Жаxон географияси маърузалар


Braziliya Federativ Respublikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/71
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#195823
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   71
Jabborov A.M. Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi

Braziliya Federativ Respublikasi. 
 
Braziliya nafaqat Janubiy Amerikadagi balki yer sharidagi eng ulkan tropik 
mamlakat. U maydonining kattaligiga (8557 ming km

) ko’ra ham, aholisining 
soniga (187 mln 2006 y) ko’ra ham dunyoda 5- o’rinda turadi. Braziliya Janubiy 
Amerika materigining sharqiy va markaziy qismini egallagan. Braziliya Janubiy 
Amerika materigi maydonining 47 % ini o’z ichiga olgan bo’lib, quruqlik orqali 
materikning 10 davlati bilan chegaradosh. Iqtisodiy geografik o’rnining qulayligi: 

dengiz bo’yida joylashganligi; 

Janubiy Amerikaning barcha davlatlari bilan chegaradoshligi (Ekvador, Chilidan 
tashqari.) 

AQSH ga yaqinligi, Venesuella va Argentina bilan chegaradoshligi. 


128 
Braziliya hududida 50 dan ortiq mineral resurslar uchraydi. Ulardan masalan; temir 
rudasi qazib olish bo’yicha dunyoda 1-o’rinda (yiliga 160 mln t.). Marganes qazib 
olishda 5-o’rinda 
Xrom qazib olishda 8- o’rinda 
Boksit qazib olishda 5- o’rinda turadi. Ulardan tashqari uran, qalayi, nikel, olmos 
kabilarni qazib olishda dunyoda yuqori o’rinlarda turadi. 
Mamlakat xududi ekvatorial, subekvatorial va tropik iqlim mintaqalarida 
joylashgan. Iqlimi sernam bo’lganligi uchun mamlakatda o’rmonlar (selva, kampos, 
kaatinga) katta maydonlarni egallagan. Amazoniya o’rmonlarida 25 000 dan ortiq 
o’simlik turi uchraydi, shundan 4000 turi daraxtlardir. Bu o’rmonlar hayvonot 
dunyosiga ham boy. Braziliya hududining 2/3 qismini o’rmonlar egallagan. 
Mamlakat jahonda suv resurslari, agroiqlim resurslari bilan ta’minlanganlik 
darajasiga ko’ra dunyoda oldingi o’rinlarda turadi. Bularning hammasi Braziliyani 
ulkan iqtisodiy salohiyatga ega ekanligini ko’rsatib turadi. 
Aholisi. Mamlakat aholisi demografik portlashda. Aholisi 176,5 mln (2003y), 187 
mln (2006 y) kishi. Tug’ilish koeffisienti 20 ‰, o’lim 7 ‰ . 15 yoshgacha bo’lganlar
jami aholining 30 % ini, 64 yoshdan o’tganlar 6 % ini tashkil etadi. O’rtacha umr 65-
73 yosh. 1 ayolga 2,2 bola to’g’ri keladi. YAMD 7070 $ (2001y). Aholisining 
o’rtacha zichligi 1 km

ga 21 kishi. Aholisining 90% i mamlakat hududining 2/5 
qismida yashaydi, ya’ni mamlakatning janubi-sharqida okean sohillarida yashaydi. 
Mamlakatning ichki, g’arbiy rayonlarida (Amazoniyada) butun aholining 5 % i 
yashaydi. Aholining bunday notekis joylashganligiga avvalo tarixiy va iqtisodiy 
sabablar ta’sir etgan. Aholi Braziliyada yiliga 1,7 % ga o’smoqda. Aholisining etnik 
tarkibi (80 dan ortiq millat va elat) juda murakkab. Yevropaliklarning ajdodlari 
(portugal, ispan, italyan, nemis) mamlakat aholisining 55 % ini, oraliq emigrant 
guruhlar (metis, mulat, sambo) 38 % ini, negrlar esa 6 % ini tashkil etadi. Tub joy 
aholisi Amazoniyada, negrlar esa mamlakatning shimoli-sharqiy rayonlarida ko’p 
tarqalgan.
Braziliyani 1500-1501 yillar portugal sayyohi Pedru Kobral kashf etgan. O’sha 
davrdan boshlab Braziliyaga evropaliklar ko’chib kela boshlagan. 
Urbanizasiya darajasi 80 %. Millioner shaharlari 11 ta: San-Paulu (9,4 mln kishi), 
Rio-de-Janeyro (5,5 mln kishi), Salvador, Belu-Orizonti, Resifi, Portu-Algeri, 
Brazilia, Kuritiba, Belen, Manaus, Fortaleza. Agar shahar aglomerasiyalarini
qo’shib hisoblasak, San-Pauluda 26 mln, Rio-de- Janeyroda 19 mln ikshi. 
Aholisining 89 %i katolik, qolganlari: iuda, protestant. Davlat tili portugal tili. 
Braziliya federativ respublika bo’lib, u 26 shtat va 1 ta poytaxt federal okrugidan 
tashkil topgan. 
Qonun chiqaruvchi organi – Milliy Kongress. 
Asosiy siyosiy partiyalari : 1.Sosial – Demokratlar partiyasi 
2. Demokratik harakatdagi partiya 
3. Mehnatkashlar partiyasi 
4. Liberal front partiyasi 
5. Milliy tiklanish partiyasi. 


129 
Braziliya 1500-yildan XIX asrgacha Portugaliya mustamlakasi bo’lib kelgan. 
1888- yil qullik bekor qilingan. 1891-yil Braziliya qo’shma shtatlari tashkil topdi. 
Braziliya ADT (OAG) BMT, LAIX, LAES va Amazoniya paktiga a’zo. 
Sanoati . braziliya sanoati ishlab chiqarish xajmiga ko’ra dunyoda 1-o’nlik 
mamlakatlari qatoriga kiradi. U rivojlanayotgan mamlakatlarning eng etakchisi, 
peshqadami, nihoyat tayanchidir.
Braziliya industrial- agrar mamlakatdir. Eng rivojlangan sanoat tarmoqlari: 
avtomobilsozlik 
(yiliga 

mln 
avto 
ishlab 
chiqaradi); 
samolyotsozlik 
(“Embraer”dunyo bo’yicha 17% 3-o’rin); EHM, mikro va mini kompyuterlar 
(dunyoda AQSH, Yaponiya va Germaniyadan keyin 4- o’rinda); 
Qora metallurgiya (yiliga 26 mln t. dunyo bo’yicha 7- o’rin); 
Ximiya sanoati (yiliga 30 mln t. neft qazib oladi, chetdan 100 mln t. keltiradi.); 
kemasozlik, aerokosmika, o’rmon, engil sanoat tarmoqlari rivojlangan. Oziq-ovqat 
sanoati tarmoqlaridan: kofe sanoati, qand-shakar sanoati, konditer, sitrus, kakao, 
soya yog’i olish, tamaki sanoati kabilar. 
Braziliyada yirik harbiy sanoat barpo etilgan. Hozirda fantalab sanoat tarmoqlari 
tez rivojlanmoqda. Dunyodagi eng yirik GES lar (Chitayku, Tukurui, Ksinda) shu 
mamlakatda qurilgan.
Braziliyada qishloq xo’jaligi yuksak rivojlangan bo’lib, qishloq xo’jalik 
mahsulotlarini eksport qilish xajmi bo’yicha u dunyoda 3- o’rinni egallaydi. 
Braziliya dunyoda shakarqamish etishtirish bo’yicha (yiliga 250 mln t.), kofe 
etishtirish bo’yicha, banan etishtirish bo’yicha 1-o’rinda, soya va apelsin etishtirish 
bo’yicha AQSH dan keyin 2- o’rinda turadi. Paxta tolasi etishtirish bo’yicha 
Braziliya dunyoda 6- o’rinda (yiliga 800 ming t.) turadi. Sholi etishtirish bo’yicha 
esa butun Amerika qit’asida 1- o’rinda (yiliga 10 mln t.) turadi. Braziliyada 
chorvachilik ham yaxshi rivojlangan. Mamlakatda 125 mln qoramol, 32 mln 
cho’chqa, 28 mln qo’y va echkilar bor. Mamlakatdagi qishloq xo’jaligi erlarining 
80% i latifundistlar qo’lida. 
Braziliyada aholi va xo’jalikning joylashuvida okean bo’yi tipi yaqqol ko’zga 
tashlanadi. Eni 300-350 km li okean bo’yi mintaqasida, ya’ni tashqi Braziliyada 
butun mamlakat ishlab chiqarishi va aholisining 90% i to’plangan. Mamlakatning 
sanoat uchburchagi hisoblangan San-Paulu , Rio- de- Janeyro va Belu-Orizonti 
shaharlari tashqi Braziliyada joylashgan.
San-Paulu shahri Braziliyaning iqtisodiy poytaxti bo’lib, Lotin Amerikasining 
qolaversa, butun Janubiy yarim sharning bosh sanoat rayonidir. “Osmono’par 
binolar” ko’pligi uchun uni “Lotin Amerikasining Nyu -Yorki” deb atashadi. San-
Paulu XIX asrning o’rtalarigacha kichkina viloyat markazi bo’lgan, so’ngra Yevropa 
va Yaponiyaliklarning ommaviy ko’chib kelishi natijasida shahar juda tez o’sdi.
Rio-de-Janeyro mamlakatning eng yirik port, bankir va turizm shaharidir. U 1960-
yilgacha mamlakat poytaxti bo’lib kelgan. Shaharda Isus Xristosning 40 metrli 
haykali va dunyodagi eng katta “Mrakana” futbol stadioni joylashgan. XX asrning 2-
yarmidan boshlab Braziliyada Amazoniyani o’zlashtirishga qaratilgan regional 
siyosat yuritilinmoqda. Mazkur siyosat bo’yicha mamlakat poytaxti Rio-de –
Janeyrodan Braziliaga ko’chirildi va Transamazoniya avtomobil yo’li (5,5 ming km) 
qurilib ishga tushirildi. 


130 
Transporti. Asosiy transporti avtotransport bo’lib, mamlakatda avtoyo’llarning 
umumiy uzunligi 1,3 mln km ga teng. Temir yo’llarining umumiy uzunligi 30 ming 
km. Dengiz transporti yaxshi rivojlangan. Eng yirik dengie portlari: Rio-de- Janeyro, 
Santus, Itaki, ular universal portlar. Eng yirik ruda eksport qiluvchi porti – Tubaran. 
Bulardan tashqari: Forta- Leza, Salvador, Port – Alegri kabilar mavjud.
Asosiy eksporti: po’lat, temir, alyuminiy, qalayi, transport jihozlari, kofe, soya, 
apelsin, shakar, tamaki, teri, go’sht, to’qimachilik buyumlari. 
Asosiy importi: mashina va jihozlar, neft, ko’mir, mineral o’g’itlar, bug’doy, oziq-
ovqat, ximiya sanoati mahsulotlari. 
Asosiy savdo sheriklari: AQSH, Lotin Amerikasi davlatlari, EI (ES), Osiyo 
davlatlari. Pul birligi – real. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin