97
ma’muriy jihatdan 40 ta rayon va respublikaga bo’ysunuvchi 4 ta shahardan
iborat: Kishnyov (662000), Tiraspol, Belsi, Benderi.
Moldaviya foydali qazilmalarga juda kambag’al, faqat ohaktosh konlari bor.
Moldaviyaning asosiy boyligi tuproq iqlim resurslaridar.
Uzoq davom etadigan
iliq yoz, kuzning kamyog’inligi va qishning qisqa hamda yumshoq bo’lishi, qora
tuproqlari tokchilik, bog’dorchilik, polizchilikni riqojlanishi uchun qulay. XGMT
da Moldaviya – bog’ respublikasi deb nom olgan. Hududining 12 % dan ortig’ini
bog’ va tokzorlar tashkil etadi.
Aholisi 4200 000 (1986 y), 4,3 mln (2003 y) kishi. Tug’ilish koeffisienti 9 ‰,
o’lim 9‰. 1 ayolga 1,3 bola to’g’ri keladi. 15 yoshgacha bo’lganlar salmog’i
22%, 64 yoshdan yuqori bo’lganlar 10 % . O’rtacha umr 65-72 yosh. YAMD
2300$ (2001 y). Aholisining asoisy qismini moldavianlar tashkil etadi, ulardan
tashqari ruslar, ukrainlar va yaxudiylar yashaydi. Aholi zichligi 1 km
2
ga – 124,6
kishi bo’lib, MDH bo’yicha birinchi o’rinda turadi. Urbanizasiya darajasi 45 % ga
etadi, aholisining asosiy qismi qishloqlarda yashashiga
asosiy sabab qadimdan
dehqonchilikni rivojlanganligidir. Millioner shaharlari yo’q, eng yirik shahari –
Kishnyov (663 ming).
Sanoat tarmoqlaridan intensiv qishloq ho’jaligiga asoslangan oziq-ovqat
sanoati muhim ahamiyatga ega. Haydaladigan erlar Moldaviya hududining 60 %
dan ko’pini egallaydi.
Ixtisoslashgan tarmoqlari uzumchilik va bog’dorchilik bo’lib, uzum, meva,
tamaki etishtirganligi va atirgul moyi tayyorlash ajralib turadi. Bog’dorchilikdagi
asosiy rayon Moldaviyaning markaziy qismi, ya’ni Kodra pasttekisligidir. Kodra
bog’larida: olma, nok, behi, gilos, o’rik, yong’oq kabi mevalar yetishtiriladi.
Donli ekinlardan kuzgi bug’doy, makkajo’xori, arpa; texnik ekinlardan:
kungaboqa, qand lavlagi, tamaki, efir moyli ekinlar ko’p yetishtiriladi. Efir moyi
parfimeriya va ponditer sanoatida ishlatiladi.
Vinochilik, meva, konserva, sabzavot-konserva, tamaki va qand shakar sanoat
korxonalari Moldaviyaning barcha sanoat mahsulotining yarmidan ko’prog’ini
beradi.
Qishloq xo’jaligi vqa oziq-ovqat sanoatiga
yordamchi ishlab chiqarish
korxonalari: bog’-poliz mini traktorlari va moslamalari, vino va konserva sanoati
uchun asbob-uskunalar, shisha idishlar va binokorlik materiallari ishlab chiqarish
rivojlanib bormoqda.
Sanoatida asosan elektrotexnika, asbobsozlik, kun poyabzal, sement sanoatlari
rivojlanmoqda. Xo’jalikka Dnestr daryosidagi Dubossari GES i va Moldaviya
GRESi energiya beradi. Bu GRES Ukraina tabiiy gaziga asoslangan. Elektr
energiyasini chetdan keltiradi.
Asosiy transporti temir yo’llar bo’lib, asosiy yuklar tashiladi. Avtotransport esa
qishloq xo’jaligi bilan sanoat orasidagi yuklarni tashiydi. Asosiy eksporti: bog’
traktorlari, konservalar (meva-sabzavot), vino, shakar-qand, uzum, efir moyi.
Importi:
avtomobillar, traktorlar, kombaynlar (g’alla, makkajo’xori, silos va
lavlagi yig’uvchi),
neft mahsulotlari, o’g’itlar, yog’och-taxta, yonuvchi gaz,
yomg’irlatib sug’oruvchi apparatlar, elektr energiyasi.
Tashqi savdo oborotida Ukraina,Rossiya muhim o’rin tutadi. Pul birligi – ley.