125
Kanad energetikasining asosini neft va tabiiy gaz tashkil etadi,
GES va AES lar
ham bor. Kanada neft markazi – Edmonton.
Rangli metallurgiya sanoati asoan chetdan keltirilgan va o’zida ishlab chiqarilgan
boksitga asoslangan. Eritilgan alyuminiy asosan AQSH ga eksport qilinadi. 2001 yil
Kanada 540 mlrd kVt/s elektr energiyasi ishlab chiqardi. 14 mln t. po’lat eritildi, 56
mln t. ko’mir qazib olindi, 91mln m
3
neft, 72 mlrd m
3
tabiiy gaz qazib olindi.
Yog’ochsozlik va sellyuloza-qog’oz sanoati eng rivojlangan bo’lib, Kanada 1986-
yil 9,2 mln t. qog’oz ishlab chiqarda. Bu sanoatning rivojlanishiga boy xom-ashyo
bazasi, arzon suv yo’llari
va elektr-energiyasi, shuningdek,
jahon bozorida
ehtiyojning yuqoriligi sabab bo’lgan. Ishlab chiqarilgan qog’oz va yog’och-taxtaning
deyarli hammasi eksport qilinadi.
Kanada mashinasozlik sanoatida asosiy tarmoqlar transport mashinasozligi va
qishloq xo’jaligi mashinasozligidir.
Ayniqsa avtomobillar, kemalar, teplovozlar.
Kanada 1986-yil 1846000 avtomobil, shu jumladan 1550000 (1995-yil)
engil
avtomobil ishlab chiqarildi (dunyoda 9- o’rin).
Aholi jon boshiga qishloq xo’jalik mahsulotlarini etishtirish, qishloq xo’jalik
mahsulotlarini
eksport qilish, mehnat unumdorligini va qishloq xo’jaligini
mexanizasiyalash sohasida Kanada dunyoda etakchi o’rinlarda turadi. Ayniqsa donli
ekinlar etishtirish muhim o’rin tutadi. Masalan, 1987-yil Kanadada 55,8 mln t. don
etishtiriladi. Donli ekinlar asosan janubda va Ko’lbo’yi va Dasht rayonlarida ekiladi.
Kanadaning bug’doy poytaxti – Vinnipeg.
Mamlakat maydoni kattaligi sababli temir yo’llar transporti asosiy hisoblanadi.
Temir yo’llarning umumiy uzunligi 70,5 ming km. temir yo’llar asosan g’arb va
sharqni, ichki rayonlarni portlar bilan, AQSH bilan bog’laydi. Avtomobil yo’larning
uzunligi 887 ming km.
Ichki suv tansporti ayniqsa dengiz transporti va havo transporti rivojlangan.
Eksportning 2/3 qismi xom-ashyolar: bug’doy, o’rmon, o’rmon sanoati mahsulotlari,
go’sht, sut mahsulotlari, metallar. Kanada tashqi savdosining 75 % i AQSH ga to’g’ri
keladi. Importining asosiy qismini ¾ ini tayyor buyumlar: mashina va jihozlar. Pul
birlig – kanada dollari.
Dostları ilə paylaş: