Жаxон географияси маърузалар


Mavzu:Yaponiya xo’jaligiga umumiy iqtisodiy geografik ta’rif



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/71
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#195823
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   71
Jabborov A.M. Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi

Mavzu:Yaponiya xo’jaligiga umumiy iqtisodiy geografik ta’rif. 
 
Yaponlar o’z mamlakatini qadimdan Nippon yoki Nixon deb atashadi.Bu 
so’zlarning ma’nosi “quyosh” yoki “asos” demakdir.Yaponiyani ko’pchilik 
“Quyosh chiqadigan mamlakat” deb atashadi.Ramziy belgi sifatida davlat 
bayrog’iga 
quyosh 
tasviri 
tushirilgan.Yuqoridagi 
holatlarning 
barchasi 
Yaponiyaning tabiiy geografik o’rniga mos tushadi.180
0
5-soat farq.Yaponiya-
Osiyoning sharqida asosan materik orollarida joylashgan davlat bo’lib, u 4 ta yirik 
orol (Xonsyu, Xokkaydo, Kyusyu, Sikoku) va to’rt mingta mayda orollardan 
tashkil topgan.Yaponiya orollari 3,5 ming km ga cho’zilgan bo’lib, 20
0
25
1
va 
45
0
33
1
shimoliy kenglik, 122
0
56
1
va 153
0
59
1
sharqiy uzunlikda joylashgan.Yapon 
orollarini shimoldan Oxota dengizi, janubdan Fillipin dengizi, janubi-g’arbdan 
Sharqiy Xitoy dengizi, g’arbdan Yapon dengizi va Koreya bo’g’ozi, sharqdan 
Tinch okeani o’rab turadi. 
Yaponiya Evrosiyo va Tinch okeani litosfera plitalarida to’qnashgan joyda 
joylashganligi uchun birinchi darajali seysmik va vulkanik mintaqa 
hisoblanadi.Yaponiya hududida tez-tez zilzila bo’lishidan tashqari 188 ga yaqin 
vulqonlar joylashgan, ulardan 40 tasi harakatdagi vulqonlardir.Yaponiya 
sohillarida tez-tez sunami va tayfunlar bo’lib turadi, musson yomg’irlari 
kuzatiladi. 
Mamlakat maydoni 372,2 ming km
2
bo’lib, u maydoniga ko’ra AQSHning 
Kaliforniya shtatiga teng yoki O’zbekiston Respublikasi maydonidan 77 ming km
2
ga kichik. 
Yaponiyaning iqtisodiy geografik o’rni avvalo orollarda joylashganligi va 
materikka yaqinligi bilan belgilanadi.Bu avvalo Yaponiyani Rossiya Fedarasiyasi, 
XXR va “Osiyo yo’lbarsi” davlatlariga yaqinligi bilan izohlanadi.Ayni paytda 


102 
Yaponiya Osiyo-Tinch okeani regionining markazidir.Bu holatlar mamlakatni 
xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etishi uchun juda katta imkoniyatlar yaratadi. 
Yaponiya xukumati bilan Rossiya xukumati orasida Shikotan oroli majorasi 
mavjud. 
Yaponiya hududini 3/4 qismini tog’lar va qir-adirlar egallagan.Eng katta 
pastekisligi Toxio qo’ltig’i bo’yidagi Konto pastekisligidir.Tog’lar Saxalin oroli 
va Kuril orollaridagi tog’larning davomi bo’lib, ular shimol va shimoli-sharqdan, 
janub va janubi-g’arbga cho’zilgan.Eng baland cho’qqisi Fudziyama vulqoni 
(3776m.) hisoblanadi.Pastekisliklar asosan sohillarda joylashgan bo’lib, ular 
mamlakat hududini 15%ini tashkil etadi. 
Yaponiyani shimol qismi (Xokkaydo oroli, Xonsyu orolini shimoli) mo’’tadil, 
janubiy qismi (Xonsyu orolining janubi, Kyusyu, Sikoku, Ryukyu) subtropik 
iqlim mintaqasida joylashgan.Barcha hududi musson iqlim tipiga ega.Yillik 
yog’in miqdori 1000 mm dan (Xokkaydo orolining sharqida) 3800 mm gacha 
(markaziy Xonsyu tizmalarida).Qor butun Yaponiya hududida yog’adi, qor 
qoplami qalinligi mamlakat shimoli-g’arbida 4,5 m gacha etadi.Daryo tarmoqlari 
zich, lekin qisqa tog’ daryolaridir.Eng yirik daryolari-Sinano, Tone, Kitakami, 
Isikari. 
Yaponiya o’rmon resurslariga boy mamlakatlardan hisoblanadi.Hududining 
2/3 qismidan ko’prog’ini o’rmonlar egallagan.O’rmonlarini 1/3 qismini sun’iy 
o’rmonlar tashkil etadi.Igna bargli o’rmonlar jami o’rmonlarning 1/2 qismini 
egallagan.Yaponiya florasida 2750 o’simlik turi uchraydi, shundan 168 tasi daraxt 
o’simliklaridir.Faunasidagi endem turlarga: yapon maxakasi, qiziltumshuq 
maymun, ayiq, quyon, olmaxon, yapon xoldor bug’usi, ko’rshapalak, ko’pgina 
qushlar kiradi.Ryukyu oroli sut emizuvchilarga kambag’al.Yaponiya hududida sut 
emizuvchilarning 270 turi, qushlarning 800 turi, sudralib yuruvchilarning 110 turi, 
dengiz sohillarida esa baliqlarning 600 turi, molyuskalarning 1000dan ortiq turi 
uchraydi. 
Yaponiya mineral resurslarga kambag’al.Mamlakat hududida toshko’mir, mis, 
oltingugurt, marganes, neft, tabiiy gaz, oltin kabi foydali qazilmalar 
uchraydi.Lekin ular mamlakat extiyojini qondirmaydi.Yoki ularni qazib olish 
chetdan import qilishga nisbatan qimmatga tushadi.Shuning uchun Yaponiya 
importining 49% ini yoqilg’ilar, 13 % ini ruda va boshqa xom-ashyolar tashkil 
etadi.Shu bilan birga Yaponiya boy dengiz, geotermal, gidroenergiya va agroiqlim 
resurslariga ega. 
Keyingi 
vaqtdarda 
Yaponiya 
rekrasion 
resurslarga 
katta 
e’tibor 
qaratmoqda.Hozirda mamlakatda milliy bog’lar soni 25 taga etadi, 1973 yil 
birinchi suv osti parki tashkil qilingan. 
Yaponiya aholi soniga ko’ra dunyoda 10-o’rinda turadi, 2003 yilda uning 
aholisi 127,5 mln. kishiga yetdi.Aholisining tabiiy ko’payishi jihatidan Yaponiya 
“demografik tanglik” tipidagi davlat hisoblanadi.2001 yil ma’lumotiga ko’ra 
mamlakatda tug’ilish koeffisenti 9%
0
, o’lim koeffisenti 8%
0
ni tashkil etadi.Agar 
tug’ilish va o’lim orasidagi nisbat shu holatda ketsa, Rossiya va Fransiya 
demograflarining ma’lumotlariga ko’ra Yaponiya aholisining soni 2025 yil 121 
mln. kishi bo’lishi prognoz qilinmoqda.2001 yil ma’lumotiga ko’ra davlatda har 


103 
bir ayolga 1,3 bola to’g’ri keladi.15 yoshgacha bo’lganlar soni dunyo bo’yicha 
umumiy aholini 30 % ini, O’zbekistonda 38 % ni, Yaponiyada esa 15 % ni tashkil 
yetadi.64 yoshdan yuqorilar esa dunyo bo’yicha
7 % ni, O’zbekistonda 4 % ni, Yaponiyada esa 17 % ni tashkil etadi.O’rtacha umr 
ko’rish dunyo bo’yicha erkaklarda 65 yoshni, ayollarda 69 yoshni (O’zbekistonda 
esa 68-73 yosh) tashkil etgani holda, bu ko’rsatkich Yaponiyada dunyo bo’yicha 
eng yuqorini, ya’ni erkaklarda 77 yoshni, ayollarda 84 yoshni, o’rtacha esa 81 
yoshni tashkil etadi.Yaponiya bolalar o’limi ko’rsatkichi eng past bo’lgan sog’lom 
odamlar millati mamlakatidir.Dunyo bo’yicha bolalar o’limi ko’rsatkichi 1000 
chaqaloqqa 56 kishini tashkil etgani holatida, bu ko’rsatkich Angolada 198 
kishini, O’zbekistonda 20 kishini, Yaponiyada 3 kishini tashkil etadi.Bunda davlat 
demografik siyosati katta rol o’ynaydi, ya’ni oilani rejalashtirish va kechroq 
turmushga chiqishni targ’ib qilinishi. 
Yaponiya aholisining milliy tarkibiga ko’ra tipik bir millatli (99% yapon) 
davlatdir.Yapon xalqining etnogenezi xaligacha to’liq aniqlanmagan.Yapon 
orollarida ilgari odam yashamagan, neolit davrida Indoneziya orollaridan ko’chib 
kelgan aynlar va qit’adan kelgan koreyslar aralashib murakkab etnik gruppani 
vujudga keltirgan.Mamlakatda yaponlardan tashqari koreyslar, xuasyalar va aynlar 
yashaydi. 
Yapon tili juda o’ziga xos bo’lib, jahondagi til oilalaridan birontasiga 
kirmaydi.Yapon yozuvi tizimi ham ancha murakkab bo’lib, unda ieroglif hamda 
bo’g’inli harflar ishlatilinadi. 
Yaponiyada ikki asosiy din mavjud bo’lib, ya’ni sintoizm (milliy din) va 
buddizm (jahon dini) odatda dindorlar har ikki dinga e’tiqod qiladilar. 
Yaponiya-yuksak madaniyat va yoppasiga savodxon mamlakatdir.Savadxonlik 
darajasini quyidagi holatlar bilan izohlash mumkin.Yaponiyadagi universitetlar 
soni butun G’arbiy Evropadagidan ko’p, ilmiy hodimlar soni esa Buyuk Britaniya, 
Fransiya va GFR ni qo’shib hisoblaganda ham ko’p.Mamlakatda qadimgi 
madaniyat, badiiy va turmush an’analari yapon turmush tarzini ajralmas qismi 
bo’lib saqlanib qolgan.Masalan: ikebana, bonsoy, kalligrafiya, jonli manzaralar 
chizish, choy tantanasi, kimono ayollar kiyimi, sumo kurashi, dzyudo, yaponcha 
dasturxon yasatish, sakuraning gullashini tomosha qilish, zarang o’rmonida sayr, 
bahorgi va kuzgi tengkunlik bayramlari va x.k.Yaponiyada yiliga 40 dan ortiq 
turli-tuman festivallar o’tkaziladi.Ulardan eng mashhuri “oq orolda”gi qor 
festivalidir. 
Yaponiya aholisining o’rtacha zichligi 1km
2
ga 337 kishini (2003y.) tashkil 
etadi.Aholisining asosiy qismi mamlakat hududini 10 % ida yashaydi.Aholi eng 
zich yashaydigan erlar Xonsyu orolining janubidagi Tinch okeani sohillari va 
Ichki yapon dengizi sohillariga to’g’ri keladi. 
Ilgari Yaponiyada aholi soni 30000 dan ortiq bo’lgan aholi punktlari shahar 
maqomini olgan bo’lsa, hozirda 50000.Urbanizasiya darajasi 76 % ni tashkil etadi. 
Mamlakatda 200 dan ortiq yirik shaharlar bo’lib, ulardan 11 tasi millioner 
shaharlardir.Ular quyidagilar: Tokio (8mln.), Iokogama (3,3mln.), Osaka 
(2,6mln.), Nagoya (2,1mln.), Sapporo (1,7mln.), Kobe (1,4mln.), Kioto (1,4mln.), 


104 
Fukuoka (1,3mln.), Kavasaki (1,2mln.), Xirosima (1,1mln.), Kitakyusyu 
(1,02mln.). 
Tokio shahridan-Kobe shahrigacha 600 km masofada Tokaydo megapolisi 
joylashgan.Bu megapolis “katta uchlik” dan tashkil topgan bo’lib, ular 
quyidagilardir: 
1.Tokio aglomerasiyasi o’z ichiga Tokio, Iokogama, Kavasaki, Tiba shaharlarini 
olgan bo’lib, ularda jami 27 mln. aholi yashaydi. 
2.Xansin aglomerasiyasi o’z ichiga Osaka, Kobe, Kioto shag’arlarini olgan bo’lib, 
ularda jami 15 mln. aholi yashaydi. 
3.Tyune aglomerasiyasi Nagoya shahri va uni atrofini o’z ichiga olgan bo’lib, 
unda 10,2 mln. aholi yashaydi. 
Tokaydo megapolisida aholi zichligi 1km
2
ga 800-1000 kishiga yetadi.Bu 
megapolis va uning atrofida (70000 km
2
), Yaponiya aholisining 56 % i (70 mln.) 
yashaydi. 
Umuman 
Tinch 
okean 
iva 
Ichki 
Yapon 
dengizi 
sohillaridagi 
urbanizasiyalashgan xudud mamlakat maydonini 1/3 qismini egallagan bo’lib, 
unda jami aholininng ¾ qismi yashaydi. 
Yaponiyada yerlar juda qimmatli va taqchil resurs bo’lganligi sababli “osmon 
o’par binolar” va “yer osti” uylar qurishga yerishilinmoqda. Shuningdek, 
Yaponiya dengiz xisobiga o’z xududini kengaytirayotgan tipik davlat xisoblanadi. 
Ikkinchi jahon urushi arafasida mamlakat aholisining asosiy qismi qishloq 
xo’jaligi va baliq ovlashda band edi. Hozirda esa bu tarmoqlarda iqtisodiy faol 
aholining 20% i, faqat qishloq xo’jaligining o’zida 5 % aholi band. Sanoat 
tarmoqlaridaesa 33% dan ortiq aholi band. Endilikda nomoddiy sohalarda 
ishlovchi xodimlar ya’ni: xizmatchilar, ilmiy xodimlar, ishbilarmonlar soni tez 
ortib bormoqda. Yaponiyada aholini hayot darajasi juda yuqori ya’ni jon boshiga 
IYAM 25000$. 
Yaponiyada hozirga kelib ayollar sonini erkaklar soniga nisbatan ortishi 
kuzatilinmoqda. 
4. Yaponiya – BMT,ASEAN va Xalqaro Valyuta Fondi (MVF) tashkilotlariga 
a’zo. Davlat tuzumiga ko’ra – konstitusion monarxiya bo’lib, amaldagi 
konstitusiya 1947 yil qabul qilingan. Davlat boshlig’i imperator (Axikito, 1989 
yildan) faqat davlat “ramzi” deb tan olinadi. Xokimiyat boshlig’i rpimer-ministr 
(bosh vazir) ga berilgan. Yaponiya hududi siyosiy-ma’muriy jihatidan 47 ta 
prefekturaga bo’linadi. Tokio, Kioto, Osaka shaharlari, Xokkaydo va Okinava 
orollari alohida prefektura maqomiga ega. 
Davlat tili-yapon tili, boshqa til – ayn tili. 
Asosiy siyosiy partiyalari: 
1.
Liberal – demokratik partiya (LDP)1955 yil tuzilgan. 
2.
Yaponiya Demokratik partiyasi (YADP) 1960 yil tuzilgan. 
3.
“Sakigake” partiyasi 1964 yil tuzilgan. 
4.
“Komeyto” (Sof siyosat partiyasi) 1964 yil tarkib topgan. 
5.
Yaponiya kommunistik partiyasi (YAKP)1922 yil asos solingan.


105 
5.Yaponlarning eng qadimgi madaniyati noolit davriga oid (eramizdan avvalgi)VI-
Iming yilliklarda umumiy “dzemon” nomi bilan ma’lum. 
Yaponiya xo’jaligi asosan XX asrda juda tez rivojlandi va rivojlanishi jihatidan 
xozirda jahon xo’jaligida yuqori o’rinlarga chiqib oldi. Bunday tez iqtisodiy o’sishga 
bir qator sabablar bor. Ular :

II – jahon urushi yillarida eskirgan va ishdan chiqqan zavod jihozlari butunlay 
yangilandi va FTI ning eng yangi yutuqlari bilan ishlangan jihozlar bilan 
almashtirildi. 

Chetdan ko’plab patent va lisenziyalar avvalo AQSH va GFR dan sotib olindi va 
mahalliy sharoitga moslashtirildi. 

Ishchilar qattiq ekspluatasiya qilindi. 

Korxonalarni qayta tiklashga va yangisini qurishga ketadigan xarajatlarni asosiy 
qismini davlat o’z zimmasiga oldi. Monopoliyalarga kreditni ko’paytirdi va 
soliqni engillashtirdi. 

Xarbiylarga ketadigan xarajatlar kamaytirildi (demilitarizasiya) fanga, ilmiy-
tadqiqot ishlariga fantalab ishlab chiqarishga e’tibor kuchaydi. 
Yaponiya xo’jaligi juda qisqa muddatda fan, texnika, ta’lim, sanoat va savdoda 
juda katta yutuqlarga erishdi,ya’ni “iqtisodiy mo’jiza” yuz berdi. Yaponiya jahon 
miqyosidagi juda katta sarmoyachi davlatga aylandi. Yaponiya “iqtisodiy 
mo’jiza” sining asosiy manbayi mutaxassislar xulosasiga ko’ra, yapon millatining 
yuqori darajadagi mehnatsevarligi va mehnat intizomi, uyushqoqlik va sabr-toqat, 
ishga mas’uliyat xissi va tejamkorlik kabi ijtimoiy ko’rsatkichlardir, shuningdek, 
Yaponiyaning harbiy tayyorgarliklardan tiyilib borishidir. 
Yaponiya sanoati dastlab (1950yillardan boshlab) evolyusion yo’ldan
(tadrijiy) rivojlandi. Energetika, metallurgiya, avtomobilsozlik, kemasozlik, 
ximiya, neft-ximiya, qurilish sanoati kabi “tayanch” tarmoqlar import yoqilg’i va 
xom-ashyo asosida butunlay yangidan barpo qilindi. Ular FTI ning eng yangi 
yutuqlari asosida rivoj topdi. 
XX asrning 70-80-yillaridan boshlab sanoatda inqilobiy yo’l ustun turdi. 
Endilikda mamlakat yoqilg’i va xom-ashyo importiga bog’liq bo’lgan, energiya 
va metalni ko’p ishlatadigan ishlab chiqarishni tobora cheklab, fanni ko’p talab 
qiladigan eng yangi tarmoqlarga ko’p e’tibor berilmoqda. Yaponiyada 
elektrotexnika, robot texnikasi, biotexnologiya kabi sohalar etakchi mavqeini 
egallamoqda. 
Ilgari Yaponiyaning ramzi Fudziyama, sakura, samuraylar hisoblangan 
bo’lsa, endilikda bunday ramz eng katta AES lar, metallurgiya kombinatlari
supertankerlar, ko’priklar, tunnellar, tezkor temir yo’llar, zamonaviy avtomobillar 
hisoblanadi. 1970 yillarning ikkinchi yarmidan boshlab Yaponiyada YAIM yiliga 
o’rtacha 5 % danga o’sib keldi. Yaponiya fanga sarflanadigan mablag’ 
salmog’iga ko’ra jahonda rivojlangan davlatlar orasida 1-o’ringa chiqdi. 1$=110$ 
2000 yili aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi IYAM qiymati bo’yicha dunyoda 2-
o’rinni egalladi, yaeni 38200 AQSH dollari. Yalpi milliy daromad ko’rsatkichi 
bo’yicha 2000 yil Yaponiya dunyoda Evropa Ittifoqi, Xitoy va AQSH dan keyin 
4- o’rinni egalladi.YAMD shu yili 5 trln.AQSH dollarini tashkil etdi. 
Dunyo tashqi savdosi taqsimotini 9 % i Yaponiya xissasiga to’g’ri keladi. 


106 
Yaponiya xo’jaligining juda muhim xususiyati uning xalqaro iqtisodiy 
aloqalari nixoyatda kuchli ekanligidir. Birinchidan, mamlakat yoqilg’i va xom-
ashyoni 90 % ini chetdan keltiradi, ikkinchidan mamlakat iqtisodiyotida tayyor 
mahsulotni eksport qilish ustun. Yaponiya Osiyo-Tinch okeani regionidagi barcha 
mamlakatlarning savdo bo’yicha bosh shergidir. Hatto AQSH passiv savdo 
balansiga ega, Yaponiya esa aktiv savdo balansiga ega. 
6.
Yaponiya sanoatidagi etakchi tarmoqlar: 
Yoqilg’i – energetika sanoati. Yaponiyada neft va tabiiy gaz qazib olinsada u 
ehtiyojni qondirmaydi. Yaponiya dunyoda neft importi bo’yicha 2-o’rinda turadi. 
U yiliga 210-220 mln t. neft sotib oladi (umumjahon neft savdosini 14 % i ). 
Neftni asosan OPEK davlatlaridan keltiradi. 
Ko’mirni asosan Avstraliya,JAR, AQSH va Kanadadan keltiradi. 
Yaponiya elektr-energiyasi ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda 2-o’rinda 
turadi. U yiliga 950 mlrd kVt/s elektr – energiyasi ishlab chiqaradi. Bu butun 
jahon elektr-energiyasini 7,5 % i demakdir. Mamlakatda gidro, geotermal, 
quyosh, qalqish va to’lqin elektro stansiyalari mavjud, lekin elektr-energiyasining 
asosiy qismini IES va AES lar beradi. Yaponiyada 30 dan ortiq AES lar bor, 
dunyodagi eng yirik AES (Fukusima) shu davlatda joylashgan. 
Metallurgiya sanoati. Yaponiya po’lat ishlab chiqarish xajmi bo’yicha 
dunyoda 1-o’rinda turadi. U yiliga 98 mln t. po’lat eritadi, umumjahon po’latini 
13,6 % i. Lekin po’lat eritish salmog’i yil sayin kamayib bormoqda. Masalan, 
Yaponiya 1990 yil 110 mln t. po’lat eritgan edi. Buning asosiy sababi 
mashinasozlikning metalga bog’liqligi kamayishi va fantalab sanoat tarmoqlarini 
kuchayishidir. 
Organik sintez va neft-ximiya sanoati tarmoqlari asosan dengiz portlarida, 
ayniqsa Ichki Yapon dengizi bo’ylarida to’plangan. XX asrning 2-yarmida II-
jahon 
urushiga 
qadar 
Yaponiyada 
avtomobilsozlik 
bo’lmagan 
edi, 
avtomobilsozlikda Yaponiya ulkan yutuqlarga erishgan. U avtomobil “jangi”da 
AQSH ni yutib chiqib dunyoda 1-o’rinni egalladi. Yaponiya yiliga 13 mln dona 
avtomobil ishlab chiqaradi, bu dunyo bo’yicha ishlab chiqarilgan (50 mln dona) 
avtomobillarni 26 % i demakdir. Yaponiyaning “Xonda”, “Nissan” va “Toyot” 
kabi zamonaviy avtomobillaridunyoga mashxur. Avtomobilsozlikni eng yirik 
markazlar: Tokio, Osaka,Nagoya,Kavasaki kabi shaharlar hisoblanadi.
Hozirgi Yaponiya iqtisodiyotining faxri va ramzi elektrotexnika va 
elektronika sanoatidir. Ayniqsa radioelektronika sanoati – rangli televizorlar, 
videomagnitofonlar, radiotexnikalar ishlab chiqarish ustunlikka ega. Televizorlar 
ishlab chiqarish bo’yicha Yaponiya dunyoda 3 – o’rinda turadi, u yiliga 15 mln 
donadan ortiq televizor ishlab chiqaradi.
Metal kesuvchi dastgohlar ishlab chiqarish bo’yicha Yaponiya dunyoda 
birinchi o’rinda (yiliga 195 mln dona), traktorlar ishlab chiqarish bo’yicha 
dunyoda ikkinchi o’rinda (yiliga 150 ming dona) turadi.
Yaponiyada ommaviy mashinasozlik mahsulotlari ishlab chiqarish bilan 
birga yuqori texnologiyaga asoslangan buyumlar ishlab chiqarish ustun. 
Mashinasozlik sanoati tarmoqlari eng rivojlangan xududi – Tokio rayoni bo’lib, u 
butun mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotni 3/1 qismini beradi. 


107 
Kema ishlab chiqarish bo’yicha Yaponiya dunyoda birinchi o’rinda turadi. 
Kemasozlik sanoatining eng yirik markazlari: Iokogama, Osaka, Kobe va 
Nagasaki kabi shaharlarda joylashgan. Ularda kemasozlikning xilma-xil 
tarmoqlari rivojlangan. Yaponiyada dunyodagi eng yirik supertankerlar, xilma-xil 
kit ovlovchi kemalar, traulerlar va kichik kemalar ishlab chiqariladi. 
Ximiya sanoatining rivojlanishi va sanoat mahsulotining hajmiga ko’ra 
Yaponiya dunyoda AQSH va Germaniyadan keyin 3- o’rinda turadi. Bu 
sanoatning asosiy xom ashyosi koks chiqindi, neft va tabiiy gaz hisoblanadi. 
Organik sintez ximiyasi keng ko’lamda rivojlanmoqda. Ximiya sanoatida; mineral 
o’g’itlar, medikamentlar, kosmetika, plastmassa, sun’iy tola, bo’yoqlar, noorganik 
ximikatlar ishlab chiqarish ustun turadi.
Qo’riq yerlar faqat Xokkaydo orolida saqlanib qolgan. Orollar meridional 
yo’nalishda joylashganligi uchun ularning iqlimiy sharoiti ham turlicha. 
Yaponiya qishloq xo’jaligida ikkinchi jahon urushidan keyin o’tkazilgan 
agrar islohot keskin o’zgarish yasadi. Ya’ni yirik yer egaligi tugatilib, yerlar 
fermerlarga bo’lib berildi.
Hozirgi Yaponiya qishloq xo’jaligi yuqori rentabelligi va mehnat 
unumdorligi bilan ajralib turadi. Qishloq xo’jaligini ixtisoslashuvi va intensivligi 
jihatidan boshqa rivojlangan davlatlardan ancha ajralib turadi. Qishloq xo’jalik 
ishlab chiqarishi yuqori darajada mexanizasiyalashganligi va ximiyalashganligi 
jihatidan Yaponiya dunyoda yuqori o’rinlarni egallaydi. 
Yaponiya qishloq xo’jaligida jami aholining 4,7 %i (6mln kishi) bant, 
ishlanadigan erlar esa mamlakat maydonining 16 %ini tashkil etadi. Dehqonchilik 
chorvachilikdan 2 barobar ustun turadi. Jami ekin maydonini yarmiga sholi 
ekiladi. Mamlakatda yetishtiriladigan jami g’alla hosilini 85-90% ini sholi tashkil 
etadi, yiliga 12-15 mln tonna atrofida sholi hosili yig’ib olinadi. O’zbekistonda 
500 ming tonna. Sholi yalpi hosili bo’yicha Yaponiya dunyoda 8-o’rinda turadi, u 
Osiyoning “sholikor davlatlari” qatoriga kiradi. Lekin Yaponiya o’zini g’alla bilan 
ta’minlay olmaydi. Bug’doy importi bo’yicha bu davlat dunyoda 4- o’rinda turadi. 
Umumjahon bug’doy importini 6% i Yaponiya xissasiga to’g’ri keladi. Bug’doyni 
asosan AQSH,Kanada va Avstraliyadan keltiradi. Sholini esa janubi-sharqiy 
Osiyo va AQSH dan keltiradi. Yaponlarning asosiy “non”i haligacha sholi 
hisoblanadi. Engil sanoatning asosiy tarmoqlari ip-gazlama va sun’iy tola 
to’qimachiligidir. Paxta tolasi importi bo’yicha Yaponiya dunyoda Xitoydan keyin 
2-o’rinda turadi. Dunyo bo’yicha barcha paxta importini 14 % i Yaponiya 
xissasiga to’g’ri keladi. Paxta tolasi asosan AQSH, Avstraliya va Janubiy Osiyo 
davlatlaridan keltiriladi. Paxta tolasidan bo’lgan buyumlar eksporti bo’yicha 
Yaponiya dunyoda 4-o’rinda turadi. Jun gazlama va ipak gazlama sanoatlari 
deyarli o’smayapti.
O’rmon sanoati tarmoqlarini Shimoliy Xonsyu va Xokkaydo orollaridagi 
o’rmon massivlari xom-ashyo bilan qisman ta’minlaydi. O’rmon xom-ashyosini 
asosiy qismi chetdan (Braziliya, Tropik Afrika, Janubi-Sharqiy Osiyo) keltiriladi. 
Yaponiya sanoatini xom-ashyo bilan ta’minlanishida importning salmog’i juda 
yuqoridir. Masalan : jami misning ¾ qismi, temir rudasining 9/10 qismi, 
toshko’mirning 8/10 qismi chetdan keltiriladi. Shuning uchun ham keyingi 


108 
vaqtlarda FTI ning eng so’ngi yutuqlariga tayangan holda dunyo okeani mineral 
resurslaridan foydalanish samarasi ortib bormoqda. Chunonchi , okean tubidan 
marganes qotishmalarini qazib olish, dengiz suvidan uran ajratib olish va h.k.
Qishloq xo’jaligi 
Yaponiyaning tabiiy sharoiti qishloq xo’jaligini rivojlantirish uchun qulaydir. 
Tog’ yonbag’irlarida podzol va o’rmon qo’ng’ir tuproqlari tarqalgan. Sholi asosan 
Xonsyu orolini markaziy va janubiy hududlarida ekiladi, bug’doy, arpa, javdar esa 
Xonsyu orolini shimoli va Xokkaydo orolida ekiladi. Tog’ yonbag’irlarida choy, 
tamaki, qand lavlagi, soya va sitrus mevalari etishtiriladi. Shaharlar atrofida 
sabzavotlar va mevalar etishtiriladi.
Yaponlar azaldan gulchilik bilan shug’ullanib keladilar. Yapon diniy 
(sintoizm) marosimlarida bonsey va ikebana tarixiy an’anaviy san’at hisoblanadi. 
Yaponiyada chorvachilik juda sust rivojlangan, buning asosiy sababi 
yaylovlarning kamligidir. Butun er maydonining 1,6 % ini yaylovlar tashkil etadi. 
Chorvachiligidagi rivojlangan tarmoqlar: baliqchilik, broyler parrandachiligi
cho’chqachilik, sut-go’sht qoramolchiligi.
Baliq ovlash – Yaponiya xo’jaligining muhim tarmog’idir. Baliq asosan 
Yapon dengizi va Tinch okeanining shimoliy qismlaridan ovlanadi. Bulardan 
tashqari Yaponiya sohillari va Ichki Yapon dengizida marikultura, quruqlikda esa 
akvakultura usulida baliq va boshqa dengiz mahsulotlari etishtiriladi. Yaponiya 
baliq ovlash bo’yicha dunyoda 1- o’rinda turadi(yiliga 13-14 mln t.). Mamlakat
baliq ovlovchi flotida 10 minglab traulerlar mavjud. Eng yirik baliq ovlovchi 
portlari: Iokosuka, Kitakyusyu, Nagasaki, Kagosima, Niigata, Abasiri kabilar.
Ikkinchi jahon urushiga qadar Yaponiya o’z ipakchiligi bilan dunyoga 
mashhur edi, endilikda ipakchilik inqirozga yuz tutdi. 
Yaponiya sohillarida yashovchi aholi qadimdan molyuska chig’anoqlari 
orasidan marvarid (gavhar) yig’ish bilan shug’ullanib kelgan. Hozirda chig’anoqli 
molyuskalar okean sohillaridagi mahsus plantasiyalarda etishtirilmoqda. Bunday 
plantasiyalar ayniqsa Xonsyu orolini jinubiy sohillarida ko’p uchraydi. Ulardan 
yiliga 500 mln donadan ortiq marvarid chig’anoqlari yig’ilmoqda.
Shunday qilib Yaponiyada qishloq xo’jaligini boshqa rivojlangan davlatlar 
qishloq xo’jaligiga nisbatan yaxshi rivojlanganligiga asosiy sabab er resurslarini 
tanqisligidir. Ya’ni aholi jon boshiga to’g’ri keladigan ekinzorlar maydoni AQSH 
da 80 sotix ni, Avstraliyada 3 gektarni tashkil etgani holda, bu ko’rsatkich 
Yaponiyada 4 sotixni tashkil etadi.
Transporti 
Yaponiyada daryo va quvur transportidan tashqari barcha transport turlari 
yuqori darajada rivojlangan. Ichki yuk tashishda avtomobil, temir yo’l va kabataj 
kemalari asosiy o’rin tutadi.
Avtomobil yo’llarining umumiy uzunligi 1,2 mln km bo’lib (umumjahon 
avtoyo’llarning 4,8 %i) uning 43% i qattiq qoplamli, 5 ming km esa tez qatnov 
yo’llaridir. Avtomobillar soniga ko’ra Yaponiya dunyoda AQSH dan keyin 2-
o’rinda turadi (1000 kishiga 500 ta). Mamlakatda tashiladigan jami yukning 7,4 
%i, yo’lovchilarning 57 % i avtotransport hissasiga to’g’ri keladi.


109 
Temir
yo’llarning umumiy uzunligi 30 ming km bo’lib, ularning yarmi 
elektrlashtirilgan. Eng muhim temir yo’li “Sinkansen” magestrali bo’lib, u Kyusyu 
orolidan Xonsyu orolini shimolidagi Aomori shahrigacha 1100 km ga 
cho’zilgan. Bu yo’lda qatnovchi “Poezd-o’q” (“Xikari”) soatiga 240km tezlikda 
xarakatlanib, yiliga 120 mln yo’lovchi tashiydi. Bunda u 66 ta tunnel va 3000 ta 
ko’prikdan o’tadi. Xonsyu va Xokkaydo orollari orasidagi Sugari bo’g’oziga 
dunyodagi eng uzun (54 km li) tunnel qurilgan (1970-1988 yillar). Mazkur 
“Seykan” tunnelini 23 km suv ostidan o’tgan. Bu yo’l “Tokio- Sapporo” 
oralig’idagi poezd qatnovini ancha tezlashtirdi.
YAponiyada tashiladigan jami yukning 91,7 % i dengiz transportida, 7,4 % i 
avtomobil transportida, 0,7 % i temir yo’l transportida, 0,2% i havo transportida 
tashiladi. 
YAponiyada tashiladigan jami yo’lovchining 56,9 % i avtomobil transportida, 
33,9 % i temir yo’l transportida, 8,7% i havo transportida, 0,5 % i boshqa 
transport turlarida tashiladi. 
Yaponiya yo’lovchi tashuvchi temir yo’llarning zichligiga ko’ra dunyoda 1- 
o’rinda turadi. Temir yo’llarning eng serqatnov qismi Tokio- Osaka oralig’idir. 
Yaponiyaning tashqi va ichki aloqalarida dengiz transporti muhim 
ahamiyatga ega. Mamlakatda tashiladigan barcha yukning 91,7 % ini dengiz 
transporti hissasiga to’g’ri keladi. Yaponiya rivojlangan davlatlar orasida eng 
katta va eng zamonaviy savdo flotiga ega. U dunyoda yuk tashish tonnasi bo’yicha 
6-o’rinda turadi (yiliga 22 mln reg. t.). mamlakatda 100 dan ortiq portlar bo’lib, 
ular ichida eng yiriklari Tokio, Tiba, Iokagama, Nagoya, Kobe, Kavasaki, Osaka, 
Xerosima, Kitakyusyu kabilardir. Dunyoda 2700 ta port bor.
Havo transporti mamlakatning asosiy xalqaro va ichki aloqalarida muhim 
ahamiyatga ega. Yaponiyada tashiladigan jami yukning 0,7 % i, yo’lovchining 8,7 
% i havo transporti hissasiga to’g’ri keladi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar Yaponiya iqtisodida hayotiy ahamiyatga ega. 
Buning asosiy sababi mamlakat iqtisodini ko’p sohalarni chet el xom-ashyosiga 
tayanishi 
va 
tayyor 
sanoat 
mahsulotlarini 
eksport 
qilinishidir. 
Yaponiya jahonning juda ko’p mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalarni 
rivojlantirib bormoqda. Mamlakat tashqi savdo aylanmasi (oborot) ning katta 
qismi (1/3 qismi) AQSH hissasiga to’g’ri keladi. Yaponiya eksportini 1/3 va 
importini ¼ qismi AQSH ga to’g’ri keladi. AQSH dan tashqari asosiy savdo 
sheriklari: Xitoy, Avstraliya, Germaniya,Indoneziya va “Osiyo yo’lbarslari” 
davlatlari.
XX asrning 50-60-yillaridan boshlab, Yaponiya eksportida kapitalning 
salmog’i to’xtovsiz oshib bormoqda. kapitalni asosiy qismi Janubi-Sharqiy Osiy 
davlatlari (avvalo “Yapon modeli” asosida rivojlanayotgan “Osiyo yo’lbarsi” 
davlatlari) G’arbiy Evropa davlatlari va AQSH ga to’g’ri keladi. Keyingi 
vaqtlarda Yaponiyada rivojlanayotgan davlatlar bilan iqtisodiy aloqalari o’sib 
bormoqda. 
Yaponiya milliy valyutasi-sena, erkin almashinadigan valyuta (SKV) bo’lib, 
u xalqaro valyutalar qatoriga kiradi. Uning qiymati xozirda (2006 yil 1- aprel 
ma’lumoti) quyidagicha: 1$ = 118,9 ien, 1¥ = 1s 26 tiyin.


110 
O’zbekiston jahonning 140 dan ortiq davlati bilan iqtisodiy aloqalar olib 
bormoqda. qo’shma korxonalar soni 2003 yil 3539 taga etdi. O’zbekiston – 
Yaponiya hamkorligi bo’yicha 14 ta xujjat imzolangan. Ular asosan “ta’lim 
sohasida”, “turizm”, “mintaqaviy xavfsizlik”, “iqtisodiy hamkorlik” kabi 
yo’nalishlarda. O’zbekiston iqtisodiyotiga Yaponiya tobora ko’proq investisiya 
kiritmoqda. Masalan: Qorovulbozor neftni qayta ishlash zavodi va Sho’rton gaz-
kimyo majmuasi qurilishida Yaponiya faol ishtirok etdi. O’zbekistonga –
Yaponiyadan texnologiya vositalari, tayyor iste’mol mahsulotlari, aloqa 
kommunikasiya vositalari import qilinsa, O’zbekistondan Yaponiyaga paxta, ipak, 
tog’-kon, metallurgiya maxsulotlari eksport qilinmoqda. 2001 yil ma’lumoti 
bo’yicha O’zbekistonga Yaponiyadan import qilingan mahsulotlar hajmi 100 mln 
AQSH dollaridan oshiqni tashkil etdi. O’zbekiston esa Yaponiyaga 10-20 mln 
AQSH dollari hajmida mahsulot eksport qilgan.
Dunyo bo’yicha import qilinayotgan yoqilg’i va xom-ashyoni 10 %idan 
ortig’i Yaponiya xissasiga to’g’ri keladi. Yoqilg’i va xom-ashyo importi bo’yicha 
bu mamlakat dunyoda AQSH va Germaniyadan keyin 3- o’rinda turadi. 
Yaponiyaning asosiy importi: yoqilg’ilar, rudalar va boshqa xom-ashyolar, oziq-
ovqat, sanoat mahsulotlari, to’qimachilik, ximiya, mashina va asbob-uskunalar, 
o’rmon, qishloq xo’jalik mahsulotlari. 
Asosiy eksporti: mashina va uskunalar, avtomobillar, qorametallurgiya 
mahsulotlari, kemalar, apteka, kapital, ximiya, to’qimachilik va ishlov beruvchi 
sanoatning boshqa mahsulotlari, ilmiy – tadqiqot ishlari uchun jihozlar, 
elektronika va elektrotexnika buyumlari. 
Xo’jaligini iqtisodiy geografik farqlari.
Yaponiya aholisini joylashishi va xo’jaligini rivojlanish darajasi jihatidan 
xududi ikki qismga bo’linadi: ya’ni “tashqi” (“Quyoshli”) va “ichki” (“Soyali”). 
“Tashqi” Yaponiyaga Xonsyu orolining markaziy qismidagi dengiz bo’yi 
pasttekisliklari kiradi. Bu qism Tinch okeani sohili bo’ylab (15-65 km) Kambar 
polosada joylashganligi uchun “Tinch okeani mintaqasi” ham deb ataladi. Bu 
mintaqa mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy o’zagidir. Mazkur o’zakda 
mamlakatning asosiy sanoat, savdo, transport, moliyaviy, ilmiy, energetika 
markazlari joylashgan. Qurilish maydonlari etishmaganligi uchun ko’plab yirik 
korxonalar “dengiz hisobida” gi joylarga qurilgan. Bu mintaqa mamlakatning 
faqat “sanoat mintaqasi” bo’libgina qolmay, balki muhim transpot va intensiv 
qishloq xo’jaligi rayoni hamdir. 
Mamlakatning asosiy sanoat rayonlari (Tokio, Osaka,Nagoya, Kitakyusyu) 
va yirik shaharlari xullas, aholi va ishlab chiqarish shu mintaqada joylashgan. 
Tinch okeani mintaqasi butun mamlakat hududini 1/3 qismiga yaqinini egallagan, 
jami aholining 2/3 qismidan ortig’ini o’z ichiga oladi. Bu mintaqada Yaponiyada 
ishlab chiqarilgan jami sanoat mahsulotini 85 % i ishlab chiqariladi, elektr 
energiyasini 70 %, metallurgiya mahsulotini 80 % , jami qishloq xo’jalik 
mahsulotini 50% dan ortig’i etishtiriladi.
Bu mintaqada Tokio, Osaka,Nagoya aglomerasiyalari va bir qator shaharlar 
o’zaro tutashib, Tokaydo megapoliysini tashkil etadi. 


111 
Quyida “tashqi” Yaponiyadagi ayrim shaharlar haqida qisqacha to’xtalib 
o’tamiz. Tokio-Konto tekisligida joylashgan bo’lib, 1869 yildan buyon mamlakat 
poytaxti hisoblanadi. Dunyodagi eng yirik shaharlardan biri bo’lib, shaharning 
o’zida 9 mln kishi, aglomerasiyasi bilan birga 20 mln dan (24 mln kishi) ortiq 
aholi yashaydi. Tokio (yaponcha “Sharqiy poytaxt” demakdir) eng muhim sanoat, 
savdo, transport va madaniyat markazidir. Shaharda avtomobilsozlik, 
elektrotexnika, elektronika, neft-kimyo, poligrafiya, to’qimachilik, oziq-ovqat 
sanoat korxonalari, mamlakatdagi yirik ilmiy-tadqiqot markazlari joylashgan.
Iokagama – dengiz kanali orqali Tokio bilan qo’shilgan. Shaharda 
mamlakatning eng yirik kemasozlik markazi, neft-kimyo, po’lat eritish va ko’p 
metall talab mashinasozlik korxonalari joylashgan.
Nagoya shahrida yirik metallurgiya, og’ir mashinasozlik va kimyo sanoati 
majmuasi joylashgan. Shuningdek, to’qimachilik va avtomobilsogzlik rivojlangan. 
Osaka shahrida to’qimachilik va to’qimachilik mashinasozligi, elektronika, 
kimyo, qora va rangli metallurgiya, elektrotexnika sanoatlari rivojlangan.
Kobe – qora metallurgiya va kemasozlik shahri. Po’latdan tashqari kimyo va 
mashinasozlik sanoatlari ham rivojlangan.
Kioto – Yaponiyaning ilgargi poytaxti bo’lib, xozirda bu shaharda 
mashinasozlik, kimyo va qorametallurgiya sanoatlari rivojlangan.
Kitakyusyu (Shimoliy Kyusyu) – yirik port shaharlardan biri bo’lib, shaharda 
asosan qora metallurgiya, og’ir mashinasozlik, kimyo va to’qimachilik sanoatlari 
rivojlangan.
“Ichki” Yaponiyaga Janubiy Kyusyu, Shimoliy Xonsyu, Xokkaydo, Sikoku, 
Ryukyu orollari kiradi. Bu qismda avvalo aholi nisbatan siyrak joylashgan, sanoat 
korxonalari ayrim shaharlardagina mavjud. Ichki Yaponiyada qishloq xo’jaligi 
ustun turadi, undan tashqari tog’-kon sanoati va o’rmon xo’jaligi rivojlangan.
Xakodate (Xokkaydo oroli) va Nagasaki (Kyusyu oroli) shaharlarida 
mamlakatdagi eng yirik baliq konserva sanoati joylashgan. 
So’ngi vaqtlarda Yaponiya davlati “ichki” qismini rivojlantirishga qaratilgan 
regional siyosat yuritmoqda. Tinch okeani mintaqasidagi ekologik va demografik 
vaziyatni yumshatish maqsadida texnopolislarni “ichki” qismda bunyod etilishi, 
Seykan 
temir 
yo’l 
tunnelini 
qurilishi 
regional 
siyosatni 
amalga 
oshirayotganligidan dalolat beradi. 
Shunday qilib biz Yaponiya xo’jaligi bilan tanishar ekanmiz, quyidagi 
xulosalar bilan o’z fikrimizni yakunlaymiz: maydoni O’zbekiston respublikasi 
maydonidan 77 000 km

ga kichkina, aholisi soniga ko’ra O’zbekistondan 5 
barobar katta bo’lgan, yoqilg’i va xom-ashyoga juda kambag’al. Yaponiyani 
jahonning eng qudratli va nufuzli davlatga aylanishiga quyidagi yagona omil ya’ni 
o’ta malakali va ma’naviyatli xalqi sabab bo’ldi. Ayrim ko’rsatkichlar bo’yicha 
Yaponiya xatto AQSH dan ustun turadi. Bunga asosiy sabablar: ta’limning yuqori 
darajadligi, malakali ishchi kuchi, mehnatsevar xalqi, o’z ishiga o’ta mas’uliyat 
bilan qarashi, tartib-intizomliligi, dunyoda bolalar o’limining eng kamligi, 
aholisini umr ko’rishini eng yuqoriligi, bolalar tarbiyasiga yoshligidan katta 
e’tibor berilishi, fanga jaratiladigan mablag’larni juda ko’pligi (dunyo bo’yicha 
birinchi o’rinda), ilmiy xodimlar sonining ko’pligi (Buyuk Britaniya, Fransiya va 


112 
Germaniyani 
birga 
hisoblaganda 
ham 
Yaponiyada 
ulardan 
ko’p), 
universititetlarning ko’pligi (butun G’arbiy Evropadagi universititetlardan ko’p) 
kabilardir. 
Shu boisdan ham prezidentimiz I.A. Karimov kadrlar masalasini 3-ustuvor 
yo’nalish tarqasida eng dolzarb masalalar qatoriga kiritdi. “Ta’lim to’g’risida” va 
kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risidagi o’zbekiston respublikasi qonunlari, 
hamda O’zbekiston respublikasi prezidentining “ta’lim – tarbiya va kadrlar 
tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga etkazish 
to’g’risida” gi farmonini bajarish borasidagi asosiy ishlar davr talablariga to’liq 
javob beradigan yuqori malakali mutahassislarni tayyorlashdir.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin