Жаxон географияси маърузалар


Mavzu: Argentina Federativ Respublikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/71
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#195823
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
Jabborov A.M. Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi

Mavzu: Argentina Federativ Respublikasi 
 
Argentina – Janubiy Amerikaning janubi-sharqidagi davlat. Maydoni 2,8 mln km

Iqtisodiy geografik o’rnining qulayligi sharqiy tomondan katta masofada okean 
sohilida joylashganligidir. Ayni vaqtda AQSH ga yaqinligi va Janubiy Amerikadagi 
eng rivojlangan davlat Braziliya bilan chegaradoshligidir.
Tabiiy sharoitiga ko’ra Argentinaning shimoliy qismi tropik, markaziy qismida 
katta masofada subtropik, janubiy qismida esa mo’’tadil iqlim mintaqalari 
joylashgan. Argentinaning janubiy qismida Pategoniya o’lkasi (plato), markazida 
Pampa, shimolida esa Gran-Chako o’lkalari joylashgan. Mamlakatning shimoli-
sharqiy qismini esa La-Plata pasttekisligi egallagan. Mamlakat hududining shimolida 
janubiy tropik chizig’i kesib o’tgan. Amerika qit’asidagi eng baland tog’ cho’qqisi 
Akankagua (6960 m) Argentinada joylashgan.
Foydali qazilmalardan asosan neft va tabiiy gazga boy, ulardan tashqari 
toshko’mir, uran, temir, polimetall, oltingugurt konlari bor. 
Aholisi 35 mln kishi (1996-yil), 36,9 mln kishi (2003-yil), 39 mln kishi (2006 yil).
Tug’ilish koeffisienti 19 ‰, o’lim 8 ‰ . 15 yoshgacha bo’lganlar jami aholining 31 
% ini, 64 yoshdan o’tganlar 9 % ini tashkil etadi. O’rtacha umr 70-77 yosh. 1 ayolga 
2,5 bola to’g’ri keladi. YAMD 10980 $ (2001y). Aholisi juda notekis joylashgan 
bo’lib, ular asosan La- Plata pasttekisligida joylashgan. Pategoniyada aholi juda 
siyrak. Etnik tarkibiga ko’ra argentinlar, ispan, italyan va evropaliklarning avlodlari 
hisoblanadi. Eng yirik shahari Buenos-Ayresda 10,8 mln aholi yashaydi, Kordova 
(1,1 mln). Aholisining ko’pchiligi katolik mazxabiga e’tiqod qiladi. Davlat tili ispan 
tili. Argentina – 1816-yil 9-iyul kuni mustaqil davlat deb e’lon qilindi. Unga qadar
Ispaniya mustamlakasi bo’lib kelgan. 1982-yil aprel-iyun oylari Malvin (Folklend) 
orollarida Angliya-Argentina qurolli kuchlari to’qnashuvi bo’lgan va xanuz bu joylar 
munozaraligicha qolib kelmoqda.
Argentina – LAES , LAIX tashkilotlariga a’zo. 
Argentina – federativ davlat bo’lib, 23 provinsiya, 1 milliy territoriya va 1 ta 
federal okrugini o’z ichiga oladi. Konstitusiyaga binoan qonun chiqaruvchi oliy organ 
– milliy kongress va ijrochi xokimiyatdan iborat. Asosiy siyosiy partiyalari: 
1.Grajdan radikal ittifoqi (1891-yil) 


131 
2. Murosasizlar partiyasi (1963-yil) 
3. Xristian demokratik partiyasi (1954-yil) 
4. Sosialistik partiya (1986-yil) 
5. Argentina kommunistik partiyasi (1918-yil). 
Argentina Janubiy Amerikadagi eng rivojlangan davlatlardan biri. Argentina 
ekonomikasiga AQSH, Germaniya va Buyuk Britaniyaning kapitali kuchli ta’sir 
etadi. Asosiy rivojlangan sanoat tarmoqlari: neftni qayta ishlash, qora metallurgiya
mashinasozlik, ko’n poyabzal, rangli metallurgiya tarmoqlaridir. Yirik sanoat 
markazlari: Buenos-Ayres, Kordova, Rosario. 
1987-yil mamlakat 2,7 mln t. cho’yan, 3,4 mln t. po’lat, 2,7 mln t. prokat ishlab 
chiqargan. 184 ming avtomobil ishlab chiqargan. 47 mlrd kVt/s elektr –energiyasi 
hosil qilgan.
Qishloq xo’jaligi asosan La-Plata pasttekisligida rivojlangan. Donli ekinlar etakchi 
o’rin tutadi, ayniqsa, makkajo’xori va bug’doy. 1986-87 yillar mamlakatda 32 mln t. 
don etishtirildi. Bulardan tashqari mamlakat shimolida paxta, shakarqamish, sholi, 
tamaki, sitrus kabilar etishtiriladi. Qishloq xo’jaligida etakchi tarmoq qo’ychilik 
bo’lib, u asosan Pategoniyada, pampaning g’arbiy qismida va tog’li rayonlarda 
yaxshi rivojlangan. Ma’lumki, Argentina jahonda XGMT da jun teri, go’sht eksport 
qiluvchi mamlakat sifatida tanilgan. Argentinadagi eng rivojlangan sanoat tarmog’i 
ko’n –poyabzal sanoati bejiz rivojlangan emas. Ma’lumki, Argentina maydoniga 
ko’ra jahonda 1-o’nlik mamlakatlari qatoriga kiradi.
Maydoni yirik bo’lganligi sababli Argentinada temir yo’llar transporti yaxshi 
rivojlangan. Temir yo’llarning umumiy uzunligi 39,8 ming km ni tashkil etadi. 
Avtoyo’llarning umumiy uzunligi 54,6 ming km ga teng. Havo transportiham yaxshi 
rivojlangan bo’lib, 10 ta xalqaro aeroport bo’lgan. Pul birligi – peso, real.
Asosiy eksporti: don, go’sht, jun, vino, mevalar va sanoat mahsulotlari chiqariladi.
Asosiy importi: mashinalar, asbob-uskunalar, yoqilg’i, ximiya mahsulotlari, elektr 
stansiyalar uchun jihozlar.
Tashqi savdosi asosan AQSH, Horijiy Yevropa, Yaponiya, MDH ga to’g’ri keladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin