Жаxон географияси маърузалар


Mavzu: Ozarbayjon Respublikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/71
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#195823
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   71
Jabborov A.M. Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi

Mavzu: Ozarbayjon Respublikasi. 
 
Ozarbayjon Respublikasi Zavkavkazening sharqida joylashgan bo’lib, hududi va 
aholisi soniga ko’ra Guruziya va Armanistondan katta. Maydoni 86,6 ming km
2
siyosiy – ma’muriy jihatidan Nanichevan avtonom respublikasi 64 rayondan 
tashkil topgan. Ozarbayjon shimoldan Dog’iston respublikasi, sharqdan kaspiy 
dengizi, janubdan Eron, g’arbdan esa Armaniston, Guruziya bilan chegaradosh. 
Iqtisodiy – geografik o’rni baholanganda Kaspiy dengizi sohillari yuqori 
baholanadi, chunki, Kaspiy orqali Rossiyaning markaziy rayonlari bilan, 
Qozog’iston, Tukrmaniston, Eron rempublikalari bilan bog’langan. Ozarbayjon 
hududining asosiy qismini Qura – Araks pasttekisligi va Shirvan tekisligi 
egallagan. Ozarbayjon hududi Qora dengizdan kichik Kavkaz tog’lari orqali 
to’silganligi sababli iqlimi arid, sug’orib dehqonchilik qilishni talab etadi. Asosiy 
daryolari Qura, Araks va uning irmoqlaridir. Minchechaur,Araks kabi suv 
omborlari va Samur – Apsheron kanalini qishloq xo’jaligidagi ahamiyati katta. 


100 
Tabiiy boyliklardan Ozarbayjon hududida nef’t, tabiiy gaz, temir rudasi, alunit 
uchraydi. Asosiy boyligi nef’t, shuning uchun HGMT da Boku nef’tchilar shahri 
deb tan olinadi.
Nef’t asosan Apsheron yarim oroli va uning atrofidan, Kaspiy dengizi tubidan 
qazib olinadi. Neftyanie Kaini koni Ozarbayjondagi eng yirik gaz konidir. 
Ozarbayjon nef’tining 60% i dengiz tubidan qazib olinadi. Shunga qaramay 
mamlakatda nef’t qazib olish yil sayin kamaymoqda. Sababi nef’t qazib olish 
Ozarbayjonda XIX asrning o’rtalaridan boshlangan, tabiiy gaz qazib olish esa 
1928 yildan boshlangan. Shuningdek Boku nef’ti 5 ming metr chuqurlikdan qazib 
olinadi. Boku nef’tining tan narxi qimmat, lekin sifati yaxshi, toza aralashmalarsiz 
bo’lganligi uchun uni “oq nef’t” deyishadi. 
Temir rudasi Dashkesan konidan qazib olinadi, uning bir qismi Ozarbayjonda, bir 
qismi Guruziyada eritilinadi. Alunit esa Alunit dog’da qazib olinada va Sungant 
shahrida eritiladi. Mamlakatda boshqa tabiiy resurslar uchramaydi.
Aholisi – 7553000 (1996 y), 8,2 mln kishi (2003 y) bo’lib, aholi zichligi 1km

ga -87 kishi. Tug’ilish koeffisenti 14‰ li, o’lim 6‰ li, bir ayolga 1,9 bola to’g’ri 
keladi. 15 yoshgacha bo’lganlar salmog’i 29%, 64 yoshdan yuqori bo’lganlar 
16%, o’rtacha umr 69-75 yosh. YAMD 2890 dollar (2001 y).Aholisining asosiy 
qismi ozarbayjonlar, qisman ruslar. Urbanizasiya darajasi bo’yicha MDH ning 
Evropa qismida eng past ya’ni 54 % ni tashkil etadi. Ozarbayjon respublika 
sifatida 1920 yil tashkil topgan, lekin mustaqillikka erishgandan so’ng (1990y) bir 
qator milliy nizolar bo’lib o’tdi. Tog’li – Qorabog’ agronom oblast markazi 
Stepana – kert – Xankendi bo’ldi va Agronom oblast bekor qilindi. Naxichevan
va Dog’iston mojarolari. 
Millioner shaharlari: faqat Boku – 1081000. Yirik shaharlari: Genja 
(Kirovobod) – 282 000, Sumgant – 236 000, Minchechaur – 91 000 kishi. Davlat 
tili – ozarbayjon, boshqarilish shakli – respublika. Ozarbayjon respublikasi asosiy 
sanoat tarmoqlari: neftni qayta ishlash, ximiya sanoati va mashinasozlik sanoati 
bo’lib, ularning taraqqiy etishi neft qazib olish bilan bog’liq.
Neftni qayta ishlash sanoati Bokuda joylashgan bo’lib, u butun Ozarbayjon 
neftini hatto chet el neftini (Qozog’iston, Turkmaniston) qayta ishlaydi. Shuning 
uchun Boku ilgari Qora Boku deb atalgan. Qayta ishlangan neft mahsulotlari 
Armaniston, Gruziya, Rossiya va chet ellarga sotiladi. 
Ximiya sanoati esa neft chiqindilaridan sintetik kauchuk, smola, shina, 
erituvchi moddalar va motor moylarini ishlab chiqaradi. Ximiya sanoatini yirik 
markazlari: Boku, Sumgant va Neftechalada joylashgan. 
Mashinasiozlik sanoati mahsulotlarining 25 % ini neft va gaz sanoati jihozlari: 
burg’u mashinalari va burg’u ustunlari, suzuvchi burg’u moslamalari va nasoslari, 
burg’u quduq jihozlari tashkil etadi. Mashinasozlik sanoati yana priborlar (GRP, 
gaz kranlar va h.k), elektro va radio texnikalarni ishlab chiqaradi. Mashinasiozlik 
sanoati markazlari: Boku, Mingechaur, Genja, Xankendi. 
Qora metallurgiya sanoatining markazlari Sumgant shahri bo’lib, u erdan neft 
sanoati uchun quvurlar va prokat ishlab chiqariladi. 


101 
Aholi va sanoatni elektr energiyasi bilan ta’minlashda Minchechaur va 
Shamxor GES lari, Ali-Bayram (tabiiy gaz), Boku va Sumgant IES lari (mazut) 
ning ahamiyati yuqori. 
Baliq ovlash Kaspiy sohillarida rivojlangan bo’lib, baliq-konserva sanoati 
Boku, Sumgant, Bank, Lenkoran shaharlarida mavjud. 
Qishloq xo’jaligi intensiv xarakterga ega. Dehqonchilik ustun turadi. 
Ozarbayjonda paxta, sholi, bug’doy, uzm tamaki, choy etishtiriladi. Bog’dorchilik 
va ipakchilik rivojlangan. Choy va subtropik ekinlar Lenkoran pasttekisligda 
etishtiriladi. Katta va Kichik Kavkaz tog’ etaklarida Ozarbayjon uzumzorlarini 
60% i joylashgan. Talish tog’i. 
Asosiy eksporti: neft, neft mahsulotlari, gaz, neft sanoati uskunalari va 
jihozdari, neft quvurlari, meva-cheva konservalari. 
Asosiy importi: metall, ko’mir, mashina, o’rmon. 
Ozarbayjonda dengiz bo’yi turizmi rivojlanmoqda. 
Pul birligi – manat. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin