127
xam katta ta’sir etadi. Misol: rivojlangan davlatlar orasida AQSH ko’mir, neft, tabiiy
gaz, uran, temir, marganes, oltingugurt, fosforit va gidroenergiya zapaslari jihatidan
1- o’rinda.
AQSH dehqonchiligida asosiy donli ekinlar 1- navbatda bug’doy ekiladi. Bug’doy
jami ekin maydonining 2/3 qismiga ekiladi. Bundan tashqari makkajo’xori, oqjo’xori,
soya, qand lavlagi, shakar qamish, sabzavot va mevalar muhim o’rin tutadi. AQSH
chorvachiligidagi etakchi yo’nalishlar: sut-go’sht uchun qoramol, cho’chqachilik,
parrandachilik (broyler) keng tarqalgan. 1994-yil AQSH da 101 mln qoramol (3-
o’rin), 54 mln cho’chqa, 10,4 mln qo’y bor edi. AQSH qishloq xo’jaligida yiliga 300
mln t. dan ortiq boshoqli va dukkakli don (1986-yil 31,7 mln t) etishtiriladi. Shu
jumladan 1986 –yil 56,8 mln t. bug’doy (O’zbekistonda yiliga 4,5-5 mln t.) 3,7 mln t.
paxta tolasi etishtirilgan. (O’zbekistonda don mustaqilligini ta’minlash uchun 6 mln
t.bug’doy kerak).
AQSH da transport tarmoqlarining asosini kenglik va meridional yo’nalishdagi
transkontinental magistrallar tashkil etadi. Temir yo’llarining umumiy uzunligi
245 000 km, avtoyo’llar esa 5 mln km.
AQSHda tashiladigan jami yukning 18,2 % i dengiz transportida, 25,4 % i avtomobil
transportida, 30,3 % i temir yo’l transportida, 16,5 % i quvur transportida, 9,3 % i
ichki suv transportida, 0,3 % i havo transportida tashiladi.
AQSHda tashiladigan jami yo’lovchining 88,2 % i avtomobil transportida, 0,3 % i
temir yo’l transportida, 11,3% i havo transportida, 0,2 % i boshqa transport turlarida
tashiladi.
AQSH 1990 yil yiliga 365 mln t neft (dunyoda 2-o’rinda) qazib olgan bo’lsa, 400
mln t. chetdan sotib oldi (sotib olish bo’yicha dunyoda 2- o’rinda Yaponiya 160 mln
t.). 90-yillari AQSH 500 mln m
3
qazib olgan (dunyoda 2-o’rinda) lekin sotib olishda
1- o’rinda. 860 mln t. ko’mir qazib olgan (dunyoda 2-o’rinda) va chetga sotgan. 55
mln t. temir qazib olgan va chetdan sotib olish hisobiga 98 mln t. (2001 y) po’lat
eritgan (2-o’rinda).
Asosiy eksporti: “kapital”, mashina va jihozlar, g’alla, ko’mir, sanoat
mahsulotlari, to’qimachilik mahsulotlari, oziq-ovqat, qurol-yaroq, qishloq xo’jaligi
texnikalari, samolyotlar (Boing), kemalar, sholi, paxta tolasi, tamaki.
Asosiy importi : neft, tabiiy gaz, temir, shakarqamish, tabiiy kauchuk.
Dostları ilə paylaş: