy, arpa, no’xat, zig’ir va qand lavlagi yetishtiriladi.
Yirik sanoat
93
markazlari: Vilnyus, Klaypeda, Kaunas, Shyaulyay. Tashqi savdoda MDH
davlatlari etakchi o’rin tutadi. Pul birlig – lit.
Eksporti: elektr jihozlari, priborlar, chorva va o’rmon mahsulotlari, qahrabo.
Importi: tabiiy gaz, neft, metall, g’alla, mashinalar, elektr energiyasi.
Dostları ilə paylaş: